1-mavzu. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishida xalqaro moliya munosabatlarining roli Reja


Turli valyutalardagi fiksirlangan foiz stavkani suzib yuruvchi foiz stavkaga almashtirish (fixed – for – floating)



Download 0,58 Mb.
bet74/106
Sana04.06.2022
Hajmi0,58 Mb.
#636385
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   106
Bog'liq
маъруза матни ХММ

Turli valyutalardagi fiksirlangan foiz stavkani suzib yuruvchi foiz stavkaga almashtirish (fixed – for – floating)
Tomonlardan biri ma’lum bir summadagi va muddatdagi fiksirlangan (yoki suzib yuruvchi) foiz stavkasidagi turli valyutalarda bo’lgan to’lovlarini valyuta kursni hisobga olgan holda suzib yuruvchi (fiksirlangan) foiz stavkasiga almashtiradi. Masalan siz ushbu bitim orqali 150 mln. so’mlik kredit bo’yicha UZIBOR stavkasida har chorakda amalga oshiriladigan foiz to’lovlarni 100 ming AQSh dollarlik kredit bo’yicha yillik 12 foiz fiksirlangan stavkada har chorakda amalga oshiriladigan to’lovlarga valyuta kursi USD/UZS = 1500 bo’lganda almashtirish imkoniyati mavjud. Bunda ma’lum bir belgilangan sanadagi valyuta kursidan, yoki svop bitimi tuzilayotganda amalda bo’lgan valyuta kursidan foydalanish mumkin. Shuningdek, bitimda faqat foiz to’lovlari almashtiriladi, asosiy qarz summasi esa almashtirilmaydi.
Boshqa bir misol qilib, 10 ming AQSh dollarlik kredit bo’yicha yillik 6 foizdan fiksirlangan stavkada oylik ustama to’lovlarini amalga oshiruvchi, shuningdek,16 mln. so’mlik investitsiyasidan UZIBOR+5 stavkada oylik daromad oluvchi kompaniyani olish mumkin. Kompaniya moliya bozorida kelajakda UZIBOR stavkani pasayishi va USD/UZS kursini ko’tarilish ehtimolidan o’zini himoyalash maqsadida o’z daromadlarini AQSh dollariga olishni rejalashtirgan. U o’z rejasini amalga oshirishi uchun turli valyutalardagi fiksirlangan foiz stavkani suzib yuruvchi foiz stavkaga almashtirish bo’yicha svop bitimini tuzishi etarli hisoblanadi. Natijada kompaniya UZIBOR+5 stavkada 10 ming AQSh dollarlik kreditga oylik foiz to’lovlarini amalga oshiradi va o’zining 16 mln. so’mlik investitsiyasidan valyuta kursi va foiz stavkasi o’zgarishidan himoyalagan holda 2 foiz qo’shimcha daromadini qat’iy belgilab, fiksirlangan stavkada 8 foiz yillik daromad ko’rish imkoniyatiga ega bo’ladi. Bitimda valyuta kursi USD/UZS = 1600 etib belgilangan.
Bir valyutalardagi suzib yuruvchi foiz stavkalar almashinuvi (floating – for – floating)
Tomonlardan biri ma’lum bir valyutadagi suzib yuruvchi foiz stavkasida aniqlangan summani boshqa bir suzib yuruvchi foiz stavkasidagi summaga almashtiradi. Bitimni tuzishda muddat, asosiy qarzning foiz to’lovlarini aniqlashda foydalaniladigan shartli summa inobatga olinadi. Masalan siz ushbu bilim orqali uch yil muddatga olingan 1 mln. AQSh dollarlik kreditning USD LIBOR 1M bo’yicha to’lanadigan foizini USD TIBOR 1M suzuvchi foiz stavkasiga almashtirish imkoniyatiga ega bo’lasiz. Suzib yuruvchi foiz stavkalar almashinuvi turli indekslar orasidagi spredning (foiz stavkalar o’rtasidagi farqning) ko’payishi yoki kamayishi oqibatida yuzaga keladigan xatarlarni oldini olish va turli spekulyativ maqsadlari uchun ham foydalaniladi. Boshqa bir misol qilib, USD LIBOR 1M bo’yicha kredit foizini to’lovchi va USD TIBOR 1M + 5 foiz stavkasi bo’yicha o’z investitsiyasidan daromad oluvchi kompaniyani olish mumkin. Hozirda agar USD LIBOR 1M + 12 = USD TIBOR 1M bo’lsa, kompaniya foizlar o’rtasidagi farqdan sof daromadi shartli summaning 17 foiziga teng bo’ladi. Agar kompaniya USD TIBOR 1M + 5 foiz stavkasiga nisbatan USD LIBOR 1M foiz stavkasi ko’payadi, yoki USD LIBOR 1M foiz stavkasiga nisbatan USD TIBOR 1M foiz stavkasi pasayadi deb hisoblasa, bunday holatda albatta xatarlardan qutilish chorasini izlaydi. Bunday xatardan qutilishning eng oddiy chorasi bu bir valyutalardagi suzib yuruvchi foiz stavkalar almashinuvi bo’yicha tuziladigan svop bitimi hisoblanadi. Natijada kompaniya ma’lum bir shartli summa bo’yicha USD TIBOR 1M + 5 foiz stavkada kredit bo’yicha to’lovlarni amalga oshirib, USD LIBOR 1M + 15 foiz stavkasida investitsiyalardan daromad ko’rishga foiz svopi orqali erishsa, ikki suzuvchi foiz stavkasini tenglashtiriuvchi 2 foizlik farq evaziga kompaniya oldidagi xatar bartaraf etiladi.
Floating – for – floatingsvoplar bir turdagi suzib yuruvchi foiz stavka bo’yicha turli sanalarda amalga oshiriladigan foizli to’lovlar o’rtasida va biznes kunlarini belgilanishidagi turli yondashuvlarni oldini olish uchun ham tuzilishi mumkin. Bu turdagi svoplar amaliyotda spekulyativ operatsiyalar uchun qo’llanilmasada, biroq korxona va tashkitotlar aktivlar va passivlarini boshqarishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish