Iqtisodiyot — insonning hayot kechirishi uchun zarur ne’matlarni yaratishga qaratilgan xo‘jalik yuritish tizimi.
Iqtisodiyotning tarkibiy qismlari:
Tabiat
Odamlar tomonidan yaratilgan barcha narsalar
Odamlar
Iqtisodiy jarayon bosqichlari:
Ishlab chiqarish
Taqsimot
Ayirboshlash
Iste’mol
Iqtisodiyotni fan sifatida qarab, uning ilk tushuncha va tamoyillarini o`z ichiga olgan birinchi kitobni eramizdan avvalgi 430-355 yillar yashab ijod qilgan Yunon faylasufi Ksenofont tomonidan yozilgan.
Iqtisodiyot fani — odamlarning iqtisodiy ne’matlarni yaratish jarayonidagi faoliyatini va o‘zaro munosabatlarini o‘rganadigan fan.
Zamonaviy iqtisodiyot fani ikki qismga bo`linadi:
Mikroiqtisodiyot
Makroiqtisodiyot
Mikroiqtisodiyot— alohida olingan oila, korxona va tarmoq iqtisodiyotini o‘rganadi.
Makroiqtisodiyot – mamlakat miqyosidagi iqtisodiyotni o‘rganadi.