1 Mavzu: Jamiyat. Insonning jamiyatdagi o’rni. Reja: Tarbiya fanining maqsad vazifalari Inson – murakkab mavjudot


-MAVZU: Yoshlar uchun yaratilgan umum milliy imkoniyatlar. Halollik



Download 347,08 Kb.
bet16/50
Sana05.01.2022
Hajmi347,08 Kb.
#319245
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   50
Bog'liq
tarbiya konspekt yangisi

6-MAVZU: Yoshlar uchun yaratilgan umum milliy imkoniyatlar. Halollik.
Reja

  1. Yoshlar jamiyat kelajagi.

  2. Umummilliy imkoniyatlar.

  3. Halollik


Ruhiy  va  moddiy olam.  Xalqimizning  asrlar  davomidagi  orzu  maqsadlari.  Islohatlarni  amalga oshirishda mening o‘rnim.Trenning mashg’uloti. Kelajakka sarmoya qanaday qo’yiladi?  Halollik. Milliy qadriyatlarimizda halollik haqida. Halollik –

 xotirjamlik asosi.Halollik va adolat bilan hayot kechirish – oliyjanob fazilat.  

Mamlakatimizda yoshlar masalasi xar doim davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Yoshlarga oid davlat siyosati – bu davlatning demokratik taraqqiyot yo‘lida rivojlanishida yoshlarni muhim strategik kuch sifatida tan olishi, zamonaviy dunyoda yoshlarning ehtiyojlari, ularning mavjud demokratik muhitga to‘g‘ri moslashuviga yo‘naltirilgan qonunchilik va ijro etish xususiyatining yig‘indisi hamda  o‘zining yoshlarga nisbatan boshqaruv va ijtimoiy funksiyalarini demokratik siyosiy tizim, xalqaro yoxud milliy huquq normalari talabi darajasida to‘liq bajarishidir. Yosh avlod vakillarining manfaatini, boshqa ko‘pchilik qatlamlar vakillarining manfaatiga qarshi qo‘ymasdan, umummilliy manfaat bilan uyg‘unlashtirish – yoshlar siyosatining asosiy vazifasidir.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati tubdan isloh etilib, ularning huquqiy va siyosiy madaniyatini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilib, qator maqsadli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Ushbu soha muayyan darajada rivojlantirildi, jumladan, yoshlar huquqiy va siyosiy madaniyatini yuksaltirishning o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olish, yoshlarning ijtimoiy-siyosiy tadbirlardagi ishtiroki orqali huquqiy-siyosiy madaniyatining shakllanishi, ularning huquqiy va siyosiy madaniyatini yuksaltirishda davlat va fuqarolik jamiyati institutlarining hamkorligiga zamin yaratuvchi huquqiy baza yaratildi 2.Umummilliy imkoniyatlar Kelajak-bilimdon yoshlar qo’lida Yoshlar har bir mamlakatning ertangi kuni, jamiyatda o‘zgarishlarga sabab bo‘ladigan, bunyodkorlik g‘oyalarini hayotga tatbiq etuvchi muhim kuch, salohiyatli resurs hisoblanadi. Yurtimizdagi  barcha yoshlarning tashabbus va iqtidorlarini namoyon etishlari uchun qulay shart-sharoit yaratish, innovatsion loyihalarini ishlab chiqarishga keng jalb etish,  jamiyatda o‘zlarining munosib o‘rinlarini topishlari uchun yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash  mamlakatimizda  amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning ustuvor  yo‘nalishlaridandir. Bir so’z bilan aytganda  berilayotgan bu imkoniyatlar kelajagimiz egalarining ta’lim-tarbiyasi, ularning ijtimoiy-huquqiy himoyasiga bo’lgan e’tibor va rag’batni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi3 Halollik.

Abu Abdulloh No‘mon ibn Bashir (roziyallohu nahu)dan rivoyat:


“Men Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam)ning bunday deganlarini eshitdim”: “Darhaqiqat, halol narsalar aniqdir, harom narsalar ham aniqdir. Ikkisining o‘rtasida esa, shubhali narsalar ham borki, ko‘pchilik ularni bilmaydi. Kimki shunday shubhali narsalardan o‘zini ehtiyot qilsa, dinini ham, nomus-obro‘sini xam pokiza asrab qoladi. Buning misoli birovning qo‘rg‘oni atrofida suruvni o‘tlatib yurgan cho‘ponga o‘xshaydi. U qo‘ylarining bexosdan o‘sha qo‘rg‘onga kirib ketishidan omonda bo‘lgani singari, shubhali narsalardan o‘zini ehtiyot qilmagan kishi keyinchalik xaromga ham aralashib qoladi.Ogoh bo‘ling: Allohning qo‘rg‘oni Uning harom qilgan narsalaridir. Ogoh bo‘ling: jasadda bir parcha go‘sht borki, agar u sog‘lom bo‘lsa, butun jasad sog‘-salomat bo‘ladi. Agar u aynisa, jasadning qolgan qismi ham buziladi. Ogoh bo‘ling: u parcha go‘sht qalbdir
Izoh: narsalar uch qismga bo‘linadi: halolligi ochiq-oydin bo‘lgan narsalar, masalan, non yemoq, gapirmoq, yurmoq kabi; haromligi ochiq-oydin bo‘lgan narsalar, masalan, aroq ichish, zino qilish kabi; na halolligi va na haromligi aniq bo‘lgan shubhali narsalar. Ularning hukmini ko‘pchilik bilmaydi. Ulamolar esa, oyat-hadis hujjati bilan yoki qiyos orqali ularning hukmini aytadilar. Demak, biron narsaning halol yoki harom ekanida shubha tug‘ilsa va bu borada oyat, hadisdan va ijmodan dalil topilmasa, mujtahid olim shu mavzuda ijtihod qilishi va shar’iy dalil bilan o‘sha noaniq narsani halolga yoki haromga nisbatlab berishi lozim bo‘ladi.
Bu hadis mo‘min kishini halolga intilib, haromdan uzoqlashishga, shubhali narsalarni tark qilishga, dini va obro‘sini pok saqlashga, odamlarda yomon gumon uyg‘otishi mumkin bo‘lgan amallardan o‘zini yiroq tutishga va gunohlarga aralashib qolmaslikka undaydi. Shuningdek, ma’naviy quvvatlarni kuchaytirishga, nafsni isloh qilishga chaqiradi hamda harom ishlarga olib boradigan bahonalarning oldini olishga undaydi. Qalbning salomat bo‘lishi – hiyonat, adovat, xasad, xasislik, baxillik, kibr, o‘zgalar ustidan kulish, riyo, makr, xirs, ta’magirlik, taqdirdan norozi bo‘lish kabi ichki illatlardan salomat bo‘lish bilangina hosil bo‘ladi. 
Insonda halollik odam bolasi dunyoga kelgan kundan emas, balki, nikohdan boshlanadi, xomiladorlikda shakllanadi, dunyoga kelgach davom etadi.
Nikoh shartlarini bajarmay turmush  qurildimi, demak hallolik yo‘qoladi, ona xomiladorligida farzandga ota yoki ona tomonidan halol luqma edirilmadimi, demak bu uning vujudiga singadi.
Qarang, masala qanchalar murakkab va qanchalar jiddiy. Ko‘pchiligimiz duoda halol ne’matlaringni darig‘ tutmagin, xaromdan yiroq qilgin deyilishini bilsak-da, buning tub ma’nosi nimada ekanini o‘ylab ham ko‘rgamaganmiz.
Rivoyat qilishlaricha, ikki halol inson turmush qurishadi. Halol kun kechirib, halollikda barchaga o‘rnak bo‘lishadi. Ularning dunyoga kelgan farzandlari ham barcha fazilatlarga ega, odob-axloq va xulqda bekami ko‘st bo‘lib kamol topa boshlaydi. Halol luqma bilan ulg‘ayotgan farzand, noyob iste’dodga ega bo‘lib, insonlarning yuziga qaraboq kim halolu, kim nopokligini o‘qiy oladigan darajaga etadi. Besh yoshli bu bolakayning bunday qobiliyati uni boshqalardan ajralib qolishiga sabab bo‘layotgani, murg‘ak jonning qalbida kechayotgan ichki kurash uni ichidan kemirib, betob qilib borayotganini ko‘rgan ota, chiday olmay, echim topish maqsadida, donishmand oldiga boradi. Donishmand, bozorga borib, savdogardan 2 dona non olishini, rozi-rizolik so‘ramay olib kelib, farzandiga edirishini tavsiya etadi. Ota rozi-rizoliksiz non olib kelib, farzandiga yedirgach, bolada halol va xaromni ajratishdek, noyob qobiliyat yo‘qoladi.
Halol yashash qanchalik qiyin bo‘lsa, xarom yashash shunchalik osonday tuyuladi. Ammo qing‘ir ishning qiyig‘i chiqadi, deganlaridek, ba’zan odamlar bu dunyodagi barcha narsa hisob-kitobli ekanini unutib qo‘yishadi. Nopok ish hoxlaymizmi yo‘qmi hayotimizda og‘riqli iz qoldiradi, yo o‘zimizga, yo farzandlarimizga, yo molimiz, yo jonimizga ziyon etkazadi.

7-MAVZU: Do’stlik va bag’rikenglik. Til bilgan – el biladi.

Reja


  1. Millatlararo bag’rikenglik.

  2. Til imkoniyatlar eshigi kalitidir

Jamiyatimizda millatlararo hamjihatlik va totuvlikni mustahkamlash, barcha fuqarolarga millati va diniy e’tiqodidan qat’iy nazar, teng huquq va imkoniyatlar yaratish davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilanganMamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar markazida, avvalo, inson manfaati, uning huquq va erkinliklarini ta’minlash maqsadi turadi. Fuqarolar manfaatlarini faqatgina tinchlik va osoyishtalik, o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini yaratish orqali ta’minlash mumkin.

Bugun dunyo koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq inqirozga duch kelgan bir sharoitda ko‘plab mintaqalarda millatlararo va konfessiyalararo ziddiyatlar kuchayayotganiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Shu bois, boshlangan islohotlarni izchil davom ettirish uchun birdamlikni saqlash muhim ahamiyatga ega.

O‘zbekistonda aholining ko‘p millatli bo‘lishiga ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning qulay omili sifatida qaralmoqda. Ijtimoiy va iqtisodiy barqarorlikni saqlash, dinlararo va millatlararo munosabatlarni uyg‘unlashtirish hisobiga xalqaro maydonda O‘zbekistonning obro‘si oshib bormoqda.

Xususan, mamlakatimizdagi davlat ta’lim muassasalarida o‘qitish yetti tilda olib boriladi. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi o‘z ko‘rsatuvlarini o‘n ikki tilda namoyish etmoqda, o‘ndan ortiq tilda gazeta va jurnallar nashr etilmoqda. Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi qoshida 138 ta milliy madaniy markaz, bundan tashqari, 16 ta konfessiyaga tegishli 2300 ga yaqin diniy tashkilot faoliyat yuritadi.

Bu borada yaxlit, chuqur o‘ylangan siyosat va uni amalga oshirishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar hayotga tatbiq etilib, millatlararo va dinlararo totuvlikni qo‘llab-quvvatlashga e’tibor qaratilmoqda. Bu islohot va o‘zgarishlarning negizida konstitutsion huquq va kafolatlar yotganini alohida qayd etish lozim. Shundan kelib chiqib, bu borada quyidagi dalillarni keltirib o‘tish zarur.

Birinchidan, turli millat va din vakillarining o‘z salohiyatini to‘laqonli amalga oshirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun konstitutsiyaviy kafolatlar belgilangan. Bunda, eng avvalo, fuqarolarning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, teng huquq va erkinliklarini, ularning qonun oldida tengligini ta’minlash alohida e’tiborga olingan.

Mazkur sohada O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosatining asosiy tamoyillari sirasiga fuqarolarning teng huquqliligi, ijtimoiy adolat, qonun ustuvorligi, millat va elatlarning madaniy, til va diniy qadriyatlari, an’ana va urf-odatlarini o‘zaro hurmat qilish kiradi.

Konstitutsiyaviy kafolatlar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar, fuqarolarga jamoat va davlat qurilishida ishtirok etishni ta’minlaydi.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasining millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni o‘rnatish siyosati Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va boshqa xalqaro huquqiy-me’yoriy hujjatlarga to‘la mos keladi.



Ikkinchidan, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash O‘zbekistonning zamonaviy davlat sifatida rivojlanish strategiyasining ajralmas qismi hisoblanadi. Mamlakatimizda 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq, mazkur sohaga alohida e’tibor qaratilmoqda.

So‘nggi to‘rt yilda millatlararo munosabatlar va din sohasida 50 dan ortiq qonun hujjatlari va 40 ga yaqin qarorlar qabul qilindi. Bu huquqiy hujjatlarning aksariyati fuqarolarning dini va millatidan qat’i nazar, huquq va erkinliklarini kengaytirish, shu jumladan, jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish imkoniyatini oshirishga qaratilgan.

Masalan, diniy tashkilot faoliyatini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilish vakolatlari ijro hokimiyati — adliya organlaridan sudlarga o‘tkazilib, ularning faoliyati erkinligining huquqiy kafolatlari mustahkamlandi. Diniy tashkilotni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun davlat boji miqdori besh baravarga kamaytirildi, hisobotlarni taqdim etish davriyligi qisqartirildi. Bundan buyon diniy tashkilotlar faqat yilda bir marta hisobot taqdim etadi.

Shuningdek, 2019-yilda millatlararo munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasi tasdiqlandi. Shu bilan birga, diniy-ma’rifiy soha faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha bir qancha qarorlar qabul qilinib, unga ko‘ra, mazkur sohada yagona davlat siyosatini amalga oshirish, fuqarolarning vijdon erkinligi kafolatlarini himoya qilish, turli millat va elatlar vakillari o‘rtasida konstruktiv va o‘zaro hurmatga asoslangan munosabatlarni shakllantirish bo‘yicha yangi tizim joriy etildi. Xususan, Vazirlar Mahkamasi huzurida millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tashkil etildi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita faoliyati takomillashtirildi.




Download 347,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish