2-topshiriq: Zarbulmasal maqol, matal va ramzli hikoyalar asosida yaratilgan taʼlimiy hikoyalar. Bunday hikoyalar koʻpincha pand-nasihat maʼnosida boʻlib, maʼlum gʻoyani yoritish uchun xizmat qiladi. Zarbulmasallarda majoziy maʼno, kinoya, razm yetakchi badiiy vosita sifatida qoʻllaniladi.
«Kalila va Dimna», «Marzbonnoma», «Sindbodnoma», «Qobusnoma», Saʼdiy Sheroziyning «Guliston»i, Muhammad Ali Habaliyning «Jome ut-tamsil» asari zarbulmasalga misol boʻladi. Gulxaniyning «Zarbulmasal» asari ushbu janrning mukammal namunalaridan biri hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |