1-mavzu. “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi” fanining predmeti. Reja


EBCSO Publishing, SpringerLink, Oxford University Press, The Royal Society of London



Download 0,81 Mb.
bet84/103
Sana10.07.2022
Hajmi0,81 Mb.
#772195
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   103
Bog'liq
Ilmiy tadqiqot metodologiyasi

EBCSO Publishing, SpringerLink, Oxford University Press, The Royal Society of London va Integrum (Russia Online) elektron jurnallarning to`liq matnli ma`lumotlar bazasi ingliz, rus va boshqa tillarda bo`lgan 18.000 chet el jurnallar va gazetalarni o`zida qamrab olgan;
Kitoblarning to`liq matnli ma`lumotlar ombori Internet tizimi orqali yig`ilgan (955 nom) (dasturlash, ma`lumotlar ombori, tarmoqlar va x. k., badiiy adabiyotlar), hamda ba`zi bir ko`p so`raladigan kitoblarning elektron nusxasi (99 nom). Ularga kirish Web-sahifa orqali bajariladi;
Virtual mavzuli ko`rgazmalar, kutubxonada mavjud bo`lgan dolzarb yo`nalishlardan bo`lgan pedogogika, psixologiya, masofadan o`qitish, uyali va sputnik aloqa mavzulari bo`yicha adabiyotlarni tashkil etadi. Virtual ko`rgazmada o`quvchilar tanlangan mavzularidagi yangi kitoblarni yaqqol ko`rishlari mumkin.
Internet. Qiroatxonalardagi barcha kompyuterlarda Internetga kirish imkoniyati bor (tezlik 512 kb/s). Kutubxonachilar tomonidan O`zbekistonning, hamda boshqa davlatlarning foydali manzillar web-manbalari tayyorlangan va saytga kiritilgan.
Disketalarni, CD- va DVD-disk o`quvchilar o`z uylariga olib, o`zlarining shaxsiy kompyuterlarida foydalanishlari mumkin.
Kutubxona saytida barcha ma`lumotlar bo`limlarga bo`lingan, ular uchun qidiruv tizimi ishlamoqda.
Universitet resurslarining katta qismi Internet foydalanuvchilar uchun quyidagi manzilda mavjud: http://library.tuit.uz.
Har yili kutubxona va uning resurslari xaqida 1-kurs talabalari uchun (1 para) dars o`tiladi. Dars rejasi: ARM ning umumiy ma`lumotlari Foydalnish qoidalari
Elektron katalog To`liq matnli manbalar (kitoblar, jurnallar, ma`ruzalar matni va metodik qo`llanmalar) Kutubxona saytidagi foydali manbalar.59
Elektron hukumat — Barcha ham „ichki“, ham „tashqi“ aloqalar va jarayonlar majmuasi bo'lib, tegishli axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan quvvatlanib va taʼminlanib turadigan hukumat. Kommunikatsiya tarmoqlari (shu jumladan Internet) orqali axborotga ishlov berish, uni uzatish va tarqatishni elektron vositalari asosida davlat boshqaruvini tashkil qilishni, davlat hokimiyati organlarini barcha boʻgʻinlari tomonidan fuqarolarning barcha toifalariga elektron vositalar bilan xizmatlar koʻrsatish, oʻsha vositalar yordamida fuqarolarga davlat organlarining faoliyati haqida axborot berish. “Elektron hukumat” tushunchasi 1990-yillarning boshida paydo boʻlgan, lekin amaliyotga soʻnggi yilardan boshlab tatbiq qilina boshladi. Elektron hukumatni ishlab chiqish bilan birinchi galda AQSh va Angliya, hamda  Italiya, Norvegiya, Singapur, Avstraliya va ayrim boshqa davlatlar (Fransiya, Germaniya, Katar, BAA va h.k.) shugʻullandilar. Elektron hukumatning uch asosiy rivojlanishi tizimi ajratiladi:- hukumat- aholi (G2C);- hukumat — biznes (G2B);- hukumat — hukumat (G2 G).Oʻzbekistonda ham elektron hukumat barpo qilish ishlari boshlab yuborilgan. Jahon tajribasiga mavjud amaliyotga koʻra, u ikki oʻzaro bogʻlangan, lekin funksional jihatdan mustaqil qismlardan, Hukumat Intranetidan va tashqi infratuzilmadan tarkib topgan. Hukumat Intraneti axborot tizimining ichki infratuzilmasini qamrab oladi, u davlat tuzilmalari tomonidan davlat korporativ vazifalarini amalga oshirishdagi oʻzaro munosabatlarda foydalaniladi. Tashqi infratuzilma, davlatni fuqarolar (G2C) va tashkilotlar (G2B) bilan oʻzaro ishlashini taʼminlaydigan ommaviy axborot infratuzilmasini qamrab oladi.60
Bugungi kunda "elektron hukumat"tushunchasiga turli ta'rif va tavsiflar berilgan. Ba'zi manbalarda, elektron hukumatgadavlat xizmatlarini taqdim etish jarayonini avtomatlashtirish deb qaralsa,boshqalarida elektron hukumat, bu - fuqaro, biznes vakillari, davlatorganlari va tashkilotlarga davlat xizmatlarini taqdim etishdaaxborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, deb ta'rif berilgan.
Umuman olganda, elektron hukumat, bu - raqamlitexnologiyalar, Internet va zamonaviy ommaviy axborot vositalari asosidadavlat xizmatlarini taqdim qilish jarayonini, fuqarolarni va boshqaruvniichki va tashqi o'zaro munosabatlarda o'zgartirishlar vositasida ishtirokinidoimiy optimallashtirishdir. Elektronhukumat aholiga, tadbirkorlarga va davlatorganlariga ko'rsatilayotgan davlat xizmatlarini taqdim qilishniosonlashtiradi, fuqarolarning o'z-o'zini boshqarishlari uchun qo'shimchaimkoniyatlar yaratadi, ularning texnologik yangiliklardan xabardorliginioshiradi va davlat boshqaruvidagi ishtirokini osonlashtiradi.
Elektron hukumat quyidagi asosiy modullardan(tizimlardan) iborat:
· G2C (Government to Citizens) — Hukumat-fuqarolarga
· G2B (Government to Business) — Hukumat -biznesga
· G2G(Government to Government) — Hukumat –hukumatga
“Elektron hukumat”ning yakuniy maqsadiinteraktiv xizmatlarini taqdim etishning imkoniyatlarini yanada yaxshilashga qodirbo'lgan mukammal elektron davlat boshqaruv apparatini yaratishdan iborat.
“Elektron hukumat” joriy etilgach, davlatorganlari faoliyatining shaffofligi va ochiqligi ancha ortadi, davlat organlarixizimatlaridan foydalanish kengayadi va osonlashadi, ularni alohida fuqarolargataqdim etish imkoniyati vujudga keladi, fuqarolarni siyosiy jarayonlarga vadavlat boshqaruviga jalb etish imkoniyati yuzaga keladi, axborotlardanfoydalanish va ularni almashish tezlashadi, davlat xizmatlarini aholi va biznesvakillariga taqdim etish optimallashadi, fuqarolarni o'z-o'ziga xizmat qilishimkoniyati paydo bo'ladi, shu bilan birga, barcha foydalanuvchilarga davlatxizmatlarini taqdim etish bilan bog'liq boshqa afzalliklar va qulayliklartaqdim etiladi.
O'zbekistonda ham dunyoning boshqa mamlakatlari kabielektron hukumatni shakllantirish va joriy etishga katta e'tibor qaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada kengroq joriy qilishva rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida” 2012 yil 21 martdagi PQ-1730-son qarori hamdaushbu qaror bilan tasdiqlangan “2012-2014 yillarda zamonaviyaxborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada keng joriy etish varivojlantirish dasturi”ni amalga oshirish bugungi kundagi eng dolzarbmasalalardan biri sanaladi.
Ushbu qarorda 2012-2014 yillar mobaynida O'zbekistondaAKT sohasini, shu jumladan "elektron hukumat"nirivojlantirishning asosiy vazifalari belgilab berilgan. O'zbekistonRespublikasi Prezidentining “O'zbekiston Respublikasining milliyaxborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida” 2013 yil 27 iyundagi PQ-1989-son qarori respublikamizda elektron hukumatnijoriy etish va yanada rivojlantirish yo'lida muhim turtki bo'ldi. Mazkur qarorbilan mamlakatimizda “elektron hukumat” tizimini joriy etish varivojlantirish bo'yicha bir qator loyihalar va chora-tadbirlar belgilandi, ularni amalga oshirish mexanizmlari va muddatlari aniqlandi. Shu bilan birga,Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirishning Kompleksdasturini amalga oshirishni muvofiqlashtiruvchi Respublika komissiyasi tashkil qilindi.Bundan tashqari, davlat organlarining oldiga ularning funktsiya va vazifalarinioperativ va sifatli bajarilishini ta'minlash maqsadida axborot tizimlariniyaratish va o'zaro integratsiya qilish, davlat organlari faoliyatiniavtomatlashtirish kabi bir qator muhim masalalar qo'yildi.
Shuningdek, yuqoridagi hujjatga asosan O'zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalaridavlat qo'mitasiqoshida 2 ta yangi markaz – “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi va Axborot xavfsizligini ta'minlashmarkazlarini tashkil etildi. Ushbu markazlar oldiga mamlakatimiz axborotresurslari, tizim va tarmoqlarini jadal rivojlantirish, axborot xavfsizliginita'minlashdek muhim maqsad va vazifalarqo'yildi.
“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazifaoliyati mamlakatimizda davlatning aholi va tadbirkorlik subektlari bilan elektron hamkorliktizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirishning strategik yo'nalishlariniishlab chiqishga qaratilgan. Davlat organlarida foydalaniladigan ma'lumotlarbazasi va axborot resurslarini loyihalashtirish, ishlab chiqish va birlashtirishmexanizmini nazarda tutadigan ushbu tizimni shakllantirishga yagona texnologik yondashuvnita'minlaydigan mazkur markaz bu boradagi jahon tendensiyalarihamda xorijiy mamlakatlartajribasini tahlil va tadqiq etadi, elektron hukumat” tizimini rivojlantirishjarayonida tadbirkorlik subektlari va aholiga vaqt va mablag'ni tejagan holdasifatli davlat xizmatlari ko'rsatish, yangi-yangi xizmatlarni elektron ravishgao'tkazish kabi vaziflarni hal etadi.
Axborot xavfsizligini ta'minlash markazining asosiy maqsadi esa"elektronhukumat" tizimi ma'lumotlar bazasi, resurslari va axborot tizimlarikompleksining axborot xavfsizligini ta'minlash, davlat organlarining tegishli resursva tizimlarining axborot xavfsizligi siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishgako'maklashish, “elektron hukumat” tizimining axborot xavfsizligini ta’minlash sohasidagi me'yoriy-huquqiy bazani rivojlantirish, shuningdek, milliyinternet segmentini takomillashtirish borasida ishlarni amalga oshirishdaniborat.
2013 yilning 1 iyulida respublikamizda “elektron hukumat” tizimning eng muhim vositalaridan biri bo'lgan Yagona interaktiv davlat xizmatlariportali ishga tushirildi (www.my.gov.uz). Yagonaportalning shiori “Xizmatlar yangiqiyofada” deb nomlanib, uning ma'nosi real vaqtrejimida foydalanuvchilar uchun interaktiv davlat xizmatlarini yagona nuqta orqalitaqdim etishni anglatadi.
Bugungi kunda Yagona portal orqali foydalanuvchilarga 220dan ortiq xizmatlar taqdim etilmoqda.
Yagona portal O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013yil 14 fevraldagi PF-1920-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Obod turmushyili” Davlat dasturigahamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatishni hisobga olgan holdaInternet tarmog‘ida O'zbekiston Respublikasining Hukumat portalifaoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012yil 30 dekabrdagi 378-son qaroriga asosan yaratilgan.
Yagona portalda tadbirkorlik sub'ektlari va aholi uchun yilboshidan 30 ta yangi xizmat va servislar ishga tushirildi.
Hozirda foydalanuvchilar, asosan tadbirkorlik sub'ektlariYagona portal orqaliquyidagi xizmatlardan foydalanishlari mumkin:
· tekshirishlarreja-jadvalidan elektron ko'chirma olish;
· tashqisavdo operatsiyalari yagona elektron axbort tizimida tashqi savdo shartnomalaribo'yicha ma'lumotlarni ro'yxatdan o'tkazish;
· tadbirkorliksub'ektlari uchun ularni gaz ta'minlash tarmoqlariga ulanishlari uchun texnikshartlarni taqdim etish uchun arizalarni elektron ravishda taqdim etish
· “SMS-To‘lov” to‘lov tizimi orqali ba’zi turdagi xizmatlar uchun to'lovlarni amalga oshirish;
· tadbirkorlisub'ektlari uchun to'lov terminallari bilan ta'minlash, mahalliy avtotransportvositalarini xarid etish uchun arizalarni elektron ravishda taqdim etish;
·faoliyatningba'zi turlari uchun litsenziyalar va ruxsatnomalarni olish uchun arizalarni taqdimetish va h.k.
2014 yilning 1 oktyabrida Yagona portalda tadbirkorliksub'ektining kabineti ishga tushirildi. Ushbu kabinet orqali tadbirkorliksub'ektlari turli soliq, statistikava boshqa turdagi hisobotlarnishakllantirishlari va yuborishlari, turli to'lovlarni amalga oshirishlari,turli ma'lumotlarni olishlari va boshqa turdagi interaktiv davlat xizmatlaridanfoydalanishlari mumkin. Respublikamizda “elektronhukumat”ni yanadarivojlantirish va takomillashtirish, interaktiv davlat xizmatlarini takomillashtirish maqsadida vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda tadbirkorlik sub’ektlari uchun quyidagi xizmatlarni joriy etish uchunchora-tadbirlarni ishlab chiqish topshirilgan:
· mutassaditashkilotlar bilan birgalikda yer uchastkalarini tanlash bo'yicha materiallarnikelishish uchun elektron arizani taqdim etish, shuningdekqurilish sohasidaruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish uchun ariza taqdim etish;
· ishlabchiqariluvchi va olib kirilayotgan mahsulotni Milliy sertifikatsiya tizimidansertifikatsiyadan o'tkazish uchun elektron arizani taqdim etish;
· tovarva mahsulotlarni vaqtinchalik olib kirish (olib chiqish) uchun ruxsatnoma olishuchun elektron ariza taqdim etish;
· reeksportbojxona rejimida tovarlarni joylashtirish uchun ruxsatnomani olish uchunelektron ariza taqdim etish va h.k.61

Raqamli iqtisodiyot nima?



So'ngi vaqtlarda “raqamli iqtisodiyot” tushunchasi juda ko'p marta qo'llanilmoqda. Darhaqiqat, ko'plab rivojlangan mamlakatlarda raqamli iqtisodiy ularning rivojlanish omillariga sezilarli darajada ta'sir o'tkazgan. Jamiyat hayotida raqamli iqtisodiyot muhim rol o'ynaydi.
Demak, ushbu maqola raqamli iqtisodiyot haqida bo'ladi. Una “Raqamli iqtisodiyot nima?”, “Raqamli iqtisodiyot vazifalari va maqsadlari”, “Raqamli iqtisodiyotni O’zbekistonda rivojlanishdagi to'siqlar" kabi muhim savollarga javob izlashga harakat qilamiz.
Ushbu mavzuni yoritishdan avval, kundalik hayotimizda ro'y berishi mumkin bo'lgan bir holatni qarab chiqsak. Tasavvur qiling, juma kuni ishdan uyga keldingiz, oila a'zolaringiz davrasidasiz, birdan shanba va yakshanba dam olish kunlari mashinada Samarqand viloyati va Samarqand shahriga sayohat qilish fikri paydo bo'ldi. Lekin Sizning shaxsiy mashinangiz yo‘q. Shunda Siz kompyuter yoki smartfoningiz orqali mashinalarni ijaraga taqdim etuvchi kompaniyalar saytlari yoki mobil ilovalariga kirib, ism-sharifingiz, haydovchilik guvohnomangiz raqamini kiritib, ikki kunga 6 kishilik oilaviy mashina buyurtma berdingiz. Endi sayohat yo'nalishi tanlash kerak. Qayerlarga boriladi, qaysi muzey, tarixiy obidalarga tashrif buyuriladi. Shunda Siz sayyohlik xizmatini ko'rsatadigan agentliklar saytlari yoki mobil ilovalariga kirib, oila a'zolaringiz sonini kiritib, o'zingizga va oila a'zolaringizga qiziq bo'ladigan sayyohlik yo'nalishini tanlaysiz. Shunda shanba kuni ertalab uyingiz oldida 6 kishilik mashina, smartfoningizda muzey va tarixiy obidalarga kirish chiptalari va mehmonxonada tunab qolish uchun oldindan buyurtma qilingan joy bo'ladi. Siz hech qayerga bormasdan, hech kimga qo'ng'iroq qilmasdan ikki kunga oilaviy, mashinada, sayohatni tashkil qildingiz. So'ng Samarqandga yo'l oldingiz. U yerda ikki kun aylangan so'ng, yakshanba kuni uyga qaytishda ozgina charchaganingizni sezdingiz, bundan tashqari dushanba kuni ishga borish kerak. Shunda Siz smartfoningizni olib darrov o'zingizga va oila a'zolaringizga Afrosiyob tezyurar poyezdlariga chipta olib, vokzalga borasiz va uyga yo'l olasiz, mashina vokzalda qoldiriladi...

Raqamli iqtisodiyot tushuncha nisbatan uzoq bo'lmagan vaqtda, 1995-yili Massachusets universiteti amerikalik olimi Nikolas Negroponte tomonidan aniqlab berilgan. Olim axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini intensiv rivojlanishi ortidan eski iqtisodiyotdan yangi iqtisodiyotga o'tishda, qanday o'zgarishlar ro'y berishi mumkinligini aytib o'tgan.
Raqamli iqtisodiyot - bu xo'jalik faoliyatini yuritish bo'lib, bunda ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatishdagi asosiy omil raqamlar ko'rinshidagi ma'lumotlar bo'lib, katta hajmdagi axborotlarni qayta ishlash va shu qayta ishlash natijasini analiz qilish yordamida har xil turdagi ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish, texnologiyalar, qurilmalar, saqlash, mahsulotlarni yetkazib berishda oldingi tizimdan samaraliroq yechimlar tadbiq qilishdir. Boshqacha qilib aytgancha, raqamli iqtisodiyot bu onlayn xizmatlar ko'rsatish, elektron tulovlar amalga oshirish, internet savdo, kraudfanding va boshqa turdagi sohalarni raqamli kompyuter texnologiyalarini rivojlanishi bilan bog'langan faoliyatdir.

Asosan raqamli iqtisodiyotni rivojlanishining asosiy elementi sifatida elektron tijorat, internet banking, elektron tulovlar, internet reklama va shu bilan birga, internet o'yinlari ko'riladi.
Axborot texnologiyalarini rivojlanishi va tadbiq qilinishi evaziga kundalik hayotimizda juda ko'plab qulayliklar paydo bo'lmoqda. Deylik ovqatlanmoqchimiz, lekin uni tayyorlashni xohlamaymiz, muommo emas, internetdan uyga ovqat yetkazib berish xizmati orqali xohlagan taomni onlayn buyurtma qilishimiz mumkin. Yoki do'stimizga pul o'tkazishimiz kerak, bunda atelabga bank yoki moliya muassasalariga borishga hojat yo'q, biz pulni mobil bank orqali o'tkazishimiz mumkin. Shu kabi ko'plab xizmat turlarini onlayn, smartfon yoki kompyuter orqali amalga oshirishimiz mumkin.

Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish