2- MAVZU: ISH JOYLARIDAGI YORUG’LIK VOSITALARIGA XAVFSIZLIK TALABI
Vaqti: 80 daqiqa
|
O`quvchilar soni:
|
|
O`quv mashg`ulotining turi va shakli
|
Nazariy-amaliy: nazariy bilimlarni egallash bo`yicha o`quv mashg`uloti
|
|
O`quv mashg`ulotining rejasi:
|
Fanning mazmuni va yengil sanoatda tutgan o’rni.
Kiyim haqida tushuncha.
Kiyim funksiyalari.
Tikuv buyumlarining tasnifi
|
|
O’qitish natijasi
|
Mavzuni o’shlashtirish natijasida o’quvchida shakllanadigan asosiy bilim, ko’nikma yoki kompetensiya UK1, KK-1, KK-2
|
|
O`quv mashg`ulotining maqsadi:
|
|
Pedagogikvazifalar
|
O`quvfaoliyatiningnatijalari
|
Mavzuni tanishtirish;
Mavzu haqida ma’lumot berish.
|
Darsda o’quvchilarning faolligi va mavzuning dolzarbligini anglashi;
|
O`qitish metodlari
|
Ma`ruza, kitob bilan tushuntirish, ko`rsatish, jadval bilan ishlash, Eyler-Venn diagrammasi asosida ishlash
|
O`qitish vositalari
|
O’quv materiali, B/BX/B, taqdimot uchun A32 varaqlari, markerlar, skotch, slaydlar, kompyuter tizimi. Tarqatma materiallar, savol kartochkalari, xarita
|
O`quv faoliyatini tashkil etish shakllari
|
Jamoaviy, ommaviy ( juftlikda ishlash, guruhli, yakka tartibda)
|
O’qitish shakli
|
Texnik vositalar bilan jihozlangan, guruhlarda ishlash uchun mo`ljallangantikuvchilik xonasi tarix xonasi
|
Qaytar aloqaning usul va vositalari
|
Og`zaki nazorat, savol-javob, o`z-o`zini nazorat qilish, 5 balli reyting tizimi asosida.
|
O`qituvchi:_______________M.X.Mamatova
O`quv mashg`ulotining texnologik xaritasi
Faoliyat bosqichlari
|
Faoliyat mazmuni
|
O’qituvchi
|
Ta`lim oluvchi
|
1-bosqich.
O’quv mashg’ulotiga kirish 5 daqiqa
|
Tashkiliy qism:
1.O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi va davomatini tekshiradi
|
Mashg`ulotga tayyorlanadilar
|
2-bosqich.
Аsosiy
(65 daqiqa.)
|
Tayanch bilimlarni faollashtirish:
1.Uyga berilgan vazifani nazorat qiladi hamda o`tilgan mavzu bo`yicha o`quvchilarga savollar beradi, ularni baholaydi
Maqsad va vazifani belgilanishi:
2.Mashg’ulot mavzusi, mavzuni o’rganishdan maqsad va natijalar haqida so’z yuriladi. Mashg’ulot rejasi bilan tanishtiriladi.
3.Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar bilan tanishtiradi.
4. Mashg’ulot guruhlarda ishlash birgalikda o’rganish shaklida o’tkazilishini va baholash mezonlarini ma’lum qiladilar.1- ilova.
Ta`lim oluvchilar bilimini faollashtirish:
5. Guruhlarda ishlatish qoidasi tanishtiriladi. O’tilgan mavzu yuzasidan tezkor so’rov savollari beriladi. Savol-javob, aqliy hujum, pinbord va boshqa texnikalar orqali bilimlarni faollashtiradi.(2- ilova )
Yangi o`quv materiali bayoni:
6. Nazariy mashg`ulotning rejasi va tuzilishiga muvofiq o`qitish jarayonini tashkil etish bo`yicha harakatlar tartibini bayon etadi. Asosiy holatlarni yozdiradi;
7.Slaydlarni Power Point tartibida namoyish va sharhlash bilan asosiy nazariy holatlarni bayon etadi( -ilova).
Yangi o`quv materialini mustahkamlash:
8.Mustahkamlash uchun savollar beradi.( -ilova) Jarayon kichik guruhlarda davom etishini ma`lum qiladi;
9.Kichik guruhlarga bo`ladi, kichik guruhda ishlash qoidasi bilan tanishtiradi, har bir guruhga topshiriq beradi ( -ilova) va baholash mezoni bilan tanishtiradi. Ishni bajarish yo`riqnomasi beradi
10.Guruhlarda ishlarni boshlashga ruxsat beradi. Har bir kichik guruh ishtirokchisi vazifani bajarish tartibini tushunganligini aniqlash maqsadida qaytar aloqa o`tkazadi.
11.O`quvchilarning javoblarini to`ldiradi va qisqacha xulosalar qiladi;
12.Guruhlar ishini o`zaro baholashni o`tkazadi, mavzuning har bir qismi bo`yicha xulosalar qiladi, eng asosiylariga e`tibor qaratadi, berilayotgan ma`lumotlarni daftarga qayd etishlarini eslatadi. Mavzuning kasbiy faoliyatlaridagi ahamiyati bilan bog`lab mavzuni yakunlaydi.
|
Uy vazifasini taqdim etadilar. Savollarga javob beradilar. Mavzu nomi va rejasini yozib oladilar
Diqqat qiladilar.
Kichik guruhlarga bo’linadilar.
Yozib oladilar.
Kichik guruhlarda taqdimot materialini tayyorlaydilar. Fikr almashadilar.
Guruh sardorlari chiqib o`z varag`ida to’ldirilgan jadvalni yozuv taxtasiga biriktiradilar va uni sharhlaydilar; savollarga javob beradilar.
Jadvalni to’ldiradilar.
Diqqat qiladilar
Yozib oladilar ,o’rganadilar
Ma`lumotlarni daftarga qayd etadilar.
|
3-bosqich.
Yakuniy
( 10daqiqa.)
|
Mashg`ulot yakuni:
1.Faol ishtirok etgan o`quvchilarning javoblarini izohlab baholaydi va rag`batlantiradi.
Uyga vazifa:
2.Kelgusi mashg`ulotga vazifa va uni bajarish yuzasidan topshiriqlar beradi( -ilova).
|
O’zaro baholash natijalarini ma'lum qiladilar.
Vazifani yozib oladilar.
|
Himoya
KLASTER”
Kiyimning funksiyalari
Yorug’lik insonning hayoti faoliyati davomida juda muhim o`ringa ega hisoblanadi. Ko`rish inson uchun asosiy ma`lumot manbai hisoblanib, umumiy olinadigan ma`lumotning tahminan 90% ko`z orqali olinadi. Ishlab chiqarish sharoitida yoritilganlik ishchilar salomatligiga zarar yetkazmasligi uchun u ko`zni zo`riqtirmaydigan, ish vaqtida binoning hamma qismlarida bir tekis taqsimlangan bulishi talab qilinadi. Yorug’lik ko`zni qamashtirmaydigan bo`lishi, boshqacha qilib aytganda, yorug’lik nurlari ko`zga to`g’ridan-to`g’ri tushmasligi kerak. Yorug’likning spektral tarkibi shunday tanlanishi kerakki, natijada kishi atrofdagi buyumlarning ranglarini to`g’ri qabul qilsin. Ish joylarida keskin ajralib turuvchi soyalar bo`lishi va ish joylari bilan atrofdagi muhitning yoritilganligi juda katta farq qilmasligi kerak, aks holda kishi ko`zini bir sharoitdan ikkinchi sharoitga tez-tez o`zgartirib turishi natijasida ko`zining akkomodatsiya hususiyati buzilib, ko`rish organlarining toliqish holati ro`y beradi. Shuning uchun ham korxonalarni me`yoriy yoritish sifatli mahsulot ishlab chiqarishni ta`minlash bilan birga ishlab chiqarish sharoitini yahshilaydi, ishchilarni charchashdan saqlaydi va mehnat unumdorligini oshiradi. 78 Me`yoriy talablar darajasida Me`yoriy talablar darajasida yoritilgan hududlarda ishlayotgan ishchilarning kayfiyati yahshi bo`ladi, shuningdek xavfsiz mehnat sharoiti yaratiladi va buning natijasida bahtsiz hodisalar keskin kamayadi. Inson ko`zi orqali binafsha rangdan to qizil ranggacha bo`lgan yorug’lik nurlarini sezadi. Ishlab chiqarish korxonalarini yoritishning mukammalligi sifat va son ko`rsatkichlari bilan tavsiflanadi. Son ko`rsatkichlariga nur oqimi (lm), yorug’lik kuchi kandela (kd), yoritilganlik (lyuks), nur qaytarish koeffitsientilari kiradi. Yuzaga tushayotgan nur oqimi shu yuzadan qaytsa, bu nur qaytarish koeffitsienti bilan belgilanadi(0,02-0,95 gacha). 2. Yoritilganlik va ularning asosiy turlari Amaliyotda ish joylarini yoritishda uch hil turdagi yoritilganlikdan foydalaniladi, ya`ni ular tabiiy, sun`iy va aralashgan holda bo`ladi. a) Tabiiy yoritilganlik quyoshdan hamda eru-samodan qaytayotgan quyosh nuridan hosil bo’lgan yorug’lik mahsulidir. Tabiiy yorug’lik issiqlik va yorug’lik doimiylariga ega bo`lib, ular quyoshdan kelayotgan issiqlik uchun 1317 Vt/m2 ga, yorug’lik uchun esa 137000 lk.ga tengdir. Tabiiy yorug’likning afzalliklari shundaki, uning tarkibida o`ta foydali ul’trabinafsha va infraqizil nurlari mavjud bo`lib, bu nurlar muhitni sog’lomlashtirishga xizmat qiladi, ya`ni mikroblarni o`ldirish hususiyatiga ega. Tabiiy yorug’likdan uch hil moslamalar yordamida, ya`ni tomdan fonar orqali, devordan deraza orqali va aralash holdagi tizimlardan foydalaniladi. Tabiiy yoritilgan tizimlariga qo`yiladigan talablar quyidagilardan iborat: -Yorug’lik miqdorini binolarning vazifasiga qarab tanlanishi, yo`naltirilgan yoki tarqoq hollarda bulishligini ta`minlanishi; -Insolyatsiya va yorug’lik me`yorlaridan kam bo`lmasligini ta`minlanishi. b) Sun`iy yorug’lik tabiiysiga nisbatan bir oz qimmatga tushsada, ish joylarini yoritishda imkoniyati cheksizdir. Sun`iy yorug’lik umumiy, mahalliy va aralash ko`rinishda bo`ladi. -Umumiy yorug’lik binoda bir tekis yoritilganlikni ta`minlay oladi. -Mahalliy yorug’lik esa faqat asosiy ish joyidagi yoritilganlikni me`yor talabi darajasida ta`minlaydi. -Aralash yorug’lik, mahalliy yoritilganlikni, umumiy yoritilganligi bilan birgalikda qo`llanilganligidir. Bu hildagi ya`ni aralash yoritilganlik usuli, binolardagi yarqiroqlik tafovutikontrastni yumshatadi hamda me`yor talabini to`la qondira oladi. v) Yoritilganlikni vazifasiga qarab ishchi va nazorat turlaridan tashqari yana favqulodda zarur holatlarda xizmat qiladigan ikki turi ham mavjud. Ularni avariya va evakuatsiya yoritilganliklari deyiladi hamda miqdorlari 0,5 -2,0 lyuks bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |