Sаvоl vа tоpshiriqlаr:
Ijtimоiy pеdаgоgikаning fаn sifаtidаgi хususiyatlаri qаysilаr?
Ijtimоiy pеdаgоgikаning fаn sifаtidаgi mаzmunini хаrаktеrlаng?
Ijtimоiy pеdаgоgikа аtаmаlаrigа ta’rif bеring?
Ijtimоiy pеdаgоgikаning funktsiyalаrini аniqlаng?
Ijtimоiy ish nimа?
Ijtimоiy хоdimning fаоliyati mаzmuni?
Ijtimоiy pеdаgоgikа vа ijtimоiy ishning o’zаrо munоsаbаti nimаdаn ibоrаt?
Ijtimоiy pеdаgоgikа vа ijtimоiy ish o’rtаsidаgi fаrqlаrni аyting?
Ijtimоiy o’qitish vа ijtimоiy tаrbiyagа ta’rif bеring?
6 – savol. Ijtimoiy pedagogika va pedagogik sotsiologiyada “me'yor” va “me'yordan og‘ish” tushunchasi. Me'yordan og‘ishish tiplari.
Mavzu rejasi:
1. Me'yor va me'yordan og‘ish: tushuncha va tavsif.
2. Me'yordan og‘ish turlari. Me'yordan og‘ishish tiplari.
3. Me'yordan og‘ish nazariyalari.
4. Deviatsiya va uning turlari.
5. O’smirlarning deviant xulq-atvori sabablari.
6. O’smirlarda deviant hulq-atvorning oldini olishga asosiy yondashuvlar.
7. Deviatsiya kontseptsiyasida reabilitatsiya, profilaktika va korrektsiya masalalari.
Tayanch so’z va iboralar. Anomal bolalar, iqtidorlilik, ijtimoiy me’yorlar, rivojlanishida og’ishlik bo’lgan bola, nogiron bola, deviant xulq, delikvent xulq, qarovsizlik
1. Me'yor va me'yordan og‘ish: tushuncha va tavsif.
Rivojlanishning qaysi bosqichida bo’lishidan qat’iy nazar, qanday jamiyatda, u eng rivojlangan, farovon iqtisodiy rivojlangan mamlakat bo’ladimi, yoki rivojlanayotgan jamiyatmi, ularda o’zlariga alohida e’tibor talab etadigan insonlar bo’ladi. Bunday insonlar biror-bir jihatdan jismoniy, psixik yoki ijtimoiy rivojlanishida nuqsoni mavjud insonlardir. Bunday insonlar jamiyat va davlatda doimo alohida guruhga mansub bo’lib ajralib turadi. Ularga doimo maxsus alohida munosabatda bo’lib kelingan. Biroq, bu toifadagi insonlarga jamiyatning tarixiy-madaniy sharoitiga muvofiq turli davrlarda turlicha munosabatda bo’lib kelingan. Masalan, qadimgi Spartada alohida qattiq jismoniy kamsitish (xasta, jismoniy nosog’lom bolalarni qadimgi spartachilar qoyalardan uloqtirganlar) bilan ajralib turgan. Boshqa jamiyatlarda esa bunday toifadagi insonlarga mehribonlik va g’amxo’rlik ko’rsatilgan.
Hozirgi davrda AQSH va qator Yevropa mamlakatlarida nosog’lom insonlarga ham barcha qatori, odatiy teng huquqli munosabatda bo’ladilar. Ularga jamiyatning teng huquqli a’zosi sifatida qarab, bu insonlarni muammoli yoki imkoniyati cheklangan shaxs sifatida alohida maxsus e’tibor beriladi.
“Muammoli inson” tushunchasi AQSHda keng qo’llanilsa, Yevropa mamlakatlarida “imkoniyati cheklangan insonlar” iborasi ko’p ishlatiladi.
Bugungi kunda imkoniyati cheklangan insonlarga munosabatda, eng avvalo sog’liq masalasi eng dolzarb masala hisoblanadi. CHunki bunday insonlar soni dunyo miqyosida o’sib bormoqda. YUNESKOning istiqbol bo’yicha ma’lumotlarida yaqin vaqtda jahon hamjamiyati bu ko’rsatkichni o’zgartira olmaydi.
Sog’lom muhit doimo insonlar ongida o’z chegarasiga ega bo’lib, chegaradan tashqi bo’lganlar “nome’yoriy”, “potologik” deb belgilanadi. Amaliyotda inson anglagan yoki anglamagan holda o’zgalarni belgilariga muvofiq layoqatli yoki layoqatsiz deb baholaydi.
Me’yor tushunchasi tibbiyotda, psixologiya, pedagogik, sotsiologiya va boshqa fanlarda keng qo’llanilib kelinadi. Bu tushunchaga aniq va yaxlit, yagona ta’rif berishga bo’lgan intilish muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlangan. Masalan, faqatgina tibbiyotda olimlar 200 ga yaqin ta’rif berganlar. “Me’yor” tushunchasini ifodalab berishning murakkabligi shundaki, u nafaqat terminologik, balki mazmun, mohiyat jihatidan ham yagona ifodaga ega emas. Masalan, axloqiy me’yorlar doimo bir xil, hamma uchun deb belgilana olmaydi. SHu sababli ham ular birinchidan, milliy o’ziga xoslik, bundan tashqari vaqt o’tishi bilan qayta-qayta o’zgarib turadi. AQSHda II jahon urushidan so’ng ikki-uch o’n yilliklar mobaynida chekish odatiy “me’yoriy” hodisa hisoblangan bo’lib, unga jamiyatda bee’tibor bo’lganlar. hozirda, jamiyat bu yomon, sog’liq uchun zararli odatga qarshi turgan bir vaqtda, chekishga axmoqona xulq belgisi sifatida munosabatda bo’ladilar.
Aslida, qanchalik jamiyat demokratik tuzumga asoslangan bo’lsa, shunchalik shaxsning nostandart shakldagi xususiyatlariga chidamli munosabatda bo’linadi – agar totalitar rejimga asoslangan bo’lsa, inson xulqini qattiq chegara doirasiga oladi, mabodo xulqiy og’ishlik holatlariga yo’l qo’yilsa, ular raxmsizlik bilan jazolanadilar. SHuni unutmaslik lozimki, me’yor – bu shunday g’oyaviy hosilaki, unda ob’ektiv borliq (reallik) shartli ravishda, o’rtacha statistik ko’rsatkich bo’yicha, real haqiqat tavsiflanadi, biroq unda mavjud holatlar ifodalanmaydi.
Tibbiyot, psixologiya, sotsiologiyada me’yorning o’z ko’rsatkichlari, parametrlari (o’lchami), tavsifnomalari mavjud. Me’yorga muvofiq bo’lmagan holatlar barchasi boshqa so’z “me’yordan og’ishlik” deb yuritiladi.
Ijtimoiy pedagogikada “me’yor” va “me’yordan og’ishlik” tushunchalari juda muhimdir. Ular bolaning ijtimoiy xulq-atvori rivojlanish jarayonini xarakterlash uchun qo’llaniladi.
Xulqiy og’ishlik negativ va pozitiv xarakterga ega bo’lishi mumkin. Masalan, me’yordan xulqiy og’ishlik holati bola rivojlanishida ham aqliy norasolik va qobiliyatlilik bo’lib ifodalanishi mumkin.
Bola xulq-atvoridagi bunday negativ xulqiy og’ishlik jinoyatchilik, alkogolizm, giyohvandlik va boshqalar sifatida insonning (nafaqat insonning, balki jamiyatning) ijtimoiy shakllanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Xulq-atvoriga pozitiv og’ishlikka ijtimoiy ijodning barcha shakllari taalluqli bo’lib, ular: iqtisodiy tadbirkorlik, ilmiy va badiiy ijodkorlik va boshqalar, aksincha eski me’yorlar o’rniga almashuvchi ijtimoiy tizim rivojiga xizmat qiluvchi omil hisoblanadi.
Me’yordan og’ishganlik tiplari. Me’yordan og’ishganlikni shartli ravishda to’rt guruhga bo’lish mumkin: jismoniy, psixik, pedagogik va ijtimoiy me’yordan og’ishlik.
Jismoniy me’yordan og’ishlik insonning sog’lig’i bilan bog’liq bo’lib, tibbiy ko’rsatkichlar orqali belgilanadi. U bolalarning yosh va jinsiy ko’rsatkichlari bilan (vazni, bo’y uzunligi, ko’krak kengligi va boshqalar) ifodalanadi. Ular bolaning sog’lig’ini xarakterlaydi. Aslida bular ideal ko’rsatkichlar bo’lib, bunday ko’rsatkichlarga to’la muvofiq keladigan bolani topish qiyin bo’lsa kerak. Jismoniy jihatdan me’yordan og’ishgan bolalarni ijtimoiylashtirish alohida qiyinchilik bilan amalga oshirilib maxsus ishlarni talab etadi.
Sog’lig’i jihatidan me’yordan og’ishganlik biror kasallik asorati yoki avloddan-avlodga o’tuvchi omillar, ba’zan tashqi vaziyat orqali yuzaga kelishi mumkin. Masalan, og’ir ekologik vaziyat, oziq-ovqat, ichimlik suvining sifatsizligi, oilaning umumiy yashash sharoitining og’irlashishi va boshqalar. Sog’ligi va o’sishida me’yordan og’ishlik bo’lgan insonlarning ko’pgina toifalari mavjud. 1980 yili jahon sog’liqni saqlash tashkiloti Britaniyaning imkoniyati cheklangan shaxslar uchun uch bo’g’inli shkalasini qabul qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |