Asosiy sifatlar
Senzitivlik Reaktivlik
Faollik
|
Holerik
Past
Yuqori Yuqori
|
Sangvinik
Past
Yuqori
Yuqori
|
G'legmatik
Past
Yuqori
Yuqori
|
Melanholik
Yuqori
Past
Past
|
Reaktivlik va faollik
|
Reaktiv, faol
|
Og'ir-vazmin
|
Faol va reaktiv
|
Past faollik o'rta reaktilik
|
Reaksiya turi
|
Tezlashgan
|
Tezlashgan
|
Sekinlashgan
|
Sekinlashgan
|
Plastiklik
|
-
|
+
|
-
|
-
|
Rigidlik
|
+
|
-
|
+
|
+
|
Ekstravertlik
|
+
|
+
|
-
|
-
|
Introvertlik
|
-
|
-
|
+
|
+
|
Emotsional qo'zg'aluvchanlik
|
Yuqori
|
Yuqori
|
Past
|
Sekinlashgan
|
Inson asab tizimi bilan bog'liq individual sifatlarni bilish orqali, bevosita mehnat va o'qish jarayonlarini har bir inson tomonidan, uning manfaatlariga mos tarzda tashkil etish mumkin. Asabga bog'liq bo'lgan tabiiy xususiyatlarni umuman o'zgarmas deb bo'lmaydi, chunki tabiatda o'zgarmaydigan narsaning o'zi yo'q. V.S.Merlin temperamentning psixologik tasnifi va ularning hayotiy vaziyatlarda namoyon bo'lishini boshqarish masalasida ko'p ishlar qilgan.
Begona muhitga tushib qolganda 60% bolalar doimiy bog‘liklikni namayon qiladilar (Masalan: odatda o‘yin va laboratoriyaning o‘yin uchun belgilangan xonalarda). Ular onasining oldida bemalol o‘ynashadi, yangi muhitga o‘rganishadi. Onasi ketganda esa xavotirga tushishadi, qaytganda esa unga intilishadi. Ammo ba'zi bolalarda salbiy bog‘liqlik kuzatiladi. Ular atrof-muhitni o‘rganishni o‘rniga faqat onasiga intiladilar. Ona ketganda esa yig‘lashga tushadi yoki onani kelish - kelmasligiga befarq qoladilar. Xo‘sh buni qanday izohlash mumkin? Balki bunday bolalarda xulq-atvor tug‘ma bo‘ladi. Bolaning temperamenti tug‘ma qobiliyatni tashkil etadi va bu, ayniqsa xis - tuyg‘ularga oid bo‘ladi. YA'ni: faollik, bezovtalik, jahldorlik, hushmuomalalik, vazminlik.
Hayotning birinchi haftasida “engil” tabiatli bolalar quvnoq, hayotga chanqoq bo‘lishadi. “Og‘ir” tabiatli bolalar esa asabiy bo‘lishadi. Temperament doim turg‘un ya'ni o‘zgarmas bo‘ladi. Masalan:
ta 'sirchan bolalar odatda 9 oylikpaytida harakatchan bo ‘lishadi.
4 oylik bolalar atrof-muhitdagi o ‘zgarishlarni qabul qila olmaydigan, 2 yoshdan boshlab qo‘rqoq va sust bo ‘lishadi. atrof muhitga tez o‘rganib qoladigan bolalar esa 2 yoshda ochiq va xushchaqchaq bo‘ladi.
ularga nisbatan sust va qo ‘rqoq 2 yoshli bolalar 8 yoshida tortinchoq va uyatchang bo‘lib qolishadi.
Shuni alohida ta'kidlab o'tish kerakki, psixik faoliyatning dinamikasi nafaqat temperamentga, balki motivlarga, psixik holatlarga, his-tuyg' ularga ham bevosita bogliqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |