10-Mavzu: Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari: tasnifi va rivojlanish istiqbollari
Reja:
Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari tushunchasi.
Axborotlarni foydalanuvchiga etkazib berish texnologiyasi.
Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari tasnifi
Xorijiy mutaxassislarning axborot texnologiyalari rivojlanishining tendentsiyalari.
Tayanch iboralar: axborot, texnologiya, avtomatlashtirilgan, xorijiy mutaxassislar, rivojlanish, tendentsiya.
1.Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari tushunchasi.
Iqtisodiyotni boshqarishda axborot tizimlarining tashkil qilishida va faoliyat yuritishda avtomatlashtirilgan axborotlar tizimining (AAT) asosiy tarkibiy qismi axborot texnologiyalarining rivojlanishi bilan bog’liq.
Avtomotlashtirilgan axborot texnologiyalari (AATex)- boshqaruv vazifalarini hal qilish uchun rivojlangan dasturiy ta’minlanish, hisoblash texnikasi va aloqaning foydalanilgan vositalari hamda axboortlarni mijozlarga taklif qilishning usullarini qo’llash asosida axborotlarni yig’ish, ro’yxatiga olish, uzatish, jamlash, qidirish, ishlab chiqish va himoyalash operatsiyalarini amalga oshirish usullari va vositalarning tizimiy tashkil qilingan majmundir.
Texnologiya deganda keng ma’noda uch xil: axborotli, uskunaviy va ijtimoiy nuqtai nazarlarni o’z ichiga oluvchi moddiy boyliklarni ishlab chiqarish haqidagi fan tushiniladi. Axborotli texnologiya deganda ishlab chiqarishning tamoyillari va usullarining bayon qilinishi, uskunaviy texnologiya deganda ishlab chiqarish yordamida amalga oshiriladigan mehnat qurollarini, ijtimoiy texnologiya deganda esa xodimlar va ularni tashkil qilishni amalga oshirish tushinaladi. Tor sanoat ma’nosida, texnologiya deganda yakuniy mahsulotni olish maqsadlarida mehnat predmeti ustidan qilinadigan harakatning izchilligi tushiniladi.
Eng sodda axborot texnologiyasi paydo bo’lishiga yozuvning yuzaga kelishini kiritish mumkin. Bu g’oyalardagi rasmlar, papirusdagi rasm va belgilardir. Axborotlardan nusxa ko’chirishga imkon beruvchi va hozirgi vaqtda ham katta o’rin eggallovchi qog’ozli axborot texnologiyasi asrini ochgan kitobning bosib chiqarilishi axborot texnologiyalari rivojlanishiga qudratli turtki bergan. Axborotlarni uzatish va almashtirishga ehtiyojni insoniyat o’z rivojlashining eng dastlabki pallalaridayoq sezgan. Agar boshida axborotlarni uzatishni jadallashtirish uchun gulxanlar, choparlar, keyin pochta va boshqalardan foydalanilgan bo’lsa, elektr, telegraf va telefonning kashf qilinishi bilan o’zgardi. Radio va televidinie, keyin kompyuterlar, aloqaniing raqamli tizimlari va hisoblash tarmoqlarining kashf qilinishi, 1978 yilda birinchi shaxsiy kompterlarning (ShK) kashf qilinishi va uning axborotlarni jamlash, qayta o’zgartirish hamda uzatishning xuddi uskunaviy vositasi sifatida benihoya tez tarqalishi va rivojlanishi yangi avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarini olamda inson faoliyatining barcha sohalariga tadbiq etishga imkon berdi.
AATexning asosini quyidagi texnik yutuqlar tashkil qiladi:
1) magnitli va optik disklar kabi manbalarda axborotlaring katta hajmlarini jamlash vositalarini yaratish;
2) olamda Er sharining istalgan nuqtasida axborotlarni qabul qilish, foydalanish va uzatishga imkon beruvchi radio va televizion aloqa, teleks telefaks, aloqaning raqamli tizimlari kompyuter tarmoqlari, kosmik aloqa kabi turli xildagi aloqa vositalarini yaratish;
3) belgilangan algoritmlar bo’yicha axborotlarni ishlab chiqish va aks ettirishga bilimlarni jamlash va generatsiyalashga imkon beruvchi kompyuterlarni, ayniqsa ShK ni yaratish.
Do'stlaringiz bilan baham: |