1-mavzu: Kirish. Adabiyot(bolalar adabiyoti) fanining maqsad va vazifalari Reja: O`zbek bolalar adabiyoti istilohi va uning paydo bo`lishi



Download 0,93 Mb.
bet68/99
Sana29.12.2021
Hajmi0,93 Mb.
#78621
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   99
Bog'liq
3 Она тили ва болалар адабиёт фанидан маъруза материаллари — копия

She’rlarni tahlil qiling:

BINAFSHA

Binafshaxon, binafsha

Kulishlaring chiroyli:

Bog‘imizda ochilib

Turishlaring chiroyli.

Hamma chiqar dalaga

Binafshalar tergali,

Men ham terdim bir dasta

Opamizga bergali.

— Mana, opa, binafsha,

Qarang, qanday chiroyli.

— Yuring, — dedi opamiz, —

Binafshalar teraylik.

Binafshalar ochildi

Chakkangga taq, chakkangga:

Atir hidi sochildi,

Chakkangga taq, chakkangga.

Lazzat olib hididan

Bolarilar uchadi.

Ipakqanot kapalak

Barglarini quchadi.

Seni maqtab kuylaydi,

Bog‘ aylanib qushchalar.

Darak berib bahordan,

Quvontirding shunchalar.

Binafshaxon, binafsha

Kulishlaring chiroyli.

Ko‘ksimizda hid sochib

Turishlaring chiroyli!

KAPALAK

Hoy, kapalak, kapalak,

Qanotlaring ipakdak.

Muncha shoshib uchasan,

To‘xta, so‘z!ayin andak.

Uchrataman har kuni

Seni har kun bog‘chamda,

So‘rib gullar sharbatin

O‘ltirasan olchamda.

Borib ushlay deganda

Shoshib darhol uchasan.

Sira tutqich bermasdan

Guldan gulga ko‘chasan.

Mendan aslo qochmagin,

Do‘st bilaman o‘zimga.

Pildir-pildir uchishing,

Oh, yoqadi ko‘zimga.

Uch, uchaver, uchaver,

Go‘zal bog‘cham — gulshanda.

Sira ozor bermayman

Sevgim, fikrim bor senda.

Kapalakjon, kapalak,

Qanotlaring ipakdak.

Do‘st bo‘laylik ikkimiz,

To‘xta, so‘zlayin andak!
TO‘P

To‘pim, to‘p-to‘p etasan,

Ursam uchib ketasan.

Havolanib nariga —

Do‘stlarimga yetasan.

O‘ynatasan ko‘zimni

Hovliqtirib o‘zimni.

Biroz ko‘proq o‘ynasam,

Terlatasan yuzimni.

Senga sira to‘ymayman,

Bo‘sh ekanman qo‘ymayman.

Ovunchog‘im, — deb seni

Do‘stlarim-la o‘ynayman.

To‘pim, to‘p-to‘p etasan.

Ursam uchib ketasan.

Handalakdek yumalab

Bizni xursand etasan.
Shukur Sa’dulla she’rlari tahlili:

АЙИҚ

Ўрмонда бўлганмисиз?


Айиқни кўрганмисиз?
Устида пўстини бор,
Писанд эмас унга қор.
Мен унинг наслиданман,
Айиқнинг аслиданман.
Отамдан қолди пўстин,
Ўша пўстин менга тўн.
Фарқим шу: мен қўғирчоқ,
Болаларга ўйинчоқ!

БУЗОҚ

Мен бузоқман, бузоқман,


Шохим чиққан — сузоқман.
Лекин юмдалаб тортманг,
У ён-бу ёнга отманг.
Ифлос ерга йўлатманг,
Ўйинчоқман, қулатманг.
Буксангиз қайриламан,
Оёқдан айриламан.
Сигир болмайман унда,
Қаймоқ бермайман кунда.
Майли, ўйнанг эрта-кеч,
Лекин озор берманг ҳеч!

ТОЙЧОҚ

Тойчоғим бор — учқур от,


Қуралай кўз —тулпор зот.
Эгар-жабдуқ ураман,
Миниб, олға сураман.
Ўзи ёғоч, ёли қил,
Овунчоғим, олға ел!

УЛОҚЧАМ

Кичкина қора — улоқ,


Ўйнар ошиб умбалоқ,
Мен билан иноқ, ўртоқ.
Кўкат берсам ямлайди,
Орқамдан ҳеч қолмайди.
Каппалайди ўт берсам,
Ўйнайди қулоч керсам,
Сузади мушт ўқталсам.
Бошчасида шохи бор,
Думчасида оқи бор.

МИТТИ

Митти деган мушугим,


Ўтакетган олғир, шум.
Митти пойлаб туради.
Сичқонвойни кўради.
Сичқон мушукни кўриб,
Қочар тешикка уриб.
Сичқон қочиб қутулар,
Мушук эса тутилар.


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:

  1. Sh.Sahdulla ijodida hayotiy voqealaming haqqoniy badiiy tasviri, janr rang-barangligi va badiiy xususiyatlari, obrazlar talqini, tarbiyaviyligi, hayotiyligi.

  2. Sulton Jo‘raning ilmiy-ommabop mavzulardagi she’rlarida ifodalangan g‘oyalar haqida

  3. Hakim Nazirning maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalarga bag‘ishlangan asarlariga xos xususiyatlar.

  4. Po‘lat Mo‘min - qo‘shiqchi shoir.

  5. Qudrat Hikmatning tinchlik va baxtli bolalik haqidagi she’rlarining o‘ziga xos xususiyatlari.

  6. Xudoyberdi To‘xtaboyev hayoti va ijodi. “Sariq devni minib”, “Qasoskoming oltin boshi”, “Besh bolali yigitcha” asarlarining badiiy xususiyatlari.

8.Farhod Musajonning - dramaturg adib


Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish