tadbirkorligiga yo'l ochib berildi, yangi-yangi millionerlar vujudga keldi. Xuddi
siyosat va iqtisodiy g'oyalarning bir-biri bilan chambarchas bog'liqligini
Ayniqsa, «soцialistik» deb atalgan rivojlanish yo'lidan voz kechmagan Xitoy
va Vetnam davlatlarining iqtisodiy taraqqiyoti ham diqqatga sazovordir. Bozor
iqtisodiyoti unsurlarining keng rivojlanishiga imkon beruvchi iqtisodiy islohotlar
tufayli katta yutuqlarga erishildi.
Ikkinchi jahon urushi tufayli ikkiga ajratilgan GFR va GDRlarning bu
davlatlar qayta birlashgandan keyingi iqtisodiy rivoji ham juda ibratlidir.
«Soцialistik» lager vakillari ichida etakchi bo'lgan GDRning to'la erkin bozor
munosabatlariga o'tishi uchun xiyla katta mablag' va vaqt talab etilishi aniq bo'lib
qoldi. Vaholanki, Rossiyaning taniqli iqtisodchi olimlari bozor iqtisodiyotiga
o'tishning «500 kunlik», hatto «100 kunlik» dasturlarini taklif etdilar (Shatalin,
Yavlinskiy...). Bu yo'l o'zini oqlamadi.
Iqtisodiy ta'limotlar tarixiga, balki boshqa fanlarga ham xos bo'lgan yana bir
xususiyat shuki, iqtisodiy g'oyalar doimo dialektik rivojlanishda bo'lib, ularning
tahliliga so'nggi nuqta qo'yish qiyin.Bundan bir necha yuz yil avval yuzaga kelgan
fikr va g'oyalarning ma'nosi ustida tortishuv va baxslar hali ham davom etib
kelmoqda. Masalan, hanuzgacha K.Marksning qiymat (ruscha - «stoimost»)
to'g'risidagi fikri aslida qimmat (ruscha - «цennost») bo'lgan, degan fikr mavjud.
Marks asarlarini nemis tilidan tarjimada yo'l qo'yilgan xato tufayli jiddiy
tushunmovchilik yuzaga kelgan, deyilgan (Blaug M. Ekonomicheskaya misl v
retrospektive.M. ,1994).
Bu fan tarixi shuni aniq isbotlamoqdaki, ko'pgina iqtisodiy g'oyalar ob'ektiv
xo'jalik amaliyoti bilan chambarchas bog'liq. Ko'pgina olimlar avvallari (hozir ham
uchrab turadi) o'z qarashlarini mutloq universal bekami-ko'st deb ko'rsatishga
uringanlar. Albatta, «abadiy» qonuniyatlar ham mavjud bo'lib, ularni istalgan
tizimda kuzatish mumkin, ammo ko'p hollarda olimlar bugungi haqiqatning
tarixiyligini ilg'ab olishga har doim qodir emas.
Yana bir muhim masala ustida to'xtab o'tish kerakki, avval yuzaga kelgan
iqtisodiy g'oyalarga shu kungi o'lchovlar bilan baho beriladi va odatda ilgarigi
g'oyadagi «xato» va «kamchilik»lar aniqlanib, yangi g'oyaning undan afzalligi
«isbotlanadi».
Bunda dialektik mantiq bor albatta, lekin yuqorida ta'kidlanganidek, avvalgi
g'oyalar tufayli odatda yangi g'oyalar yuzaga keladi, shuning uchun bu g'oya
«yaxshi», unisi «yomon» kabi baholash adolatdan bo'lmaydi. A.Smitning mashhur
asarida o'zidan avvalgi davrda yuzaga kelgan antik dunyo, merkantilizm,
fiziokratizm ta'limotlari tahlil etilgan, Evropaning iqtisodiy tarixi sinchiklab
o'rganilgan.
Etakchi g'arb olimlari ko'p hollarda uch buyuk shaxsning g'oyalariga alohida urg'u
berishadi: bu Smit, Marks, A.Marshall va Keynsdir.
Bu olimlarning iqtisodiy g'oyalarida mavjud ta'limotlarning ko'pchiligi o'z
in'ikosini topgan va ular jahon iqtisodiy g'oyalari rivojiga alohida hissa qo'shgan
shaxslardir.
Iqtisodiy ta'limotlar tarixi fani bo'yicha yaratilgan adabiyotlarga
to'xtaladigan bo'lsak, bu masala o'zbek o'quvchilari uchun eng nozik masala deyish
mumkin.
1997 yili «Fan» nashriyoti tomonidan e'lon qilingan o'quv qo'llanmadan (2000
nusha) so'ng, 2001 yilda Toshkent moliya instituti tomonidan ham qo'llanma (300
nusha) bosilib chiqqan.
2001 y. Q.Yo'ldoshev va Q. Muftoydinlvlar tomonidan «Iqtisodiy ta'limotlar
tarixidan» nomli qo'llanmada Sharq iqtisodiy g'oyalari tahlil etiladi.
Yu.B.Yusupovning rus tilida (1999) chop etilgan ma'ruzalar matni diqqatga
sazovardir. 2000 yildan boshlab TDIU magistraturasida «Iqtisodiy nazariyasi»
mutaxassisliklari uchun «O'rta Osiyo mutafakkirlarining iqtisodiy g'oyalari»
maxsus kursi o'qitila boshlandi, shunga mos namunaviy dastur, ma'ruzalar matni va
boshqa me'yoriy xujjatlar tayyorlanib, amalda qo'llanilmoqda.
Xorijda esa (jumladan, Rossiyada) bu sohada ancha ish qilinganini qayd etib
o'tish kerak. Taniqli g'arb iqtisodchisi Mark Blaugning (1927 y. tug'ilgan)
Do'stlaringiz bilan baham: