Irodaviy xatti-harakatning so'nggi jihati - ijrodir. Unda qaror harakatga aylanadi, irodaviy xatti-harakatda yoki ishlarda kishi irodasi namoyon bo'ladi.
Irodaviy xatti-harakatning eng muhim bo'g'inlari - qaror qabul qilish va uni ijro etish-ko'pincha alohida hissiy holatning irodaviy zo'r berish sifatida tavsiflanadigan holatning kelib chiqishiga sabab bo'ladi.
Irodaviy zo'r berish bu hissiy xayajon shakli bo'lib, kishining harakatga qo'shimcha motivlarni vujudga keltiruvchi, gohida yo'q bo'luvchi yoki yetarli bo'lmagan ichki resurslarini (xotirasi, tafakkuri, hayoli) safarbar etuvchi sabablardir. Irodaviy zo'r berish natijasida bir xil motivlarning harakati to'xtatlib, boshqalarining harakatini haddan ziyod kuchaytirish mumkin bo'ladi. Burch hissi bilan tug'ilgan irodaviy kuch-g'ayrat tashqi to'siqlarni bartaraf etishga va harakat qilishga safarbar etadi. Irodaviy kuch-g'ayrat ishlatish natijasida dangasalik, qo'rquv, charchash kabilar ustidan qozonilgan g'alaba anchagina hissiy zavq beradi, o'z ustingdan erishilgan g'alaba kabi boshdan kechiriladi. Tashqi to'siq yengib o'tish lozim bo'lgan ichki qiyinchilik, ichki qarshilik kabi boshdan kechiriladigan bo'lsa u irodaviy zo'r berishni talab qiladi. Irodaviy kuch- g'ayrat sarflash odati matonatli fe'l-atvorni shakllantirishning majburiy sharti bo'lib xizmat qiladi.
Muammolarni echish chog‘ida chidamlilik-shaxs tomonidan qabul qilingan qarorni amalga oshirishga halal beruvchi fikrni, hissiet va xatti-harakatni tizginlovchi (tormozlovchi) inson uquvchanligidir. Tashkillanganlik-o‘z harakati va xulqini rejalashtirish, xususan uni ijro etishda shaxsni rejaga asoslanish malakasidir. Matonatlilik-qo‘yilgan maqsadni muqaddas his etgan holda o‘zini oqlaydigan xavf-xatarga qo‘l urish, qo‘rqinchga nisbatan yuzma-yuz tura olish fazilatidir.
Ishbilarmonlik - har qanday o‘ylanilgan ishni qiyinchiliklar va qarshiliklardan qat'i nazar omilkor yo‘llar qo‘llash tufayli oxiriga etkazish xislatidir.
Mustaqillik - o‘z e'tiqodiga qat'iy ishonch, shaxsiy kuch-quvvatiga ishonish, boshqalarning erdamiga muhtojlik sezmaslik malakasidir. Shaxsning xulq-atvorida, mehnat va o‘quv faoliyatida, agarda ishlab chiqarish va ta'limiy mashg‘ulotlar oqilona, haqqoniy ravishda, to‘g‘ri uyushtirilsa, unchali muhim bo‘lmagan irodaviy sifatlar ham paydo bo‘lishi mumkin, chunonchi intizomlilik, o‘zini qo‘lga olishlik va hokazo.
Inson hayoti turli xil vaziyatlar, xolatlar, sharoitlar jarayonida amalga oshar ekan, har bir lahzada, har bir qadamda qaror qabul qilish zaruriyatiga duch kelinadi. U ish faoliyati bo‘ladimi, yaqinlar, tanish-bilishlar bilan munosabatlar bo‘ladimi, xatto o‘z-o‘zimizni holatimizga, o‘z-o‘zimizni tushunishga taalluqli jarayonlar bo‘ladimi, barchasida qaror qabul qilish vazifasi ko‘ndalang bo‘lib turadi. Va bizning faoliyatimizning, munosabatlarimizning, qisqasi, butun hayotimizning qanday tashkil ettirilishi va natijalari aksariyat xollarda qabul qilgan qarorimiz xarakteriga bevosita bog‘liq bo‘lib qoladi.
Nima uchun bitta shaxsning o‘zi turli xil vaziyatlarda, sharoitlarda aynan bitta masala bo‘yicha bir xil qaror qabul qilmaydi? Vaholanki o‘sha qarorning oldingi o‘xshash sharoitda to‘g‘riligini bilgan bo‘lsa ham? Nega biz qaror qabul qilishda ikkilanamiz? Nima uchun bir toifa odamlar uchun to‘g‘ri deb hisoblangan qaror boshqa toifa odamlar tomonidan to‘g‘ri bahosini olmaydi? Sharoitlarni, vaziyatlarni hisobga olgan xolda qaror qabul qilish va optimal natijaga erishish uchun nima qilish kerak?
Ma'lumki, qarorlarning standart variantlari mavjud emas va ularni algoritmik tarzda qabul qilib ham bo‘lmaydi. Bu esa qaror qabul qilishda sub'ektiv, psixologik omillarning, shu jumladah shaxsning irodaviy sifatlari juda yuqoriligini ko‘rsatadi.
To‘g‘ri, qaror qabul qilish jarayonini engillashtiruvchi qoidalar, amallar va metodlar mavjud. Lekin har birimiz o‘z tajribamizdan bilamizki, qaror qabul qilish jarayonida formallashtirilmagan, sub'ektiv, xatto ko‘pincha intuitiv omillarning roli juda katta bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan qaraganda qaror qabul qilish ham boshqaruv nazariyasi, ham psixologiya nuqtai nazaridan tadqiqot predmeti bo‘lib hisoblanadi. Shunday ekan, qaror qabul qilish funksiyasi jarayonini tahlil etish ikkita asosiy, bir-biridan juda farq qiluvchi, lekin juda o‘zaro bog‘liq ikkita sohani - tashkiliy va psixologik sohani o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |