Kimyo – moddalar, ularning tarkibi, tuzilishi, xossalari va ular orasida boradigan o’zgarishlarni o’rganadigan fan.
Jism – aniq shaklga ega bo’lgan barcha narsalar bo’lib, moddalar yasaladi. Masalan: Plastmassa moddasidan – ruchka, televizor, radio, kompyu’ter va h.k., alyuminiy moddasidan – qoshiq, samolyot korpusi, uy-ro’zg’or buyumlari va h.k. jismlar yasaladi.
Modda – xossaga ega bo’lgan barcha narsalar. Moddalar asosan molekulalardan va boshqa (atom, ion ...) zarrachalardan tashkil topgan. Hozirgi kunda 18 mln.dan ortiq modda o’rganilgan. Masalan: Suv, neft, oltin, temir, havo.
Do'stlaringiz bilan baham: |