1-mavzu. ”Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanining predmeti va vazifalari



Download 61 Kb.
bet4/6
Sana22.11.2022
Hajmi61 Kb.
#870162
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-mavzu

Ilmiy davrlash
Iqtisodiy ta’limotlar tarixini o’rganishda ma’lum davrlash tizimidan foydalaniladi.
Taniqli iqtisodchi olim J.K.Gelbreyt: «Amalda iqtisodiy g’oyalar o’z davri va vujudga kelish joyining maxsuli bo’lib, ular bilan chambarchas bog’langandir; bu g’oyalarni ular tushuntirib berayotgan dunyodan mustaqil ravishda ajratib qarash mumkin emas; bu dunyo esa doimo o’zgarishda bo’ladi, agar bu g’oyalar o’z maqsadlariga to’la javob berishni ko’zlasalar, doimo shunga mos ravishda o’zgarib turishlari kerak», deb yozgan edi.
Kapitalizm, bozor munosabatlari davrida xo’jalik va ijtimoiy hayotda baynalmilallik (internasionalizm) kuchayganligi tufayli, iqtisodiy fikrning rivojlanishi ham yagona jahon jarayoniga aylana boshladi. Oqibatda, klassik iqtisodiy maktab asoschilari V.Petti, A.Smit va D.Rikardoning qarashlari qisqa vaqt ichida butun jahonga ma’lum bo’ldi, vaholanki undan avvalgi ko’pgina nazariyalar ayrim mamlakatlarda ko’pchilikka ma’lum bo’lmasdan «o’lik mol» sifatida yotgan.
G’arb mamlakatlarida yuzaga kelgan «Ekonomiks» va boshqa tadqiqotlar barchaning diqqat-e’tiborini jalb qilmoqda.
Qadimdan to hozirgi davrgacha minglab turli-tuman iqtisodiy g’oya, qarash, konsepsiya, nazariya, ta’limotlar vujudga kelganligi aniq. Ularning barchasini to’la o’rganish alohida mavzu, maxsus muammo. Shu maqsadda yangi-yangi tadqiqotlar olib borish, tahlil etish va umumlashtirib e’lon qilish zarur, bu yakin kelajak vazifasi sifatida qabul qilinishi mumkin.
Ammo hozirgi davrgacha jamlangan barcha iqtisodiy g’oyalarni ma’lum sistemaga solish va shu asosda o’rganish maqbuldir. Ammo o’tgan davr hodisalari va g’oyalarini hozirgi zamon qarashlari «qolipi»ga zo’rma-zo’raki kelishtirish, moslashtirish mumkin emas. Bu tarixni vulgar zamonaviylashtirishga, o’rganilayotgan davrning xususiyatlarini inkor etishga olib keladi.
Bu fan doim rivojlanishda bo’lib, bir-birini to’ldiruvchi evolyusion (mavjud g’oyalarning yanada chuqurroq takomillashuvi) va inqilobiy (butunlay yangicha konsepsiyalar vujudga kelishi) yo’llari mavjud. Inqilobiy o’zgarishga misol sifatida A.Smit va uning izdoshlari g’oyalari, marjinalistik to’ntarish, yangi klassik yo’nalish (A.Marshall), J.M.Keynsning iqtisodiy qarashlarini keltirish mumkin. O’tish davri iqtisodiyoti bo’yicha g’oyalar hozirgi davrning muhim qarashlari majmuasiga kiradi va nihoyatda dolzarbdir, bu masala bizda O’zbekiston misolida qarab chiqildi.
Taniqli davlat arbobi Uinston Cherchill (1874-1965) «Qayerga borishimizni bilish uchun, qayerdan chiqqan ekanligimizni bilishimiz kerak», deb aytgan edi. Bu g’oya nihoyatda ahamiyatli bo’lib, bosib o’tilgan yo’lni to’g’ri baholash va kelajak istiqbolini ko’zlash hakida gap boradi.
Iqtisodchilarning tadqiqotlaridagi asosiy bosh g’oya - jamiyat, insoniyat, ayrim shaxslarning boyligi masalasidir. Maqsad bir, lekin unga eltadigan yo’llar nihoyatda xilma-xil ekanligini ko’ramiz. Ilk kapitalistik munosabatlar vujudga kelgan davrgacha (XV asr) bo’lgan iqtisodiy g’oyalardagi umumiylik shuki, barcha donishmandlar va ularning yozgan asarlarida mehnat va yer boylikning asosiy vositasi ekanligi turli yo’llar bilan talqin etiladi, ularda ishlab chiqarish sohasi asosiy deb hisoblangan.
XV-XVII asrlarda (qisman XVIII asr boshlarida) yangi iqtisodiy ta’limot - merkantilizm vujudga keldi. Merkantilizm to’g’risida qisqa ma’lumot beradigan bo’lsak, uning mohiyati iqtisodiy siyosatda mamlakatda va davlat xazinasida nodir metallarni ko’proq to’plash, ta’limotda esa muomala (savdo, pul oboroti) sohasidagi iqtisodiy qonuniyatlarni izlashdir, ya’ni avvalgi davrdagi g’oyalardan keskin farq qiladi.
Keyingi muhim o’zgarish, bu klassik iqtisodiy maktabning yuzaga kelishidir (XVIII asr). Bu iqtisodiy ta’limot ichida fiziokratizm ham vujudga keldiki, uning umri uncha uzoq bo’lmadi. Klassik maktab g’oyalari hozirgi davrda ham turli shakllarda qayta namoyon bo’lmokda (neoklassik, liberal, neoliberal...). Marks nomi bilan bog’liq bo’lgan marksizm ta’limoti (nobozor iqtisodiyot) ham tarixda muhim o’rinni egallaydi. Hozirgi davrda bu ta’limot to’g’risida imkoni boricha gapirmaslikka va ayniqsa yozmaslikka harakat kuchayib bormoqda, ko’proq uning faqat salbiy tomonlarini tilga olish «moda»ga kirgan. Bunda «jon» bor albatta, shuni 1917 yili Rossiyada boshlangan marksizmni hayotga tadbiq etish jarayoni samarasiz tugadi. Keyinchalik shu yo’lga o’tgan bir qancha mamlakatlarda ham eksperiment samarasiz yakunlandi. Lekin tarix uchun insoniyatga bu sabok juda muhim, shu sababli uni chetlab o’tish adolatdan emas, deb hisoblaymiz. Xayoliy sosialistlar va markschilarning iqtisodiy g’oyalari ham o’rganilishi zarur.
XIX asr 2-yarmida avvalgi g’oyalarga, marksizmga muholif ravishda vujudga kelgan va umumlashtirilgan holda marjinalizm deb ataladigan ta’limot hozirgi zamonning asosiy iqtisodiy g’oyasi xisoblanadi. Lekin shuni ham alohida ta’kidlab o’tish kerakki, biror ta’limot doimo sof holda amalda deyarli qo’llanilmaydi. Har bir ta’limotning ko’plab turli oqim va yo’nalishlari mavjud. Odatda sof erkin bozor munosabatlari deyarli uchramaydi. Bozor munosabatlarining unsurlari, ular o’rtasidagi nisbat ham doimo o’zgarib turadi. Demak, iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanining muhim xususiyatlaridan biri, bu uning doimo harakatda, o’zgarish, rivojlanishda ekanligidir. Bir mamlakat chegarasida iqtisodiy ta’limot ta’siri ostida iqtisodiy siyosat har doim rivojlanishda bo’lishi kerak.
90-yillarda tarixiy jarayonlarda yana bir holat qayd etilmokda. Bu «sosialistik» deb atalgan va iqtisodiyoti ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan («rejali iqtisodiyot» ham deyiladi) mamlakatlarning bozor iqtisodiyotiga o’tish davri amalga oshmoqda («o’tish iqtisodiyoti» deb ham nomlanadi). Bu tarixda birinchi marta ro’y bermokda, oxirgi un yilliklar tajriba bor. Ammo bu holat ko’p munozaralarga sabab bo’lmokda.

Download 61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish