1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va


MAVZU. IQTISODIY TAHLILDA INFORMATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYALANISH



Download 282,03 Kb.
bet77/80
Sana26.02.2022
Hajmi282,03 Kb.
#468091
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80
Bog'liq
5555555 (1)

MAVZU. IQTISODIY TAHLILDA INFORMATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYALANISH





  1. Informatsion texnologiyalarga asoslangan boshqaruv tizimida iqtisodiy tahlilning roli va o‘rni
  2. Informatsion texnologiyalarga asoslangan boshqaruv tizimida iqtisodiy tahlilni tashkil etish tamoyillari va mazmuni


  3. Informatsion texnologiyalarga asoslangan boshqaruv tizimi analitik masalalar tasnifi
  4. Informatsion texnologiyalarga asoslangan boshqaruv tizimida iqtisodiy tahlilni rivojlantirish istiqbollari





  1. Informatsion texnologiyalarga asoslangan boshqaruv tizimida iqtisodiy tahlilning roli va o‘rni

Davlatimizning ta’lim sohasini isloh qilish bo‘yicha asosiy hujjatlaridan biri bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»1da bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan kadrlarni tayyorlovchi ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT), Internet va kompyuter tarmoqlari negizida tashkil etish zarurligi alohida ta’kidlangan. Respublikamiz ta’lim tizimida ushbu vazifalar o‘z vaqtida hamda samarali amalga oshirilmoqda. Belgilangan maqsadga erishishda uzviy va izchil, o‘zaro uyg‘unlashgan tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan, o‘quv jarayoniga keng formatli kommunikatsiya tarmoqlari va internet texnologiyalarini joriy qilish maqsadida «Elektron ta’lim» milliy tarmog‘ini barpo etish hamda barcha oliy o‘quv yurtlarini, keyinchalik esa akademik litsey va kasb- hunar kollejlarini yagona kompyuter axborot tarmog‘iga ulashni ta’minlash vazifasi...» belgilab berilib,2 hozirgi davrda mazkur tadbirlar kompleks tarzda muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Shu yo‘nalishning davomi bo‘lib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 20-maydagi «Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi3 qarorida belgilangan oliy ta’lim muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va modernizatsiya qilish, ularni zamonaviy o‘quv va ilmiy-uslubiy laboratoriya jihozlari bilan ta’minlash, yuqori malakali kadrlar tayyorlash yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini ta’lim standartlari bo‘yicha takomillashtirish hisobiga tizimni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish tadbirlari amaliy faoliyatga joriy





1 Ўзбекистon Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi Qonuni. – Toshkent, 1997.
2 Karimov I.A. Barcha reja va dasturlarimiz vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi. −T.: «O‘zbekiston», 2011. −35 b.
3 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy ta’lim muassasalarining moddiy- texnik bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tub- dan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori. «Xalq so‘zi», 2011-yil 21-may.
etilmoqda. Ushbu vazifalarning yanada muvaffaqiyatli bajarilishi uchun bu borada o‘z ijobiy natijasini bera oladigan yangi innovatsion chora-tadbirlar hamda takliflar ishlab chiqilib soha amaliyotiga joriy qilinishi zarur. AKTga asoslangan nazariy bilimlarni amaliyotga joriy qilish esa pirovard natijada ijtimoiy-iqtisodiy samaralarini beradi.
Ijtimoiy ishlab chiqarishda informatsion texnologiyalarga asoslangan boshqaruv tizimida korxona faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish bu iqtisodiy tahlil ishlarini amalga oshirishning zamonaviy shaklidir. Mazkur tizim tegishli obyektning maqbul boshqarish uchun zamonaviy texnik vositalardan va texnologiyalardan foydalaniladigan, boshqaruv jarayonlari modellarini tuzadigan, ularni o‘lchash va baholash usullarini ishlab chiqadigan, mutaxassislar yordamida faoliyat ko‘rsatadigan inson – mashina tavsifidagi yaxlit mexanizmdir.
Informatsion texnologiyalarga asoslangan tizimda boshqaruv mutaxassislari, zamonaviy texnik vositalar va usullar, uning faoliyat ko‘rsatishida, o‘z oldiga quygan vazifalarni hal qilishda muhim rol uynaydi.
Inson informatsion texnologiyalarga asoslangan tizimda ishini tashkil etadi, maqsad qo‘yadi, vazifalarni belgilaydi, faoliyat dasturlarini tuzadi, natijalarni baholash mezonlarini ishlab chiqadi hamda boshqaruv funksiyasini ijro etish metodikasini takomillashtiradi.
Zamonaviy texnik vositalar (turli kompyuterlar, dasturlar, aloqa vositalari va boshqa vositalar), boshqaruv usullari bilan birgalikda kuchli va zaruriy qurol hisoblanib boshqaruv faoliyatini tezlashtirish, kengaytirish, chuqurlashtirishga imkon berib, un sifat jihatdan yuqori bosqichga ko‘taradi.
Boshqariladigan obyektlarning zamonaviy modeli informatsion tex- nologiyalarga asoslangan tizimning tarkibiy elementi sifatida boshqariluvchi obyektlarning mohiyati va mazmunini ochib berishda, undagi o‘zgarishlarni o‘lchash metodlarini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. U o‘z ichiga mantiqiy so‘zlar va matematik ifodalarni oladi; ular boshqaruv obyektida bir-biriga bog‘liq elementlarni ifodalaydi; ko‘rsatkichlar tizimining qurilishi va tuzilishi; xo‘jalik faoliyati mohiyati va natijalarini aks ettiradi; ularni rivojlatirish maqsadi va mezonlarini ifoda etadi.
Amaldagi modellarni takomillashtirish birinchi navbatda ishlab chiqarishni boshqaruv sohalarida qo‘llaniladigan nazariy va amaliy fanlar rivojlanishiga va ularning yutuqlarini modellar konstruksiyasini tuzishda tatbiq etilishiga bog‘liq.
Modellarga boshqaruv usullarini joriy etish, ular jumlasiga boshqaruv funksiyasi uslubiyoti, ya’ni tahlilni kiritish zaruriy shartdir. Chunki u modellar bilan birgalikda informatsion texnologiyalarga asoslangan boshqaruv tizimining metodik ta’minotini tashkil etadi.
Informatsion texnologiyalarga asoslangan boshqaruv tizimidagi zamonaviy texnik vositalar, modellar va boshqaruv metodlari iqtisodiy tahlil funksiyalarining imkoniyatlarini to‘la amalga oshirishga imkon yaratadi. Bu holatda, ko‘p variantli masalalar ichidan eng maqbul yechim oson topiladi, ichki xo‘jalik rezervlari to‘la ochib beriladi, ularni tez o‘zlashtiradi, rejalarni bajarishda yuzaga kelgan holatlarni o‘z vaqtida aniq baholaydi, bir so‘z bilan aytadigan bo‘lsak, o‘z faoliyatini
boshqaruv funksiyalari bilan bog‘laydi. Bularning barchasi informatsion texnologiyalarga asoslangan boshqaruv tizimida tahlil funksiyasi samaradorligi va rolini oshiradi.
Hozirgi davrda analitik vazifalar informatsion texnologiyalarga asoslangan boshqaruv tizimining kichik tizimlari tarkibiga kiritib yuborilgan. Ular kichik sistemalar nomlanishida goho uzilmaydi, goho uziladi. Masalan, «Iqtisodiy rejalashtirish va tahlil», «Buxgalteriya hisobi va tahlil», «Moliyaviy hisobotlar tahlili»va shu kabilar.
Informatsion texnologiyalarga asoslangan boshqaruv tizimining tarkibidagi kichik tizimlarida xo‘jalik faoliyati tahlili tushunchasiga markazlashgan tarzda yondashish kutilgan natijalarni bermaydi. Kichik tizimlar ichida analitik masalalarni lokal tarzda dasturlash ularni uslubiy jihatdan umumlashtirish, mantiqiy, muddat va informatsiya texnologik aloqasi, bir xil analitik hisoblar va bir xil turdagi ma’lumotlarni ko‘plab kiritish kabi ishlarda kamchiliklar borligini namoyon etadi va bu ma’lumotlarni bir tizimda qayta ishlash hamda tahlilni kompleks o‘tkazishda uning rolini susaytiradi. Tahlilni «Buxgalteriya hisobi va tahlil» tizimi bilan birlashtirish esa uning tezkorligiga hamda yoppasiga o‘tkazilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu tartib faqatgina buxgalteriya ma’lumotlarini kiritish va ularni qayta ishlab, asosan iqtisodiy jarayonlar natijalarini aks ettirishga yo‘naltirilgan. Bundan tashqari kichik tizimlar ishlanayotgan paytda analitik masalalar tahlil nuqtayi nazaridan qaralmaydi. Shu sababli barcha dasturlar ichida uning qismi 15–20 %dan oshmaydi.
Informatsion texnologiyalarga asoslangan boshqaruv tizimining rivojlanishi va uni yanada takomillashtirish xo‘jalik faoliyati tahlili funksiyasining informatsion texnologiyalarga asoslanishini talab etadi. Shu sababli «Kompleks iqtisodiy tahlil» nomli alohida funksional kichik tizimli informatsion texnologiyalarga asoslangan boshqaruv tizimi paydo bo‘ldi. Uning bu tartibdagi faoliyati boshqarishning texnologik jarayonlarida va masalalar yechimiga tizimli yondashishda tahlil funksiyalari rolini oshirishga qaratilgan. Bu kichik tizim informatsion texnologiyalarga asoslangan boshqaruv tizimida quyidagi afzalliklarni namoyon etadi:

  • xo‘jalik faoliyatida ro‘y bergan ijobiy yoki salbiy holatlarning sabablarini aniq bilishga imkon yaratadi;

  • boshqariladigan obyektga ularning miqdor va sifat tomonidan ko‘rsatgan ta’sirini aniqlaydi;

  • boshqaruv tizimini yanada samarali ishlashga o‘tkazish uchun yangi variantlar topiladi;

  • eng asosiysi tahlil yordamida xo‘jalik faoliyatini yanada yaxshilashning qo‘shimcha imkoniyatlari aniqlanadi.

Tahlil boshqaruv funksiyasi sifatida boshqaruv tizimi bilan birgalikda bir maqsadga qaratilgan, shu tufayli boshqa boshqaruv funksiyalari bilan chambarchas bog‘langan. Masalan, rejalashtirish bilan uni ilmiy asoslangan holda ishlab chiqishda bir tomondan, boshqa tomondan esa rejaning bajarilishi uchun tahlil muhim vosita hisoblanadi. Buxgalteriya hisobi tahlilni boshqariladigan obyekt
holati haqida zarur ma’lumotlar bilan ta’minlaydi. Boshqaruvning eng maqbul qarorlarini qabul qilishda va ishlab chiqarishda analitik ma’lumotlar tahlil natijasida olinadi. Demak, boshqaruv obyektiga tizimli yondashish informatsion texnologiyalarga asoslangan boshqaruv tizimi strukturasi va mazmuni uning tarkibida mustaqil «Kompleks iqtisodiy tahlil» kichik tizimi alohida tarzda faoliyat ko‘rsatishni talab etadi



  1. Download 282,03 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish