Ijtimoiy pedagogika va pedagogik sotsiologiya- bu bolalarning ijtimoiylashuvi va bolalarga ijtimoiy ta'lim va ijtimoiy tarbiya berish qonuniyatlarini o`rganuvchi pedagogika fanining tarmog`idir. Ya'ni tarbiya- bu nafaqat o`quv muassasalari balki butun jamoatchilik, jamiyatning barcha jabhalarida o`z ko`rinishiga ega.
Ijtimoiy pedagogika- odamlarning jamiyatda hamkorlikdagi ish faoliyatlari jarayoni davomida ularda hosil bo`ladigan fikrlar, e'tiqodlar, g`oyalar, qarashlar, his-tuyg`ular, turli xulq-atvor shakllarini tushuntirib beruvchi fandir. Har bir shaxsning jamiyatda yashashi, uning ijtimoiy normalarga rioya qilgan holda o`ziga o`xshash shaxslar bilan o`rnatadigan murakkab o`zaro munosabatlari va ularning ta'sirida hosil bo`ladigan xodisalarning pedagogik tabiatini va qonuniyatlarini tushuntirib berish- ijtimoiy pedagogikaning asosiy vazifasidir.
Ijtimoiy pedagogika O`zbekistonda ham, dunyodagi boshqa mamlakatlarda ham uzoq va chuqur an'analarga ega. Shunga qaramay sobiq sovet tuzumi davrida ijtimoiy pedagogika yutuqlari e'tiborga olinmadi. Mana shuning uchun ham ijtimoiy pedagogika yangi soha sifatida faqat ijtimoiy- pedagogik mutaxassislar davlat va jamoat organlari boshqarmalarinigina emas, balki mutaxassislar tayyorlaydigan tizimni, shuningdek ijtimoiy-pedagogik faoliyatning ilmiy-tadqiqot bazasini ham o`z ichiga oladi.
Ijtimoiy pedagogikani rivojlantirish va mazkur yo`nalishda mutaxassislar tayyorlash muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ijtimoiy pedagogika yaqin kelajakda o`qituvchi yoki tibbiy xodim singari ommaviy kasbga aylanadi, chunki ayrim odamning ijtimoiy kasalligini oldini olish va ma'naviy-axloqiy og`ishini davolash «ijtimoiy epidemiya»ga qarshi kurashga nisbatan ancha osondir.
Bir ob'ektni turli fanlar tomonidan o`rganish mumkin.
Ijtimoiy pedagogika- tarbiya va ta'lim jarayonida bolalarga jamiyatda birga yashash bilan bog`liq bo`lgan holat va xodisalarni o`rgatadi. Bu jarayon jamiyatga «kirish» va o`zaro munosabatda bo`lishni anglatadi. Ular ma'lum ijtimoiy tajriba (bilim, qadriyat, axloqiy qoida, ko`rsatma) oladilar, ya'ni ijtimoiylashtirish yuz beradi.
«Ijtimoiy pedagogika va pedagogik sotsiologiya» kursi talabalarning umumpedagogik bilim darajasini kengaytirish bilan birga, ularni jamiyatdagi turli munosabatlarni, ma'naviy faktorlarni tekshirish shuningdek, mazkur fanning obyekti, predmeti, uning boshqa fanlar bilan aloqadorligi, kategoriyalari ijtimoiy pedagog kasbining spetsifik xususiyatlari kabi muammolar ustida bosh qotirishga undaydi.
Kursning asosiy maqsadi bo`lajak pedagog kadrni hayotimizning barcha jabhalariga «pedagogik ko`z» bilan qarash, o`rganish, reabilitatsiya qilish yo`llarini aniqlash va ma'lum xulosalar chiqarishga o`rgatishdan iborat.
Kursning asosiy vazifalari oliy o`quv yurtlari talabalariga:
1. Mustaqil O`zbekistonda shakllanayotgan Pedagogika fanining yangi qirralaridan biri sifatida Ijtimoiy pedagogika fani xaqida tushunchalar berish va ularni ijtimoiy hayot bilan muqoyasa o`rganish;
2. Ijtimoiy muhit va shaxsning ijtimoiylashuviga doir qonuniyatlar;
3. Ijtimoiy pedagogning kasbiy faoliyatining o`ziga xos spetsifik
xususiyatlari, ilmiy-tadqiqot metodlari haqida tushunchalar berishdan
iboratdir.
Bozor iqtisodiyotiga o`tishning ijtimoiy munosabatlari va bunda davlat hamda jamiyatning roli, ba'zi jamiyat a'zolarining ma'naviyatida ro`y berayotgan zaifliklar, ularning sabablarini aniqlash, tekshirish, qayd etish, umuman jamiyatda kechayotgan ma'naviy va mafkuraviy isloqotlarni, jamiyatni pedagogik nuqtai nazardan o`rganish ijtimoiy pedagogikaning asosiy muamolaridan biridir. Demak, ijtimoiy pedagogikaning vujudga kelishi ijtimoiy zaruriyat, ijtimoiy buyurtmadir. Ijtimoiy munosabatlarni ilmiy pedagogik nuqtai nazardan o`rganish va yanada takomillashtirish davr taqozasidir.
Rahmdillik va xayr-sahovat ijtimoiy-pеdagogik faoliyatning madaniy-tarixiy an'anasi sifatida.
Do'stlaringiz bilan baham: |