1-mavzu. Ilmiy uslub. Uslublar va ilmiy axborotlar


Tilning eng asosiy manbai - so‘z



Download 60 Kb.
bet3/5
Sana02.11.2022
Hajmi60 Kb.
#859309
1   2   3   4   5
Bog'liq
Akad yozuv fanidan 1- mavzu. (3)

Tilning eng asosiy manbai - so‘z. Biroq so‘zlar odamlar, ya'ni shu til egalari va uni bilganlar ongidagina mavjud. Agar yozib olinmasa, bir joyga jamlanmasa, ma'nolari izohlanmasa, uning ham bir qismi bugun-erta unutilishi, yo‘qolib ketishi hech gap emas. Bizda ming yillik lug‘atchilik tarixi mavjud. Mahmud Koshg‘ariy XI asrdayoq turkiy so‘zlar boyligini arab tilida izohlab, o‘sha davrgacha xalqimiz yaratgan lisoniy boyligimizni bizga buyuk meros sifatida qoldirib ketgan. Bundan tashqari, lug‘at bo‘yicha yana to‘qqiz milliy manba mavjud. Bular - Mahmud Zamaxshariyning "Asos ul-balog‘a" va "Muqaddimat ul-adab" (XII asr), "At-tuhfat uz-zakiyati f-il-lug‘at it-turkiya" (XIII asr), Tole Imon Hiraviyning "Badoe' ul-lug‘at" (XV asr), noma'lum muallifning "Abushqa" (XVI asr), Muhammad Yoqub Chingiyning "Kelurnoma" (XVII asr), Muhammad Rizo Xoksorning "Muntaxab ul-lug‘ot" (XVIII asr), Mirzo Mahdiyxonning "Sangloh" (XVIII asr), Sulaymon Buxoriyning "Lug‘ati chig‘atoyi va turki usmoniy" (XIX asr) asarlari. O‘zbek tili izohli lug‘atini tuzish an'anasining yuzaga kelishiga asos bo‘lib xizmat qilgan manbalarning birinchisi - shu. I k k i n ch i toifasiga rus olimlarining XIX asr oxiri - XX boshlarida tuzgan lug‘atlari kiradi. Sho‘ro davridagi lug‘atchilik u ch i n ch i guruh manbalarni tashkil etadi. Xususan, 40 ming so‘zli "O‘zbekcha-ruscha lug‘at" (1959) va ikki jildli "O‘zbek tilining izohli lug‘ati" (1981) bu jihatdan alohida ahamiyatli bo‘ldi.Til me'yorlarsiz yashay olmaydi. Ammo me'yor qotib qolgan narsa emas, ya'ni u abadiy bo‘lmaydi. Chunki bu me'yorlar ham, tilning o‘zi kabi, ijtimoiy taraqqiyot bilan bog‘liq holda o‘zgarib, rivojlanib, takomillashib boraveradi. Shuning uchun har davr tilining o‘z izohli lug‘atiga muhtojligi bor. Shunga qaramay, uncha-muncha xalqda hozirgacha ham izohli lug‘at yo‘q. Ko‘plarida bu ezgu ish boshlangan, lekin chala qolib ketgan.O‘zbek lug‘atchiligi kamida mingyillik boy tarixga ega bo‘lsa-da, lug‘atlarning aksariyati ikki, ayrimlari ko‘ptilli edi.
"O‘zbekiston milliy entsiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti 2006 - 2008 yillar mobaynida besh jildli "O‘zbek tilining izohli lug‘ati"ni nashr etdi (1 - 2-jildlar 2006, 3-jild 2007, 4-5-jildlar 2008 yili chiqdi). Beshala jild ham zahmatkash tilshunos Abduvahob Madvaliev tahriri ostida chiqdi.Xo‘sh, ushbu izohli lug‘atning ahamiyatini qanday izohlash mumkin?So‘z tilning asosini, uning eng asosiy boyligini tashkil etadi. Tilimiz - bu jihatdan dunyodagi boy lisonlardan biri. Xo‘sh, o‘zbek tilida qancha so‘z bor? 1981 yili chop etilgan ikki jildli "O‘zbek tilining izohli lug‘ati"da 60 ming so‘z izohlangan. Biroq, bu tilning so‘z boyligini to‘liq qamrab ololmagani aniq. Chunki eski o‘zbek tili bor, asr-asrlar mobaynida necha-necha asarlar saqlanib qolgan. Navoiyning o‘zi 26 mingdan oshiq so‘z qo‘llagan. Bularning bir qismi hozir ham tilimizda mavjud. Lekin bu buyuk shoir ijodida bugungi adabiy tilimizda mavjud bo‘lmagan yana qancha-qancha so‘z bor. Ochig‘ini aytganda, hali mumtoz adabiyotimiz namunalari tilining mukammal lug‘ati tuzilgani yo‘q. "Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug‘ati" 4 jildligi chiqqan, xolos. Sho‘ro davrida tuzilgan izohli lug‘atga 60 ming so‘z kirgan bo‘lsa, hozirgisi 80 mingdan ortiq so‘zni izohlaydi. Oradagi tafovut - 20 ming so‘z! Ikki izohli lug‘atimiz o‘rtasidagi birinchi farq - shu. Lug‘atchilikda 20 ming so‘z katta hajm hisoblanadi.



Download 60 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish