M e n x a t y o z d I m
Harflarni bunday alohida yozish yozuv tezligini kamaytiradi, o'quvchi
boshqa o'quvchilardan orqada qoladi.
O'quvchilarda uchraydigan yana bir kamchilik haddan tashqari mayda
yozuvdir:
____________________________
Men akamga xat yozdim
_________________________
Aksincha, ayrim o'quvchilar esa juda yirik yozadilar:
Men xat yozdim
Haddan tashqari mayda yozuv qo'lni charchatadi, o'qishni
qiyinlashtiradi, yirik yozuv esa yozuv tezligini kamaytiradi va o'quvchi buning
uchun ko'p vaqt sarflaydi.
Shuning uchun o'quvchilarda uchraydigan ayrim tipik xatolarni o'z
vaqtida, ya'ni harflarning shaklini yozishga o'rganayotgan vaqtda tuzatish lozim.
Quyida o'quvchilarning yozuvlarida uchraydigan ayrim tipik xatolarni
ko'rsatib o'tamiz.
1. Tagi ilmoqli kichik tayoqcha shaklidagi elementni yozishda siniq
chiziq hosil qiladilar va quyidagicha tor yoki keng qilib yozadilar:
Bunday xatolarni yo'qotish uchun shu element yozilishini qayta mashq
qildirish lozim, chunki bu element ko'pchilik kichik harflar uchun asosiy element
hisoblanadi.
2. Tagi va usti ilmoqli kichik tayoqcha shaklidagi elementni
quyidagicha buzib yozadilar.
Bunday kamchiliklarning oldini olish uchun ilmoqlarni to'g'ri yozishga
o'rgatish lozim.
3. Tagi tugunchakli uzun tayoqcha shaklidagi elementni ham quyidagicha buzib
yozadilar:
Bunday xatolar o'quvchilarning yozuvning qiyaligiga e"tabor
bermasliklari natijasida sodir bo'ladi.
4. Tagi tugunchakli elementni haddan tashqari kichik yoki katta qilib
yozadilar:
Bu xatolarning oldini olish uchun shu elementni harflar bilan bog'liq
holda yozib ko'rsatish va harfga taqqoskash zarur.
5. Katta N, M harflarini yozishda uning birinchi elementini noto'g'ri yozadilar:
Bu xatoni yo'qotish uchun shu elementni kattalashtirib ko'rsatish lozim.
6. O'quvchilar kichik cho'zinchoq doira shaklidagi O harfmi yozishda ham ayrim
xatolarga yo'l qo'yadilar. Bu harfni yozishda uchragan kamchiliklarni tuzatish
uchun katta o'lchamdagi quyidagi jadvaldan foydalanish lozim.
Biz o'quvchilarning yozuvlarida uchraydigan ayrim tipik xatolar bo'lishini
ko'rsatib o'tdik, bunday kamchiliklar bosh harflarda ham, kichik harflarda ham
uchrashi mumkin. Bosh harflarda uchraydigan tipik xatolarni ham ona tili
darslarida ko'rsatib, tanishtirib boorish mumkin.
Harflarning shakli buzilishiga ishning to'g'ri tashkil etilmaganligi, yozuv
qurollaridan to'g'ri foydalanmaslik ham sabab bo'ladi.
Xati xunuk o'quvchi ko'pincha avtoruchkani noto'g'ri ushlaydi yoki o'zi noto'g'ri
o'tiradi. Avtoruchkada siyohning yetarli bo'lmasligi yoki sharikli avtoruchkaning
pastasi qotib qolishi ham yozuvning buzilishiga olib keladi.
Ayrim hollarda o'quvchining ko'rish qobiliyati yaxshi bo'lmasa ham yozuv
buzilishi mumkin.
O'qituvchi o'quvchilarning yozuvlari buzilish sabablarini aniqlash bilan birga,
uni bartaraf etish yo'llarini topishi kerak.
Agar o'quvchilar harflaming shaklini butunlay noto'g'ri yozsalar yoki
harflaming baland va qiyaligiga e'tibor bermasalar, bunday o'quvchilar bilan
qaytadan mashqlar o'tkazish lozim. Qayta mashq o'tkazishda o'qituvchi
o'quvchilarning diqqatini ko'proq butunlay uzib yoziladigan harflaming shakliga
qaratish lozim.
Yozuv malakasi past bo'lgan o'quvchilami ravon, tekis qilib yozishga
o'rgatish, chamalash qobiliyatini o'stirish va harflarni umumiy qoidaga amal
qilishga o'rgatiladi. Harflaming qiyaligini to'g'ri saqlashga o'rgatishda qo'l va
barmoq muskullarining harakatini o'stiruvchi mashqlar muhim rol o'ynaydi.
Yomon yozadigan o'quvchilarning har bir bajargan mashqlarini o'qituvchi
kuzatib va tekshirib borishi zarur.
Davr o'zgarishi bilan yozuv qurollari ham takomillashib bormoqda, ularga
bo'lgan munosabatlar ham ozgarmoqda. Ayniqsa, soddalashtirilgan yozuv
sistemasining tezligiga va harflarni qo'l harakatini uzmay bog'lab yozishga talab
kuchayadi. Xalq maorifi sistemasini qayta qurish davrida maktablarimiz oldida
chiroyli yozuvga o'rgatishni takomillashtirish borasida qator yechilmagan
muammolar mavjud. Biz bu muammolarni mazkur qo'llanmada yoritishga
harakat qildik.
Olti yoshli bolalarga yozuv malakasini singdirish o'qituvchilardan chidam va
mahorat talab etadi. Shuning uchun biz bu haqda kengroq to'xtalib, tayyorgarlik
mashqlarini o'tkazish uchun aniq ko'rsatmalar berdik. Bu davrda chiroyli
yozuvga o'rgatishning murakkabligini hisobga olib, yozuv malakasini
shakllanishida asosiy rol o'ynovchi yordamchi qiya chiziqlarni saqlab qoldik.
Faqat ikkinchi sinfdan boshlab bir chiziqli daftarga yozdirib mashq qildirish
mumkin.
Boshlang'ich sinflarda chiroyli yozuv malakasini shakllantirish uchun faqat
harflar namunasidan, husnixat darsliklari bilan kifoyalanib qolmasdan, turli
texnika vositalari: diafilm, epidiaskoplardan ham foydalanish yaxshi samara
beraidi.
Do'stlaringiz bilan baham: |