1-Mavzu: Huquqiy ta'lim muammolari fanining maqsad va vazifalari reja



Download 17,13 Kb.
Sana21.01.2023
Hajmi17,13 Kb.
#900879
Bog'liq
1mavzu


1-Mavzu: Huquqiy ta'lim muammolari fanining maqsad va vazifalari


REJA:



  1. Fanni o’qitishning maqsad va vazifalari

  2. Huquqiy ta’limni rivojlantirish usullari

  3. Fanning uslub va tamoyillar

Huquqiy ta'lim muammolari fani bo’lajak o’qituvchilarni dars berish usullari va nazariy bilim asoslari bilan qurollantiriladi. Fanni o’qitishning sifatini belgilash va o’qituvchi mehnati samaradorligini oshiradi, katta rol o’ynaydi.
Uslubiyotni yaxshi egallab olgan o’qituvchi ilmiy va nazariy jihatdan turli, ijodiy va samarali ravishda ishlash imkoniyatiga ega bo’ladi.
Huquq fani o’qituvchisi zimmasiga yosh avlodni hozirgi zamon talablariga javob beradigan, Huquqiy ongli va madaniyatli, har tomonlama yetuk va barkamol kishi etib tarbiyalashdek ulkan va mas’uliyatli vazifalar yuklatiladi. Huquqiy madaniyatning mohiyati, mazmuni, tarkibiy tuzilishi va namoyon bo’lishi, muammolari, shakllantirish va rivojlantirish usullarini aniqlashda izlanishlarining ustuvorligi ta’minlashi lozim.

  1. Huquq fani darslarining ob’ekti har xil bo’lib, o’tkaziladigan mashg’ulotlar mazmuni ham bir biridan ham farq qiladi.

  2. Darsning mazmunini belgilashda o’qituvchining tayyorgarlik sifatlari va pedagogik mahorati katta rol o’ynaydi.

  3. O’quvchilarning huquqshunoslikdan olgan bilimlari har xil darajada va ko’nikmalari ham turli tuman bo’ladi.

  4. Huquqshunoslikdan berilayotgan bilimlar hayotiy bo’lishi va amaldagi mavjud normativ talablar bilan bevosita bog’liq bo’ladi.

  5. Huquq fani asoslari mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy taraqqiyotini ifodalab beruvchi yangi qonunlar, farmonlar qarorlar talabi, ruxi, mazmuni bilan doimiy ravishda yangilanib, rivojlanib boradi.

  6. Huquqshunoslik fani o’qituvchilarining ilg’or tajribali, chet el hamkasblarining kasb – korlari bilan boyitilib, yangilanib, yangi texnologiyaning fanga kirib kelishi bilan, o’qitish uslubida ham o’zgarishlar vujudga keladi.

Huquq fani o’qituvchisi metodika fani ham turlicha uslub va tamoyillarga ega ekanligini bilib olishi shart. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi:

  1. Har bir mavzuni turlicha usullar bilan o’tish, uslubiy jihatdan tashkillash qonuniydir.

  2. Har bir mashg’ulot o’ziga xos huquqiy manbalarga asoslanadi. Ular orasida O’zbekiston Respublikasining Konstituqiyasi birinchi o’rinda turadi. CHunki uning huquqiy normalari va demokratik tamoyillari deyarli barcha darslarda qo’llaniladi.

  3. Huqushunoslik fani darslarida huquq va boshqa xujjatlar asosida shakllantirilgan me’yoriy normalar o’rganib boriladi.

  4. Dars mashg’ulotlarida ijtimoiy hayotimizning turli jabxalariga oid davlat siyosatining qonuniy asoslari normalari bilan ish yuritiladi.

  5. Qonunchilik asoslarini o’rganib borilayotgan barcha yoshlarga o’qitilayotgan mashg’ulotlar g’oyasidan kelib chiqib tegishli intizom tartib qoida va mas’uliyat xissi singdirib boriladi. Bu umumiy pedagogik qonuniyatni “Huquq o’qitish” metodikasi o’rgatib boradi.

  6. Har bir o’qituvchi va talaba fan asoslarini o’qitish va metodika fanini bir – biridan farq qila bilishi lozim. Metodika fani talabalarga o’qitish uslubi haqida nazariy bilim bersa fan asoslaridan dars o’tish amaliyot – praktikadir. Huquqdan dars o’tish nazariyani praktikada qo’llash demakdir. Nazariya praktikaga ishonch baxsh etadi. Obrazli qilib aytganda, nazariyasiz praktika qanoqiz qushdir. shuning uchun ham har bir o’qituvchi metodika fani talablarini, qonun – qoidalarini, uslubiy tavsiyalarini bilib olishi shart.

Huquq o’qitish metodikasini amaliyotda uzluksiz ravishda qo’llab borish maxoratlilikni keltirib chiqaradi va shakllantiradi. Metodik tavsiyalar, qonun qoidalarni bilmagan o’qituvchi biz faoliyatida tarbiyasiz holda ish yuritadi, o’zining mehnati natijalarini payqab ololmaydi, pedagogik faoliyatida xato va kamchiliklarga yo’l qo’yadi. Bunday salbiy holatlarining oldi olinmasa, ular odatda aylanib qoladi. Bu yomon xoldir.
Huquq o’qitish metodikasi fani o’qituvchiga qaysi uslubda yuqori ko’rsatkichlarga erishi mumkinligini, yaxshi va pozitiv usullarini o’rgatadi, yaxshi metodik priyomlar o’qituvchini pedagogik faoliyatining ustasiga aylantiradi. O’qituvchi mehnatini har tomonlama samarali bo’lishiga, berilgan bilimlar o’zaro mustahkam saqlanib qolishiga yordam beradi.
Buning uchun esa har bir o’qituvchi doimiy ravishda ijodiy ishlanishda bo’lishi, malaka va mahoratlarini takomillashtirib borishi lozim.
Fan asoslarini yaxshi bilib olgan o’qituvchi eng avvalo ko’zlangan maqsadlari yo’lida katta ijodiy yutuqlarga erisha oladi. SHuning uchun ham mashhur rus pedagogi D.Ushinskiy “O’qituvchi doimo o’qishi kerak. O’qishini to’xtatishi bilan u o’qituvchi sifatida o’ladi” degan edi.
O’qituvchi o’zining ko’p yillik pedagogik mehnati natijasida o’z ishining ustasiga aylanishi, pedagogik mahorati oshishi mumkin. bunda uning ijodiy izlanishlari metodik materiallarini doimo o’rganib amaliyotga qo’llab borishi muhim ahamiyat kasb etadi. Demak metodika fani ilg’or ijodiy usullarni qo’llab – quvvatlaydi, ularni yuqori baholaydi, ijodiy izlanishlar bilan mehnat qilib borgan o’qituvchi albatta yuqori samaralarga erishadi.
1997 yilning 29 avgustida qabul qilingan “Ta’lim to’g’risida” gi Qonunda “fuqarolarga ta’lim tarbiya berish kasb – hunar o’rgatishning huquqiy asoslarini belgilaydi hamda har kimning bilim olishidan iborat Konstituqiyaviy huquqini ta’minlashga qaratilgandir” deyilgan.
Huquq o’qitish uslubiyoti fani qonuniy normalar yoshlarga singdirish vazifasini bajarishga yo’naltirilgandir.
Download 17,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish