1-Mavzu: Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati
1-TOPSHIRIQ
“Investitsiya” tushunchasiga turli iqtisodchi olimlar tomonidan berilgan fikrlarni o’rganing va tahlil qiling. Respublikamiz va xorijiy mamlakatlar qonunchiligida “investitsiya” tushunchasiga berilgan ta’riflarni o’rganib, tegishli xulosalarni shakllantiring.
Rus iqtisodchi-olimi Kovalev V.V. - fikriga ko‘ra, "investitsiyalar — xalq xo‘jaligining turli tarmoqlaridagi korxonalarga uzoq muddatli kapital qo‘yishdir (mamlakat ichida yoki xorijda)" Investitsiyalar — asosiy va aylanma kapitalni qayta tiklash va ko‘paytirishga, ishlab chiqarish quvvatlarini kenggaytirishga qilingan sarflarning pul shaklidagi ko‘rinishidir. U pul mablag‘lari, bank kreditlari, aktsiya va boshqa qimmatli qog‘ozlar ko‘rinishida amalga oshiriladi.
Lukinov V.A. yuqoridagi ta‘rifga nisbatan bir muncha to‘laroq va aniqroq ta‘rifni keltiradi: "investitsiyalar — foyda olish maqsadida mamlakat ichkarisida yoki xorijda xalq xo‘jaligining turli tarmoqlariga davlat va xususiy kapitalining uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalaridir".
Rossiyalik iqtisodchilar A.Yu.Andrianov, S.V. Valdaytsev ham investitsiyalarga shunga yaqin ta‘rif keltiradilar: "Investitsiyalar – davlat kapitali va xususiy kapitalning foyda olish maqsadida mamlakat . ichkarisida yoki xorijiy mamlakat iqtisodiyotiga uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalaridir". "Investitsiyalar foyda (daromad) olish yoki ijtimoiy yoxud iqtisodiy samaraga erishish maqsadida turli xil ishlab chiqarish, tijorat, ijtimoiy, ilmiy, madaniy va boshqa soha dasturlari va loyihalarini amalga oshirishga kiritiladigan pul, mulk va intellektual boyliklarmajmuasidan iborat", - deb ta‘rif beradi investitsiyalar tahlili sohasida ilmiy izlanishlar olib borgan rossiyalik iqtisodchi O.Sinitsin.
O‘zbekiston Respublikasining "Investitsiya faoliyati to‘g‘risida" gi qonunida keltirilgan ta‘rif investitsiyalarning iqtisodiy-huquqiy tabiatini to‘liq ochib beradi: "investitsiyalar - iqtisodiy va boshqa faoliyat ob‘yektlariga kiritiladigan moddiy va (nomoddiy ne‘matlar hamda ularga doir huquqlar; investitsiya faoliyati - investitsiya faoliyati sub‘yektlarining investitsiyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq harakatlari majmui".
Quyidagi rasmlardagi so’roq belgisi qo’yilgan joylarni to’ldiring va izohlang.
1-rasm. Investitsiyalarning tasnifiy belgilari.
Investitsiya faoliyati obyektlarini turkumlash
|
Moliyaviy investitsiyalar obyektlari
|
|
Real investitsiyalar obyektlari
|
Davlat va boshqa mulk egalari tomonidan chiqariladigan aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa turdagi qimmatli qog’ozlar
|
|
Fan-texnika mahsulotlari, kashfiyot, ixtirolar, izlanishlar, ta’minot, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash
|
Bank depozitlari va boshqa mulkchilik obyektlari
|
|
G’oyalar, intellektual boyliklar, mualliflik huquqlari, tajriba o’rganish va almashish
|
Davlat va aksiyadorlik banklariga qo’yiladigan maqsadli jamg’armalar
|
|
Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yangidan yaratiladigan va modernizatsiyalashtiriladigan asosiy fondlar va aylanma vositalar
|
Turli shakldagi mulkchilikka ega bo’lish huquqlari
|
|
Yer,tabiiy resurslar va boshqa mulkchilik obyektlariga ega bo’lish va foydalanish huquqlari
|
2-rasm. Investitsiya faoliyati obyektlarini turkumlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |