Nazorat va mulohaza savollari:
1. Zanjir mehmonxonalarning afzalliklari nimada?
2. O’zbekistondagi zanjir mehmonxonalarning afzalliklari va kamchiliklari nimalardan iborat?
3. O’zbekistondagi birorta zanjir mehmonxona misolida afzallik va kamchiliklarni ko’rib chiqing?
7- Mavzu: Mehmonxonadagi xizmat ko'rsatish ishlarining o'ziga xos xususiyatlari
Reja:
1. Mehmonxonalarning asosiy boshqarish shakllari.
2. Mehmonxona xizmatlarining tavsifi va o’ziga xos xususiyatlari.
1. Mehmonxonalarning asosiy boshqarish shakllari.
Ma’muriy-xujalik (kastelyan) xizmati
Ma’muriy-xo‘jalik bo‘limi mehmonxonaning eng yirik (xodimlar soni jixatidan) bo‘limi hisoblanadi. Unda mehmonxona jami xizmatchilarining 50% ga yaqini mehnat kiladi. Bo‘limni ma’muriy-xo‘jalik xizmati direktori yoki ijrochi kastelyan boshkaradi. Bo‘lim boshlig‘i xizmat vazifalarining xususiyati undan tashkilotchilik qobiliyati va talabchanlikni talab kiladi. Ko‘p sonli nomerlarni har kuni lozim darajada batartib saklash juda katta mas’uliyat, aniklik va puxtalikni takozo etadi.
Mehmonlar o‘rtasida o‘tkazilgan barcha so‘rovlar ma’muriy-xo‘jalik xizmatining muhimligini ko‘rsatadi. Tozalik va batartiblik mehmonlarning barcha talablari orasida birinchi o‘rinni egallaydi.
Tajribali kastelyan (xizmat direktori) o‘z ishida kuyidagi o‘n qoidaga amal kiladi.
1. Mehnat resurslaridan samarali foydalanish. Ish o‘z vaktida bajarilishiga erishish uchun topshiriklarni qo‘l ostidagi xodimlar o‘rtasida taksimlab, ularning har biriga muayyan topshirik berib, zimmasiga majburiyat yuklash.
2. Bajarilgan ish to‘g‘risida hisobot berishning okilona usullarini uylab topish. Qo‘l ostidagi xodimlar ishini muttasil nazorat kilish.
3. Og‘ir mehnat talab etadigan ishlarni standartlashtirishga harakat kilish. Qo‘l ostidagi xodimlarga o‘z ishini anik va puxta bajarishiga yordam berish.
4. Vaqti-vaqti bilan inventarizatsiya o‘tkazib turish. Asbob-uskunalar va mavjud materiallarning qiymatini nazorat kilish.
5. Qo‘l ostingdagilarga namuna bo‘lish.
6. Mehmonlar va boshliklar kastelyan xizmati oldiga qo‘yadigan muammolardan buyin tovlamaslik.
7. Rejalashtirish masalalarini hal qilishga xodimlarni jalb etish Ularning ishni tez va sifatli bajarish imkonini beruvchi ratsionalizatorlik takliflarini rag‘batlantirish.
8. Xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirib borish. Tegishli malaka oshirish kurslari tashkil etish orkali ularning o‘zi ustida ishlashga intilishini qo‘llab-kuvvatlash.
9. Menejerlar tayyorlash buyicha dasturlar tashkil kilish. Xodimlaring xizmat pillapoyalari bo‘ylab ko‘tarilishiga imkoniyat yaratish.
10. O‘z bo‘limining ishini boshqa bo‘limlar, ayniksa, ma’muriy, muxandislik-foydalanish bo‘limlari va kirxona ishi bilan muvofiklashtirish.
Xizmat direktori majburiyatlari orasida kuyidagilar muximlik jixatidan birinchi o‘rinda turadi:
1. Odamlarni boshkarish, asbob-uskunalarning ishlashini va kerakli mahsulotlar o‘z vaktida yetkazib berilishini kuzatib borish.
2. Nomerlarda va umumiy foydalaniladigan xonalarda tozalik va tartibni saklash.
3. Bosh boshkaruvchining moliyaviy siyosatiga muvofik xizmatga raxbarlik qilish.
4. Hujjatlarni yuritish.
Xizmat direktorining ertalab 7.45 da boshlangan va 18.00 da tugagan odatdagi ish kuniga misol.
• Tungi farroshlar guruxining rahbari bilan birga koridorlar va xollarning tozaligini tekshirish.
• Ma’muriy-xujalik daftaridagi kaydlarni tekshirib ko‘rish.
• Mehmonxona nomerlarining to‘lish prognozini tekshirish va mehmonxonani tark etayotganlar mikdoriga aniklik kiritish.
• O‘tgan kun uchun hisobotlarni tekshirish, yangikelgan mehmonlar soniga aniklik kiritish, tegishli hozirlik ko‘rish uchun «o‘ta muxim mehmonlar» tashrifi kutilayotgan-kutilmayotganini aniklash.
• Ma’muriy-xo‘jalik xizmatining majlisida ishtirok etish.
• Joriy muammolarni xal qilish.
• Yangixodimlarni o‘kitib-o‘rgatishda ishtirok etish.
• Menejerlar va sektorlarning sardorlari bilan majlis o‘tkazish.
• Har xil ishlarni bajarishga naryadlar berish.
• Byudjetni tekshirib ko‘rish.
• Haridlarga buyurtmalarni ma’kullash„
• Asbob-uskunalar va jixozlarni tekshirib ko‘rish.
• Mehmonlarning xonalaridagi tozalikni tekshirib ko‘rish.
• Ekspluatatsiyachilardan kelgan naryadlarni ko‘zdan kechirish.
• Xizmatga qabo‘l qilishga nomzodlar bilan suxbatlashish.
Kadrlar masalalarini ko‘rib chikish, xizmatni rivojlantirish haqida o‘ylash, maslahatlar berish.
Xizmat direktorining eng og‘ir vazifasi - qoida tarikasida, turli millat vakillari bo‘lgan bo‘lim xodimlarini boshkarish. Mehmonxonaning katta-kichikligiga karab, xizmat direktori bir o‘rinbosarga va bir yoki bir nechta yordamchiga ega bo‘ladi, ular esa, o‘z navbatida, mehmonxonaning turli sektorlari (kavatlar, prolyotlar va hk.) uchun mas’ul bo‘lgan xodimalar ishini yo‘lga soladi.
Direktor urinbosari xizmatga muayyan tarzda rahbarlik kiladi, masalan, mehmonxonani sektorlarga ajratadi va xonalarni tozalash grafigini tuzadi.
Mehmonxona nomerlari kavatma-kavat rejalarda ko‘rsatiladi. Agar nomer bo‘sh bo‘lsa, uning karshisida hech kanday belgi bo‘lmaydi, nomer band bo‘lgan xolda XB (xona band) degan belgi kuyiladi. Agar mehmon nomerni tez orada bo‘shatish niyatida bo‘lsa, TB (tezda bo‘shaydi) degan belgi, yashash muddatini uzaytirish niyatida bo‘lsa - YAMU (yashash muddati uzaytiriladi) degan belgi kuyiladi. Avariya xolatidagi bo‘lgani uchun mehmonlar joylashtirilishi mumkin bo‘lmagan xonalar AH (avariya xolatida) degan belgi bilan , «o‘ta muhim mehmon» joylashishi kutilayotgan xonalar esa -VIP belgisi bilan ajratiladi va ayni xolda kanday hozirlik ko‘rilishi lozim ligi haqida anik kursatmalar kayd etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |