1-Mavzu. Iqtisodiy tizimlar va qarorlar Reja: Ehtiyoj va xohishlar Iqtisodiy tanlov



Download 40,79 Kb.
bet2/2
Sana15.01.2022
Hajmi40,79 Kb.
#368967
1   2
Bog'liq
1-mavzu

Nima ishlab chiqarish kerak?

Har bir inson turli xil hunar va qobiliyatlarga ega bo’lgani kabi har bir mamlakat ham turli turdagi va miqdordagi resurslarga ega. Ba’zilari tuproqqa boy va muntazam yomg’irli bo’lib ular katta ovqat zahirasi bilan ta’minlaydi. Yana boshqalarida esa cho’l mintaqasi yoki dexqonchilikni qiyinlashtiruvchi sovuq va uzoq qish hukm suradi. Ba’zi mamlakatlar ko’p neft, ko’mir va boshqa energiya resurslari zahiralariga ega bo’lgan bir paytda, ayrim mamlakatlar faqatgina cheklangan zahiraga ega. Mamlakatning nima ishlab chiqara olishini aniqlashda, undagi mavjud resurslar muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakat boshqa mamlakatlardagi o’ziga kerak bo’lgan resurslarni qo’lga kiritish uchun o’zining ba’zi resurslarini o’sha mamlakatlar bilan ayrboshlaydi.

Hozirgi kunda mamlakatlar mahsulotlarning turi va miqdori bilan, hamda ular o’zlarining muhim xoxish va ehtiyojlarini belgilashida farq qiladi. Bir mamlakat yo’llar va ko’priklar qursa, boshqa mamlakat esa turli xil iste’mol tavarlarini ishlab chiqarishni ko’zlashi mumkin. Ba’zi iqtisodchilar qishloq xo’jaligini rivojlantirishni ko’zlasa, boshqalari har harbiy sohasini quradi. Ba’zi millatlarda namunali kollejlar va universitetlar bo’lsa, qolganlarida esa faqatgina maktablar va ko’p tajribasiz ishchilar bor.

Resurslardan qanday foydalanish va nima ishlab chiqarish hech qachon oson qaror bo’lmagan. Agar mamlakat bir sohaga yoki bir guruh odamlarga juda ko’p resurslarni sarflasa, boshqa ehtiyojlarni qondirish uchun resurs yetmaydi.

Agar ko’p resurslar istemol tovarlarini ishlatish uchun foydalanilsa, mamlakatning yo’llar, energiya va suv tizimlari infrastrukturasiga yetarlicha e’tibor berilmay qolishi mumkin.
«Qonun — shu hodisa yoki jarayonga xos ichki, muhim, zaruriy, sabab-oqibatli, doimiy, umumiy, sifat va miqdor bog’lanishini ifodalovchi, barqaror takrorlanuvchi hodisadir».

Shu ta’rifdan foydalanib iqtisodiy qonunlarni quyidagicha ifodalash mumkin: Iqtisodiy qonunlar — iqtisodiy hodisa va jarayonlar o’rtasidagi muhim, barqaror takrorlanuvchi, iqtisodiy zaruratni taqozo etuvchi sabab-oqibat, sifat va miqdor bog’lanishlari, aloqalaridir. Iqtisodiy qonunlar yrim kishilarning xohish-irodasidan qat’i nazar amal qiladi.Bu jihatdan iqtisodiy qonunlar tabiatqonunlariga o’xshab ketadi.Lekin iqtisodiy qonunlarni tabiat qonunlaridan farqlay bilish kerak. Ular o’rtasida muhim va printsipial farqlar mavjud:

1. Tabiat qonunlari — bu tabiatga xos qonunlar, ular tabiat uchun ham, jamiyat uchun ham umumiy. Iqtisodiy qonunlar esa jamiyat ijtimoiy hayotining rivojlanishi, insonlarning xo’jalik aoliyati qonunlaridir.

2. Tabiat qonunlari abadiy, iqtisodiy qonunlar esa tarixiy xarakterga ega.



3. Tabiat qonunlarini ochish, bilib olish, o’rganish, ulardan foydalanish nisbatan ancha tekis, illiq yuz beradi, hamda tabiat qonunlarining inson tomonidan buzilishi oqibatlari tezda yuzaga hiqadi. Iqtisodiy qonunlaresa bu jihatdan aksincha.Sababi insonning o’zi murakkab, undan tashqari, har bir inson o’z individual hamda guruhiy ehtiyoji, manfaati bilan maydonga chiqadi. Natijada iqtis

odiy qonunlar «umri tugab borayotgan» jamiyat kuchlarining qarshiligiga duch keladi. Iqtisodiy qonunlarning inson faoliyati orqali buzilishini ilg’ash qiyin.U ma’lum vaqt o’tgandan keyingina yuzaga chiqadi.Siyosiy iqtisod klassiklari iqtisodiy qonunlarni ob’ektivligini e’tirof etgan bo’lsalar, marjinalizm maktabi namoyandalari, aksincha, insonning iqtisodiy jarayonlarda ishtirokining sub’ektiv jihatlariga ko’proq ahamiyat beradilar.Har bir inson biron iqtisodiy faoliyatga kirishar ekan, o’z ehtiyojlarini qondirish nuqtai nazaridan nima qilishi, qanday yo’l tutishi kerakligini «aql tarozisi»da tortadi.Albatta, bu erda odamlarning psi-xologiyasi katta rol o’ynaydi.Agarda inson umrining yarmidan ko’-pi xo’jalik yuritish faoliyati bilan o’tar ekan, unda albattaiqtisodiy psixologiya shakllanadi. Iqtisodiy psixologiyaga iqtisodiy fikrlash, xo’jalik yuritish sabablari va insonlarning ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash va iste’molda qatnashuvining sababi bo’lgan iqtisodiy manfaatlar kiradi. Xo’jalik yuritishni, ayniqsa bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy psixologiya aralashuvisiz amalga oshirib bo’lmaydi.Erkin tanlash imkoniyati bor sharoitda kishilar biron qarorga kelishar ekan, buning uchun avvalo iqtisodiy fikrlar, manfaatlar asosida xulosa chiqarishadi.Natijada xo’jalik yuritish jarayo-nida ma’lum psixologik qonunlarningamal qilishi namoyon bo’ladi.Iqtisodiy qonunlar kishilarning maqsadli faoliyati orqali namoyon bo’ladi.Bir xil sub’ektlar xo’jalik jarayonlari ob’ektiv ketma-ketligini tushunib, shu yo’nalishda faoliyat ko’rsatsalar, aksincha, boshqa sub’ektlar o’z manfaatlaridan kelib chiqib, qarshi faoliyat olib boradilar.Buning natijasida ob’ektiv iqtisodiy qonunlar nisbatan kam yoki yuqori barqarorlikda iqtisodiyotning umumiy yo’nalishini aks ettiradigan tendentsiyalar tarzida amal qi-ladi. Iqtisodiy qonunlarning har xil guruhlari va turlari mavjud bo’lib, ular birgalikda jamiyat taraqqiyoti iqtisodiy qonunlari tizimini tashkil etadi. Ularquyidagi guruhlarga bo’linadi: Maxsus iqtisodiy qonunlar — bu muayyan sotsial-iqtisodiy tizim doirasida amal qiladi. Ular aniq tarixiy xo’jalik shaklining rivojlanish qonunlaridir. Masalan, quldorlik, krepostnoylik, «sotsialistik» taqsimot qonuni va boshqalar. Alohida yoki davriy-oraliq qonunlar.Bularga amal qilish sharoiti saqlangan tarixiy davrlarga xos bo’lgan qonunlar kiradi.Bu qonunlar maxsus tizimlarga aloqasi bo’lmagan holda turli sotsial-iqtisodiy tizimlarni birlashtirib, bog’lab turuvchi munosabatlarga xosdir.Masalan, bozor iqtisodiyotiga xos qonunlar tom ma’nosi bilan shu guruhga kiradi.Umumiqtisodiy qonunlar.Bu — jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida, iqtisodiyotni aniq ijtimoiy shaklidan qat’i nazar amal qiluvchi qonunlardir.Ular odatda, jamiyatning olg’a qarab rivojlanish jarayoniniifodalaydi. Masalan, ehtiyojlarning yuksalib borishi qonuni, vaqtni tejash, ijtimoiy mehnat taqsimotining chuqurlashuvi va oshqalar. Iqtisodiyotda turli hodisalar, jarayonlar, ular o’rtasidagi aloqalar o’rganilayotganda ma’lum antiqiy tushunchalar—kategoriyalarga tayaniladi.Iqtisodiy kategoriyalarni iqtisodiyqonunlardan farq qilish zarur.Qamiyat iqtisodiy hayotining eng muhim tomonlarini ifodalovchi nazariy (mantiqiy) tushunchalar iqtisodiy kategoriyalar deb ataladi.Ular real iqtisodiy voqelikning ilmiy ifodasidir. Masalan, talab va taklif, bozor, kredit va hokazolar. Iqtisodiy kategoriyalar iqtisodiy qonunlarga o’xshash maxsus alohida (davriy-oraliq) umumiy kategoriyalarga bo’linib, ayrimlari iqtisodiy taraqqiyotning muayyan tarixiy bosqichiga xos bo’lsa, ayrimlari uzoq tarixiy davrgaxos, boshqalari barcha bosqichlarga xos.Iqtisodiy munosabatlar rivojlanib boradi, bir munosabat o’rniga boshqasi keladi.Boshqa bir munosabat tubdan yangilanmasa-da, u boyib boradi, uning yangi qirralari paydo bo’ladi.Shu sababli iqtisodiy nazariyada yangi kategoriyalar paydo bo’ladi.Qo’llanilayotgan kategoriyalarning mazmuni kengayadi. Masalan, diversifikatsiya, infrastruktura, integratsiya va hokazo. Nazariy kategoriya va qonunlarni ular qaysi guruhga kirishidan qat’i nazar yaxlitlikda olib o’rganadi. Kategoriya va qonunlar tizimi iqtisodiyotga xos bo’lgan barcha bir-birini taqozo etuvchi, bir-biri bilan bog’liq qonunlar va kategoriyalar majmuasidir. Xo’jalik yuritish jarayonida kishilar o’rtasida iqtisodiy munosabatlar, aloqalar o’rnatiladi.Bu munosabatlar ma’lum tizim tarzida namoyon bo’ladi.Taniqli iqtisodchi V. Leontevning fikriga ko’ra, har bir mamlakatning iqtisodiyoti bu katta bir tizim bo’lib, o’z ichiga turli-tuman faoliyat turlarini qamrab oladi.Iqtisodiy faoliyat ma’lum iqtisodiy tizim sharoitida amalga oshadi.Iqtisodiy tizimga iqtisodchilar turlicha ta’rif berishadi. Masalan, P. Gregori va R. Styuartlarning fikricha, iqtisodiytizim — bu ma’lum geografik hudud doirasida ishlab chiqarish, daromad va uni taqsimlashga doir qarorlar qabul qilish va uni amalga oshirish mexanizmlari va institutlari (tartiblari) majmuidir. F. Prayor bo’lsa, iqtisodiy tizim iqtisodiy jihatdan o’zini tutish va uning natijalariga bevosita yoki bilvosita ta’sir qiluvchi barcha institutlar, tashkilotlar, qonun va qoidalar, e’tiqod, pozitsiya, an’analar, baholar, taqiqlar va axloqiy sxemalarni o’z ichiga ladi, deb ta’riflaydi. Professor A. O’lmasov iqtisodiy tizimga quyidagilarni kiritadi: a) iqtisodiy resurslar; b) iqtisodiy aloqalar yoki munosabatlar; v) iqtisodiy mexanizm; g) iqtisodiy siyosat.1Iqtisodiy mexanizm — bu iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlovchi va bir-birini taqozo tuvchi vositalar bo’lib, unga iqtisodiy stimullar (raƒbat beruvchi kuchlar), ishlab chiqarish, ayirboshlash va iste’molni tashkil etish, iqtisodiy faoliyatningixtisoslashuvi, iqtisodiy faoliyat kooperatsiyasi va xo’jalik aloqalarini o’rnatish usullari kiradi. Ma’lumki, ijtimoiy mehnat taqsimoti va uning chuqurlashib borishi bilan iqtisodiy aloqalar murakkablashadi. Turli-tuman xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning vujudga kelishi va rivojlanishi yuz berali. Natijada ular o’rtasida munosabatlar, aloqalarni tartibga solishning zarurati kelib chiqadi.Buning uchun maxsus siyosiy, huquqiy, qtisodiy mexanizmlar yaratiladi.Ular bir butun holda jamiyatning sotsial-iqtisodiy tizimini shkil etadi.Xo’p, tizim deb o’zi nimaga aytamiz?Tizim deb turli elementlar, qismlardan iborat o’zaro zviy boƒlangan, ma’lum tartib asosida tarkib topgan butunlikni tushuniladi. Iqtisodiy tizim jamiyatdagi turli xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’rtasida iqtisodiy munosabatlar, aloqalar, jarayonlarni bir butun holda, muayyan tarzda tarkib topishi va tartibga solinishini ifodalaydi. Iqtisodiy aloqalar, jarayonlar misoli zanjir bo’lsa, har bir xo’jalik, faoliyat yuritish sub’ekti ana shu zanjirning halqasi tarzida namoyon bo’ladi. Bu aloqalar,munosabatlar xo’jalik faoliyati yuritayotgan kishilar o’rtasida yuz beradi. Shuning uchun ham odatda ularni sotsial-iqtisodiy tizimlardeb yuritiladi. Iqtisodga oid adabiyotlarda iqtisodiy tizim va uning rivojlanish tendentsiyasiga turlichayondashiladi. Ayrimlar, sotsial-iqtisodiy tizimlarga uning tarkibiy ismlarini umumiy jihatiga ko’ra rivojlanish tendentsiyasinianiqlash kerak, deyishadi.Chunki tizimlar rivojlanishining asosiy tendentsiyasi bu umumiylikka, unifikatsiyaga intilishidir.Boshqalari, iqtisodiy tizimlarni ularning farqlariga ko’proq ahamiyat berib o’rganish kerak, chunki ularning farqlari sifat jihatidan yangi xo’jalik tizimi vu-judga kelishigava iqtisodiy o’sishga olib keladi, deb hisoblashadi.Xozirgi dunyo turli-tuman iqtisodiy tizimlar mavjudligi bilan xarakterlanadi.Ular tarixiy davrlarda vujudga keladi, rivojlanadi, biri ikkinchisi bilan almashinadi.Jamiyat hayotini yaxshiroq tushunish uchun uning tarixiy taraqqiyot jarayonini bir butun holda ko’rib, rivojlanish bosqichlari, fazalarini tahlil qilish katta ahamiyatga ega. Jamiyat taraqqiyoti, sotsial-iqtisodiy tizimlar va ularning almashinuviga nisbatan keng yoyilgan ondashuvlardan biri formatsion yondashuvdir. Formatsion yondashish asosida jamiyat tarixiy taraqqiyoti rivojlanishining qonuniy bosqichlari va moddiy ishlab chiqarishning besh usuli: ibtidoiy jamoa, quldorlik, feodalizm, kapitalizm va kommunizm ajratib ko’rsatiladi. Materialistik nazariyada tizimlar mulkiy, sinfiy mezonlar asosida qaralib, formatsiya deb ataladi. Ishlab hiqarish usuli iqtisodiy bazis — asos sifatida ajratilib, u ustqurma davlat bilan birgalikda ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyani ifodalaydi. Ishlab chiqarish usulining o’zi ishlab chiqarish uchlari va ishlab chiqarish munosabatlaridan iborat. Ishlab chiqarish kuchlariishchi kuchi yoki oshqacha aytganda, ma’lum malaka va tajribaga ega kishilar hamda ishlab chiqarish vositalaridan tashkil topadi. Ishlab chiqarish vositalari mehnat vositalari va mehnat ashyolaridan iborat. Ishlab chiqarish munosabatlari esa ishlab chiqarish vositalarigamulkchilik munosabatlari, ishlab chiqarish jarayonida sotsial guruhlarning tutgan o’rni, ularo’rtasida faoliyat ayirboshlash, yaratilgan mahsulotni taqsimlash, iste’mol munosabatlaridan iborat.
Download 40,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish