1-mavzu: Iqtisodiy tahlilning mazmuni, vazifalari, metodi va unda qo’llaniladigan an’anaviy usullar Reja


Fanlar tizimida iqtisodiy tahlilning o‘rni



Download 266,41 Kb.
bet4/6
Sana08.01.2022
Hajmi266,41 Kb.
#332946
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-MAVZU

Fanlar tizimida iqtisodiy tahlilning o‘rni

Iqtisodiy tahlil xo‘jalik munosabatlardagi ob‘ektiv zarurat talabidan kelib chiqqan aniq fan bo‘lishiga qaramasdan boshqa fanlardagi umumiy qonuniyatlar, usul-uslublar, tamoyillar kabilarga rioya qiladi. Ya‘ni, ko‘pgina fanlar bilan o‘zaro bog‘liq. Jumladan, iqtisodiy tahlil umumiqtisodiy nazariya fani bilan bevosita aloqadordir. CHunki, ob‘ektlarni iqtisodiy tahlil qilish umum iqtisodiy qonunlarga asoslanadi va umum qabul qilingan kategoriyalardan foydalaniladi. Umum iqtisodiy nazariya fanida kategoriyalar va atamalarning mohiyati hamda mazmunini ochib beriladigan bo‘lsa, iqtisodiy tahlilda esa ushbu kategoriyalar va atamalar fanning usul-uslublaridan foydalangan holda turli tomondan o‘rganiladi. Misol uchun, mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi kategoriyasini oladigan bo‘lsak, umumiqtisodiy nazariya fanida ushbu kategoriyani mohiyati va mazmunni nimadan iborat ekanligi, qanday aniqlanishi, tarkibi nimalardan iborat bo‘lishini bilib olishimiz mumkin. Iqtisodiy tahlil fanida esa mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi ko‘rsatkichini davrlar, ularning tarkibidagi o‘zgarishlar hamda o‘zgarishlarga ta‘sir etgan omillar va shu kabilar bo‘yicha tahlil qilishimiz mumkin.

Tabiat, jamiyat, iqtisodiyot va tafakkurni rivojlanishi haqidagi falsafiy va iqtisodiy ta‘limotlar, o‘rganilayotgan jarayonga tarixiy va dialektik yondoshuv kabilar iqtisodiy tahlil fanida umumiy asos bo‘lib hisoblanadi.

Iqtisodiy tahlil fani quyidagi fanlar bilan o‘zaro aloqadordir:

 Buxgalteriya hisobi va audit;

 Menejment va marketing;

 Mikro va makro iqtisod;

 Statistika;

 Axborot texnologiyalari va informatika;

 Moliya, bank, soliq, investitsiya, qimmatli qog‘ozlar, birja ishi sohasidagi fanlar bilan;

 Iqtisodiy matematika va ekonometriya;

 Xuquq sohasidagi fanlar;

 Tabiiy fanlar bilan va hakozolar.

Buxgalteriya hisobi mulkchilikning va xo‘jalik yuritishning turli shakllaridagi korxonalar faoliyatini yalpi, uzluksiz va hujjatlarga asoslangan holda aks ettirish tizimidir. Tahlilda ushbu tizimda shakllantirilgan ma‘lumotlardan keng ko‘lamda foydalaniladi. Demak, mazkur fan iqtisodiy tahlilni eng asosiy axborot bazasi bo‘lib hisoblanadi. Moliya, bank, soliq, investitsiya, qimmatli qog‘ozlar, birja ishi sohasidagi fanlar bilan iqtisodiy tahlil bevosita bog‘liq. CHunki, korxonalar faoliyati davlat byudjeti bilan majburiy hisob-kitoblar, kredit olish va ularni to‘lash, investitsiyalarni jalb qilish yoki ularni sotish, qimmatli qog‘ozlar bozorida faol ishtirok etish, birja va bozordagi holatni uzluksiz o‘r ganish bilan chambarchas bog‘liq. Ushbu faoliyatlarni iqtisodiy tahlil qilish ularning o‘ziga xos jihatlarini bilishni talab qiladi. Bu esa, iqtisodiy tahlilning samarali bo‘lishida muhim ahamiyatga ega.

Axborot texnologiyalari va informatika fanlari asosida iqtisodiy tahlil ishlari dasturlanib, kompyuter vositalarida ular amalga oshiriladi. Bunda iqtisodiy tahlil fanining usul va uslublari, belgilangan maqsad va vazifalar axborot texnologiyalari va informatika fanlari talablari asosida dasturlanadi. Kompyuterlar yordamida amalga oshirilgan tahlil ishlari o‘ta tez va aniq bajariladi hamda mutaxassislar mehnatini yengillashtirib beradi. Yuqorida qayd etilgan boshqa fanlar ham iqtisodiy tahlil fani bilan bevosita bog‘langan.


Download 266,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish