Radio to‘lqinlarning umumiy xossalari.
Radio to‘lqinlar tarqalishi jarayonida qator sabablarga bog‘liq bo‘ladigan so‘nishga uchraydi. Uzatkichdan uzoqlashishi bilan energiya yanada katta hajmda tarqaladi, natijada, energiya oqimining zichligi kamayadi.
Radio to‘lqinlar tarqaladigan muhit ham ularning so‘nishini keltirib chiqaradi. Bu issiqliq yo‘qotishlari tufayli energiyaning yutilishi va yer sharining qavariqligi yoki yerdagi do‘ngliklar ko‘rinishidagi to‘siqlardan aylanib o‘tishida to‘lqin maydoni kuchlanganligining kamayishiga bog‘liq. Elektromagnit to‘lqin elektr va magnit maydonlardan tashkil topgan.
Elektromagnit to‘lqinning tuzilishi.
Fazoning har bir nuqtasida to‘lqining Eelektr maydon kuchlanganligi vektori N magnit maydon kuchlanganligi vektoriga perpendikulyar va har ikkala vektorlar ham to‘lqinning tarqalishi yo‘nalishiga perpendikulyar bo‘ladi. Radio to‘lqinlarning tarqalishi quyidagi ma’lum qonunlarga bo‘ysunadi:
1. Birjinsli muhitda to‘g‘ri chiziqli tarqalish, ya’ni xossalari barcha nuqtalarida bir xil bo‘lgan muhitda tarqalishi.
2. Bitta muhitdan boshqasiga o‘tishda qaytish va sinish. Tushish burchagi qaytish burchagiga teng.
3. Difraksiya. O‘z yo‘lida tiniqmas jismga duch kelish bilan radio to‘lqinlar undan aylanib o‘tadi. Difraksiya to‘siqning geometrik o‘lchamlari va to‘lqin uzunliklari nisbatlariga bog‘liq ravishda turli darajalarda namoyon bo‘ladi.
4. Refraksiya. Xossalari nuqtadan-nuqtaga asta-sekin o‘zgaradigan birjinsli bo‘lmagan muhitlarda radioto‘lqinlar egri chiziqli traektoriyalar bo‘yicha tarqaladi. Muhitning xossasi qanchalik keskin o‘zgarsa, traektoriyaning egriligi shunchalik katta bo‘ladi.
5. To‘liq ichki qaytish. Agar optik zichroq muhitdan kam zichlikli muhitga o‘tishda tushish burchagi qandaydir chegaraviy qiymatdan oshsa, u holda nur ikkinchi muhitga o‘tmaydi va muhitlarning chegarasidan to‘liq qaytadi. Chegaraviy tushish burchagi to‘liq ichki qaytish burchagi deyiladi.
6. Interferensiya. Bu hodisa fazoda bir qancha to‘lqinlarning qo‘shilishida kuzatiladi. Fazoning turli nuqtalarida qo‘shiladigan to‘lqinlarning fazalari nisbatiga bog‘liq ravishda natijaviy to‘lqin amplitudasining ortishi yoki kamayishi kuzatiladi.
Yer sirtida tarqaladigan va yer sharining qavariqligi qisman og‘diradigan difraksiya tufayli radioto‘lqinlar sirt to‘lqinlari deyiladi. Sirt to‘lqinlarining tarqalishi yer shari sirtining xossalariga kuchli bog‘liq bo‘ladi. Atmosferada yuqori balandliklarda tarqaladigan va atmosferaning bir jinslimasliklari tufayli yerga qaytadigan radioto‘lqinlar fazoviy to‘lqinlar deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |