Estetik bilim esa nafosatni shakllantirishga asoslangan ko‘nikmalar hamda amaliy odatlarni birlashtiradi.
Maishiy bilim insonlarni to‘g‘ri va farovon yashashga yo‘llaydigan malakalarni qamrab oladi.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, ilmiy tadqiqot asoslarini chuqur o‘rganish ilmiy bilimni to‘g‘ri shakllantirishga xizmat qiladi.
2-mavzu: Filologiya fan sifatida. Adabiyotshunoslik va tilshunoslik filologiya fanining bo‘limlari
Dars rejasi:
1. Fan yangi bilim izlash jarayoni.
2. Filologiya fanining asoslari.
3. Lingvistika tilning ijtimoiy tabiati haqidagi fan.
4. Adabiyotshunoslik badiiy asarlar silsilasini o‘rganuvchi fan.
Fan tabiat va jamiyatning taraqqiyot qonuniyatlarini ochib beruvchi hamda atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatuvchi bilimlar tizimidir. Shunday ekan taraqqiyot qonuniyatlari ochilib borgan sari yangi bilimlar yuzaga keladi. Mazkur bilimlar jamiyatni o‘zgartirishga asos bo‘lib xizmat qiladi. Masalan: “Kul tigin” bitiktoshida shunday yozilgan: “Fapbra Inju O‘kuz (Sirdaryo) ni kechib Temir qapiqqacha lashkar tortdim”. O‘rxun bitiktoshlari matnidan xabardor kishi hozirgi Jizzax viloyati G‘allaorol tumanidagi “Temir darvoza” degan joyning nomlanish tarixidan to‘la xabardor bo‘ladi va mazkur joyning hazrat Amir Temurga aloqasi yo‘qligini bilib oladi.
Filologiyaga fan sifatida keng qamrovli bilimlar majmuidir. Filologiya (yunoncha “phileo” – sevaman + “logos” – so‘z, bilim) biror xalqning tili va adabiy ijodida o‘z ifodasini topgan madaniyatini o‘rganuvchi fandir. Masalan: Antik filologiya. O‘zbek filologiyasi. Til va adabiy ijod inson tafakkuriga ta'sir o‘tkazib, insonning fikrlash jarayonini tarbiyalab boradi. Insonlar o‘qish-o‘rganish natijasida ko‘p narsalarni bilib boradilar. Hayotiy tajribasi oshgan sari jamiyatdagi o‘z o‘rnini anglab oladilar. Filologiya tafakkur manbalariga asoslangan fan hisoblanadi. Filologik bilim faqat ilmiy yondashuvga tayanmasdan, balki sog‘lom tafakkur, to‘g‘ri fikr yuritish, hayotiy donolikka asoslangan bo‘ladi. Filologiya o‘z ichiga til va adabiyotni qamrab oladi. Shuning uchun ular bilan aloqador nazariy asoslar filologiyaga tegishli hisoblanadi. Masalan: adabiyotda birinchi badiiy ijod namunasi Odamota, ya’ni Safiyulloh (ma’nosi “tanlangan”, “saylangan”) tomonidan ovoz chiqarib aytilgan. Bunga o‘g‘li Hobilning o‘g‘li Qobil tomonidan o‘ldirilishi sabab bo‘lgan, degan faraz ilgari suriladi va bu taxmin asoslidir. Til ilmida ham nazariyaga tegishli qoidalarning yuzaga kelishida tayaniladigan asoslar mavjud. Jumladan, hindlar tilshunoslikda so‘z turkumlarini ilmiy jihatdan asoslab berishgan. Ular so‘zlarning o‘zaro bog‘lanishiga qarab mustaqil so‘z turkumlarini aniqlaganlar. Bizga ma’lumki, birinchi bog‘lanish ot bilan otning birikuvi (otning abzali), ikkinchi bog‘lanish ot bilan fe'lning birikuvi (otni minmoq)dir. Shu nazariyaga tayanib hindlar ikkita mustaqil so‘z turkumi (ot va fe'l) borligini e’tirof etishgan. Bundan tashqari yordamchi so‘zlar borligini aytishgan. Ularning nazariy asoslaridan ilhomlangan arablar ikkita mustaqil so‘z turkumi (ism va fe’l) borligini qayd etishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |