Atom- bu kimyoviy elementlarning oddiy va murakkab moddalar tarkibiga kiradigan eng kichik zarrachadir. Elementning kimyoviy xossalari uning atomining tuzilishi bilan aniqlanadi. Atom - bu musbat zaryadlangan atom yadrosi bilan manfiy zaryadlangan elektronlardan tashqil topgan elektroneytral zarrachadir. Kimyoviy element - bu yadrosining musbat zaryadi bir xil bo‘lgan atomlarning muayyan turidir. Tekshirishlar shuni ko‘rsatadiki, tabiatda bitta elementning massasi turli bo‘lgan atomlari mavjud bo‘lishi mumkin. Masalan, xlorning massasi 35 va 37 bo‘lgan atomlari uchraydi. Bu atomlarning yadrolarida protonlar soni bir xil, lekin neytronlar soni har xil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |