1-mavzu: kasb psixologiyasining predmeti reja



Download 1,53 Mb.
bet90/101
Sana28.06.2022
Hajmi1,53 Mb.
#717204
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   101
Bog'liq
1-mavzu kasb psixologiyasining predmeti reja

1. Bilish qobiliyati - fanni tegislili sohalariga oid (matematika, adabiyot, tarix) bilimlarga asoslangan qobiliyatlar. Bunday qobiliyatga ega bolgan o‘qituvchi fanni o‘quv kursi hajmidagina emas, balki ancha keng va chuqurroq biladi, o‘z fani sohasidagi kashfiyotlarni hamisha kuzatib boradi.
2. Tushuntira olish qobiliyati- bu o'qituvchining o'quv materialini o'quvchilarga tushunarli qilib bayon etish, o'quvchilarda mustaqil ravishda faol fikrlashga qiziqtirishdir O'qituvchi ba`zi xollarda o'quv materialini o'zgartira olish, qiyin narsani oson, murakkab narsani oddiy, noaniq narsani tushunarli qilib o'quvchi, tinglovchi ongiga yetkaza olisi kerak. Qobiliyatli o'qituvchi hamisha o'quvchini mustaqil fikrlashini rag'batlantira oladi. Shunday qilib, jamiyatni odamlar mehnatisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ishlab chiqarish resurslarining orasida inson o‘z mehnat faoliyati bilan etakchi o‘rinni egallaydi. Mehnat faoliyatining sub'ekti sifatida esa u muayyan sharoitlarda ishlashi va bunda muayyan vositalardan foydalanishi kerak bo‘ladi. Bunga esa u tayyor bo‘lishi, aniqrog‘i tayyorlangan bo‘lishi kerak. Maslouning aytishicha, bizning harakatlarimizni boshqaruvchi bosh mexanizm bu - ehtiyojlarimizdir. Bizning fiziologik ehtiyojlarimiz qondirilgandan so‘ng bizning ma'naviy ehtiyojlarimiz haqida o‘ylash boshlanadi.
Agar o‘zimizning xavfsizligimizni ta'minlasak, bizda sevish va sevilish ehtiyojini qondirish masalasi ko‘tariladi. O‘zimiz xohlaganimizdek sevish va sevilish ehtiyojini qondira olganimizdan so‘ng esa biz mustaqil ravishda shakllangan shaxs deb hisoblanamiz.
4-5 yoshdan boshlab bolada nafaqat real, balki ideal narsalar tushunchasi shakllana boshlaydi. Bu narsa esa Super-ego shakllanishiga olib keladi. Bu davrda bola nima qilish kerak ekanligini kattalarga o‘rgatishni boshlaydi. Bu esa, ijtimoiy-psixologik adaptatsiya jarayonida inson hayot va faoliyatining tashqi va ichki sharoitlari o‘rtasida uygunlikka erishish uchun uzluksiz ravishda harakat qiladi.
Umumiy tayyorgarlik jarayonida inson mehnat faoliyatida eng avvalo moslashadi, bu hodisa psixologiyada “adaptatsiya” deb ataladi. (lotinchadan adaptatio).
Oddiy adaptatsiyadan farqli, ijtimoiy adaptatsiyaning muhim xususiyatlaridan biri - uning shaxsni turli ijtimoiy rollarga moslashtirishi va ularni qabul qilish sharti ekanligidir. Shu nuqtai nazardan adaptatsiya shaxs ijtimoiylashuvining muhim sharti va mexanizmidir. Individning jamiyatda o‘zini anglashi, o‘zining o‘ziga hamda atrofdagilarga munosabatini anglashda ham uning roli katta bo‘lib, shunga aloqador ijtimoiy tasavvurlardagi kamchiliklar va buzilishlar shaxs ijtimoiy faoliyatining samaradorligiga salbiy ta'sir ko‘satadi.
Bu g‘oya professional o‘zini-o‘zi anglashga bevosita aloqador bo‘lib, o‘zi tanlagan kasb yo‘nalishiga shaxsning faol moslasha olmasligi uning professional kompetensiyasining past bo‘lishiga olib keladi. SHu bois ham mamlakatimizda Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining sifat bosqichi muvaffaqiyat bilan amalga oshirilayotgan bir sharoitda temir yo‘llar muxandisligi yo‘nalishida kadrlar tayyorlovchi ta'lim muassasalaridagi yoshlarni bo‘lg‘usi kasbiga ijtimoiy psixologik jihatdan adaptatsiya qilishini bilish kerak bo‘ladi.
Psixologik lug‘atlarda “ijtimoiy adaptatsiya” tushunchasi asosan ikki ma'noda ishlatiladi. Birinchidan, u individning ijtimoiy muhit shart-sharoitlariga faol ravishda aralashib ketishi, moslashuvi jarayoni ma'nosida ishlatilsa, ikkinchidan, uning muayyan vazifalarini bajarishiga imkon beruvchi ichki zahirasi ma'nosida ishlatiladi. Psixolog M.R. Bityanovaning yozishicha, shaxsning ijtimoiy adaptatsiyasi to‘g‘risidagi tasavvurlar uning ijtimoiylashuvi hamda shaxsning etukligi tushunchalari bilan uyg‘unlashib ketadi.
Tadqiqotlarning guvohlik berishicha, jarohaglantiruvchi hodisa yoki voqelik ularning paydo bo‘lishi va yuzaga kelishi ahamiyatining aniqlovchisidir. Umuman, shaxs psixologik himoya mexanizmlarini egallab ulgursa, bu xolat uning adaptiv (moslashuv) potensialini ya'ni imkoniyatini ko‘taradi, shu bilan birga ijtimoiy-psixologik adaptatsiya jarayoni muvaffaqiyatga yordam beradi.
Mazkur jarayonni amalga oshirish yoki ro‘yobga chiqarish davomida shaxsda muhitga moslashuvchanlik xususiyati darajasi ko‘tariladi. Turlicha xolatlarda moslashuvchanlik to‘laqonli ro‘yobga chiqqandan keyingina shaxs muhitning muayyan sharoitlari bilan o‘zining faoliyati o‘rtasidagi adekvatlikka erishadi.
Respublikamizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar aholida yuksak madaniyatni, o'z kasbining mohir ustasi bo'lishni talab etadi.
SHu nuqtai nazardan kasbiy faoliyatning ikki xil jihati psixologik va pedagogik jihatlari farqlanadi. Kasbiy faoliyatning psixologik jihatlari xodimlarning kelajakda o'z burch va majburiyatlarini samarali bajarishlari uchun ularga zarur bo'lgan psixologik-pedagogik tamoyillar, kategoriyalar va tushunchalarni singdirish hamda kasb madaniyati va etikasi talablariga muvofiq hatti-harakatlarini izohlash, xizmat vazifalarini to'g'ri bajarishga o'rgatish, o'z kasbiga mehr-muhabbat, insonga hurmat bilan qarashni tarbiyalashda namoyon bo'ladi.
Kasbiy faoliyatning pedagogik jihatlari esa
xodimlar xulqidagi mavjud axloqiy-siyosiy
xususiyatlarda aks etib, axloqiy prinsiplar va me‘yorlarning shaxs ongida qanday hosil bo'lishi bilan belgilanadi. Axloqning shakllanishida
atrofdagi turli xulq-atvordagi kishilar, shaxsiy tajriba, muayyan tiplar to'g'risidagi ma‘lumotlar, ommaviy axborot vositalarida yoritilayotgan faktlar katta ahamiyatga ega.
Buning uchun bugungi muhandis ham o'z kasb sirlarini, ham shu kasb maxoratini yoshlarga bera olishi lozim. U umumiy psixologiyani, yosh psixologiyasini, pedagogik psixologiyani, kasb-ta‘limi va uning psixologiyasini bilishitalab kilinadi. Kasb-hunar ta‘limi kollejlari o'quvchilariga texnikaning konstruktiv xususiyatlarini, muhandislik psixologik talablarini xisobga olishni, eng muximi qullanadigan texnika inson imkoniyatlarini qay darajada hisobga olganligini ya‘ni, texnikaning gumanizatsiyalashuvini hisobga olishini bilib ishga yondoshuvi masalalarini aniq tasavvur qilishi bilan bog'liq. Bu muammo muhandislik psixologiyasida urganiladigan markaziy bosh mavzu odam - mashinaga tizimi OMT - (ruscha SCHM«sistema chelovek-mashina») xisoblanadi. Odam-mashina tizimi va uning asosiy muammolari kasb ta‘limi o'qituvchisi va kasb ta‘limi ustasi maxoratining nazariy, pedagogik-psixologik tayyorligining asosini tashkil kiladi.
Kasbiy ta‘limning muhim vazifalaridan biri kasbiy tayyorgarlik bo'lib, bunda tayyorgarlik ikki xil ko'rinishda amalga oshiriladi: mustaqil o'rganish (qo'shimcha ta‘lim yoki mustaqil ta‘lim) va maxsus kasbiy ta‘lim muassasalarida ta‘lim olish orqali.
Kasbiy ta‘limning muvaffaqiyatini belgilaydigan muhim psixologik jarayon —ma‘lum bir kasbga tayyorgarlik holati hisoblanadi. Bu holat emotsional va motivatsion tayyorgarlikni ham nazarda tutadi. Kasb tanlash inson hayotidagi muhim bir bosqich hisoblanib, bunda inson hayoti uchun muhim qaror qabul qiladi va u jamiyatda o'z imkoniyatlarini ro'yobga chiqaradi. Bu jarayon inson tomonidan o'z ichki imkoniyatlari tahlil qilish natijasida ma‘lum kasbning talablariga uning imkoniyatlarining mos kelishiga qarab sodir bo'ladi. Kasb tanlash ma‘lum bir kasbni tanlayotgan inson - tanlov sub‘ekti bilan tanlanayotgan kasb - tanlov ob‘ekti munosabatlarini o'zida aks ettiruvchi faoliyat hisoblanadi: tanlov sub‘ekti va tanlov ob‘ekti o'rtasidagi munosabatlar xarakteristikasini o'rganish davrimizning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.
Kasb tanlash qisqa vaqtda hal etiladigan ish bo'lmasdan, balki qator bosqichlardan iborat jarayondir. Bu bosqichlarning davoimiyligi tashqi omillarga va kasb tanlash sub‘ektining individual xususiyatlariga bog'liq holda kechadi. Kasbiy jihatdan o'z o'zini aniqlash katta maktab yoshiga kelib inson uchun dolzarb mazmun kasb etadi va bir qancha bosqichlarni o'z ichiga qamrab oladi. Biz quyida shu bosqichlarga qisqacha to'xtalib o'tamiz. Bundan ko'zlangan maqsad shundaki, biz ko'rib chiqayotgan mavzuni, ya‘ni shaxsning kasb tanlashi, kasbiy shakllanishi va kasbiy faoliyati muammolarini chuqurroq yoritish orqali shaxsni aynan kasbiy o'z o'zini aniqlash jarayonini bosqichma-bosqich ko'rib chiqishimiz zarur bo'ladi. Shunday qilib, kasbiy o'z o'zini aniqlash beshta bosqichni o'z ichiga qamrab oladi:

  • kasbni ilk tanlash bosqichi. Bu bosqichda bola kasblar olami haqida etarlicha tasavvurga ega bo'ladi, o'z ichki imkoniyatlari haqida kam biladi, uning kasbiy intilishi hali sust darajada bo'ladi. Bu bosqich kichik maktab yoshiga taalluqli bo'lib, unda kasbning mazmuni va ish sharoitlari haqida bolada savollar tug'ilmaydi;

  • kasbiy jihatdan o'z-o'zini aniqlash bosqichi katta maktab yoshiga to'g'ri keladi (15-17 yoshlar). Bu bosqichda ilk professional intilishlar paydo bo'ladi va rivojlanadi hamda mehnatning turli xil sohalari ichidan o'ziga ma‘qulini tanlash jarayoni kuzatiladi;

  • kasbiy ta‘lim bosqichida tanlangan kasbni o'zlashtirish jarayoni sodir bo'ladi;

  • kasbiy moslashish bosqichi kasbiy faoliyatning individual uslubining paydo bo'lishi hamda kishining ishlab chiqarish va ijtimoiy munosabatlar tizimiga bog'lanishi bilan xarakterlanadi;

  • mehnatda o'zini ko'rsatish bosqichi (qisman yoki butunlay) kasbiy mehnatga taalluqli bo'lgan talablarning (kutilmalarning) bajarilishi yoki bajarilmasligi bilan bog'liq holda kechadi.

Shunday qilib, kasbiy jihatdan o'z-o'zini aniqlash - shaxs kasbiy faoliyatining barcha davrlarini, ya‘ni kasbiy intilishning paydo bo'lishidan tortib to mehnat faoliyatidan butunlay ozod bo'lgungacha bo'lgan davrlarni o'zida mujassamlashtirgan jarayondir. Aytish mumkinki, u insonning butun hayot yo'lini qamrab oladi. Albatta, bu jarayonning eng muhim bosqichlaridan biri kasb tanlash amalga oshiriladiganbosqichdir. To'g'ri tanlangan kasb, bir tomondan, shaxsning ichki imkoniyatlariga mos tushadi va uning insoniy baxti hamda kamolotini belgilaydi, ikkinchi tomondan esa yaxshi kasb egasining samarali mehnati ta‘sirida jamiyat rivoji jadallashadi.
Kasbning inson oldiga qo'yadigan talablari majmuasi psixologik, ijtimoiy, iqtisodiy, texnikaviy va pedagogik jabhalarni qamrab oladi. Kasb va ixtisos asoslarini egallovchi yoshlar shu fanlarning barcha talabalariga moslashishi orqali mutaxassislik layoqatini rivojlantira boradilar.



Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish