Ta`lim jarayonida onglilik va faollilik
O’qitishga ongli munosabat va unda shug’ullanuvchining faolligi har qanday pedagogik jarayonning samaradorligini oshiradi. P.F. Lesgaft ilgari surgan jismoniy tarbiya ta`limidagi onglilik va faollilik principi harakat faoliyatlarini mexanik ravishda taqlid qilib bajarish orqali harakatlarni o’zlashtirishni kat`iyyan qoralaydi va birinchilardan bo’lib harakatlarni taqqoslay olish, uning tahlilini qilish orqali nazariy bilimlarni va harakat faoliyatlarini egallash g’oyasini ilgari surdi. U “jismoniy mashq bilan shug’ullanish faqat kuchni, jismoniy rivojlanganlikni kwrsatkichlarini oshiradi”, – degan qwpol tushunchani asosiy xatolardan biri deb kwrsatdi.
Tarbiya jarayonida bu principni qwllash mashg’ulotni umumiy vazifalariga qiziqish uyg’otish va fikrlashni shakllantirish bilan boshlanadi. Eng avvalo, harakat faoliyatini hayotiy-amaliyligi aniq misollar yordamida, ta`limning mavzulashtirish orqali amalga oshirila boshlanishi lozim. O’qitishning boshlang’ich etapidagi tor, ongli fikrlash doirasi, mazmuni (qomatining chiroyli bwlishi, kuchining ortishi vah.klar) mashg’ulotlardagi hayotiy-amaliy holatlar orqali, jismoniy madaniyat va sport mashg’ulotlarida shaxsni ijodiy mehnatga va Vatan mudofaasiga tayyorlashdek vazifalarni hal qilish bilan asta-sekin ixtisoslik bilimlarga tayanib amalga oshiriladi. Maxsus ommabop adabiyotlar, qwllanmalar tavsiya qilinadi. Nazariy bilimlarni ortishiga erishish onglilik principining o’zak maqsadlaridan biridir. Bu maqsadga erisha olmaslik kundalik bajariladigan jismoniy mashqlar bilan shug’ullashnish mashg’ulotlariga odatning shakllanishi susayti-radi, jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishni turmush tarziga aylanishiga twsqinlik qiladi. Bundan tashqari, shug’ullanuvchilar jismoniy madaniyat, sport mavzulariga oid muntazam lekciyalar, suhbatlar, hikoyalar eshitishlari, maktab fizkul`tura dasturining nazariy qismini wrganishlari, metodik va hujjatli fil`mlar kwrishlari, o’z-o’zini tibbiy nazorat qilish qoidalarini bilishlari, “aktiv, passiv dam”, “bajara olish”, “harakat malakasi”, “oliy harakat tartibi”, “malakaning ijobiy va salbiy kwchishi” atamalari mohiyatini tushunishlariga lozim.
O’zlashtirilishi, mustahkamlanishi, takomillashtirilishi lozim bo’lgan, harakat faoliyatini nima uchun aynan o’qituvchisi yoki murabbiy ko’rsatganidek bajarish shart ekanligi o’quvchi ongiga etkazilishi majburiyati yuzaga keladi. Mashqlangan barmoqlar (voleybolchiniki) turmushda barmoqlarning nozik harakatlarini talab qiladigan kasblarni egallashda (soatsoz, zargar va boshqalar) qo’l kelishi ongiga etgan shug’ullanuvchi ta`lim jarayoniga ongli munosabatda bwlishidan tashqari, uning faolligi ortadi.
Mashq, harakat texnikasini egallash oz energiya sarflab samarali harakat qilish, uni bajarish orqali organizmda sodir bo’ladigan turli xil o’zgarishlarni tushunish, topshiriqka nisbatan onglilik va faollikni oshiradi.
O’qituvchilarning kwtarinki kayfiyati, yuzidagi tabassumi, kiyimlarning yarashganligi va ixchamligi, harakatlarni havas qiladigan darajada chiroyli, ravon ketma-ketlikda bajarishi, mashqlar tarkibini uning bajarilishi ritmiga moslab, twrtliklar tarzida baravariga aytiladigan aytishuvlar kiritilishi ta`lim jarayonidagi vazifalarni hal kilishga zwr qiziqishni kuchaytiradi va fikrlashni shakllantiradi.
Jismoniy tarbiya jarayonida ongli analiz va jismoniy mashqni bajarishda nazoratdan foydalanish ta`limning principial mexanizmlaridan biridir.
Ongli ravishda bajarilayotgan “ixtiyoriy harakat”ning mohiyatiga etib, uning bajarilishi texnkasining asosi, zvenolari, detallarini nazorat qila olishning ahamiyati ta`lim jarayonida o’z samarasini berishi ilmiy-amaliy isbotlangan.
Abel`skiyning tajribasi bwyicha shug’ullunuvchilarni sakrash texnikasiga o’rgatish uchun 120-150 urinish (popıtka) tavsiya qilingan. Urinishlar tugallangandan swng shug’ullanuvchilar bilan shu harakatning tuzilishi, bajarish texnikasi haqidagi suhbatlar, (diskussiya) natijasi wta qoniqarsiz bo’lgan.
Navbatdagi guruhga esa mashq texnikasi, uning tuzilishi, hayotiy-amaliy ahamiyati haqida etarli darajadagi nazariy tayyorgarlikdan swng mashqni bajarish tavsiya qilinganda, shug’ullanuvchilar 2-3 urinishdan keyin mashq texnikasini osongina o’zlashtirib olganliklari kuzatilgan.
Amaliyotda yuqori malakali sprotchilar mashqni sport texnikasi avtomatlashgan darajada, ya`ni harakatni oliy maqomda bajara olishni o’z oldilariga maqsad qilib qwyadilar. Mexanik ravishda tushunmay, kwr-kwrona, taqlid tarzida mashq qilishning samarasizligi, surunkali mashq qilish jarayonida me`yoridan ortiq energiya sarflashga, shug’ullanuvchida shu harakatga nisbatan sovish, “toqatsizlikni”ni shakkllantiradi. Shuning uchun ongli tahlil – o’z harakatini baholay olish, o’qitish jarayonining cho’zilib ketishini oldini oladi.
Ongli analizda mashq texnikasini tahlili bilangina chegaralanmay, uni biomexanik, matematik hisoblash, bioritmiya va sport metrologiyasining qonuniyatlarini nazarda tutgan holda, shug’ullanuvchining anatomiya, sport fiziologiyasi, bioximiya sohalaridagi bilimlarga tayaniladi. Tezlikni talab qiluvchi mashqlar vaqtning mikrointervalini, gimnastika jihozlaridagi mashqlar esa harakatning fazodagi chegaralarini, harakatning yutqazilayotganligini his qilishdek talablarni qwyadi, bu o’z navbatida, ixtiyoriy harakatlarning bajarilishini ongli nazorat qilishga o’rgatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |