1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va



Download 282,03 Kb.
bet47/80
Sana26.02.2022
Hajmi282,03 Kb.
#468091
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   80
Bog'liq
5555555 (1)

Joriy tahlil


Joriy (retrospektiv) tahlil doimo qo‘llaniladigan tahlil turi bo‘lib, kor- xonalarning o‘tgan hisobot davri faoliyatini batafsil o‘rganishga qaratiladi. Demak, u hisobot yili yakunlangandan so‘ng amalga oshiriladi. Rejaning bajarilish holatini batafsil tadqiq etish tahlildagi asosiy va markaziy jihat sanaladi. Bunda korxonaning faoliyatini tashkil etgan barcha bosqichlar hamda obyektlar keng ko‘lamda o‘rganiladi. Ularga quyidgilar kiradi:



  • marketing, ta’minot, ishlab chiqarish, realizatsiya bosqichlari va ularning o‘zaro uzviy hamda uyg‘unligi holatiga;

  • bozorda korxona mahsulotiga bo‘lgan talab va taklif holati, korxona mahsulotlarining raqobatdoshligi qanday o‘rganilganligiga;

  • uzoq muddatli (asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar) va joriy aktivlardan (tovar-moddiy zaxiralar) foydalanish darajasiga;

  • mehnat resurslaridan foydalanish darajasiga;

  • ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulotlar tannarxi holatiga;

  • mahsulotlarni sotish natijalariga;

  • xarajat, hajm va foydaning o‘zaro aloqadorligi natijalariga;

  • moliyaviy natijalar va rentabellik ko‘rsatkichlari o‘rganiladi;

  • moliyaviy holat, barqarorlik va salohiyat ko‘rsatkichlariga baho beriladi.

Tahlilda barcha mavzular ketma-ketlikda, umumiy holda yoki har biri alohida o‘rganilishi mumkin.
Ushbu tahlil turining asosiy vazifalari bo‘lib, korxonaning tijorat faoliyatiga obyektiv baho berish, foydalanilmagan zaxiralarni kompleks holda aniqlash, ularni kelgusida foydalanishga yo‘naltirish, faoliyatda yo‘l qo‘yilgan kachiliklarni topish va ular bo‘yicha aybdorlarni aniqlash, mehnat natijalari hamda ish sifati bo‘yicha
moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishlar holatini o‘rganish hisoblanadi.
Joriy tahlilning ma’lumotlar manbasi bo‘lib korxonalarni yillik, yarim yillik, choraklik hisobotlaridan foydalanadi. Shuningdek, tashqaridan (statistik, bozor, raqobatdosh korxona ma’lumotlari kabilar) olinadigan ma’lumotlar ham sodir bo‘lganligi hamda rasmiy e’lon qilinganligi bilan aniq tavsif kasb etadi. Demak, joriy tahlil rasmiy tavsifdagi ma’lumotlarga asoslangan bo‘ladi. Bu esa korxonalar faoliyatiga to‘g‘ri va xolisona baho berish, o‘tgan yilda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, yo‘qotishlar va farqlarni bilishga imkoniyat yaratadi.
Tahlil natijalari korxonaning o‘tgan yoki bir necha yillik faoliyatlarini chuqur o‘rganishga hamda subyektning kelgusi yildagi yoki yillardagi taktika hamda strategiyasini belgilashda asosli ma’lumotlar bazasi yaratadi. Shuningdek, joriy tahlil korxonaning ishlab chiqarishi yuqori manfaat keltirishi uchun amalga oshirilishi zarur bo‘lgan tadbirlarni, ulardan kelib chiqadigan yo‘nalishlarini belgilash imkoniyatlarini yaratadi.
Iqtisodchilar hamda buxgalteriya mutaxassislari joriy tahlilni tashkil etadi va olib boradi. Obyektlar ko‘lami keng bo‘lgani uchun zarurat va ehtiyojga ko‘ra boshqa mutaxassis hamda xodimlar tahlil jarayoniga jalb qilinadi.
Joriy tahlil boshqa tahlil turlariga nisbatan quyidagi afzalliklarga ega:

  • korxona faoliyatini to‘liq o‘rganadi va baho beradi;

  • rasmiy ma’lumotlar asoslanadi;

  • o‘rganiladigan mavzular ko‘p ekanligi;

  • joriy tahlil natijalari korxonaning kelgusidagi rejalarini ishlab chiqish uchun asoslardan biri bo‘ladi.

U bilan birga mazkur tahlil turida ayrim kamchiliklar ham mavjud:

  • joriy tahlil xo‘jalik jarayonlarining sodir bo‘lib o‘tib ketgan davrini o‘rganadi;

  • tahlil natijasida aniqlangan kamchiliklar korxona uchun boy berilgan imkoniyatlardir, ya’ni o‘tgan davr jarayoniga hech qanday ta’sir qila olmaydi.

Ayrim kamchiliklariga qaramasdan joriy tahlil amaliyotda eng ko‘p qo‘llaniladigan tahlil turlaridan biri bo‘lib qolaveradi.



  1. Download 282,03 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish