1-mavzu. Hasharotlar ekologiyasi fani rivojlanish tarixi


Hasharotlarning o’simlikga zarar yetkazishini quyidagi tiplarga bo’linadi



Download 180,5 Kb.
bet8/15
Sana12.01.2022
Hajmi180,5 Kb.
#337866
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
1-mavzu. Hasharotlar ekologiyasi fani rivojlanish tarixi

Hasharotlarning o’simlikga zarar yetkazishini quyidagi tiplarga bo’linadi.

1.Hasharotning o’simlikga tayyorgarlik ko’rmasdan zarar yetkazadi. Yani hasharotning u yoki bu qismi bilan natural holatda oziqlanadi. Bu quyidagicha bo’ladi. 1.barg va uning qismlarini zararalassh . qo’pol zararlash bunda kemiruvchi hasharot bargni hammasini yeydi. Bularga chigirtkasimonlar ko’pchilik kapalaklar lichinkasi, arrakashlar va bazi bir qo’ng’izlar kiradi. Tanlab zararlash –kemiruvchi barg chetini yesa -chetidan zararlanish , bargini teshib , o’yib yesa – teshikli zararlanish deyiladi . masalan , ko’pchilik bargxo’r qo’ng’izlar, bazi bir kapalak qurtlar . hasharot barg tomirlariga tegmay etini va terisini yesa barg skletlanishi . hasharot bargning ayrim uchastkalarini yesa-yu ammo yeyilgan joyning ustki yoki ostki pardasiga tegmasa bunday bunday zararlanish darchasimon zararlanish deyiladi. Ko’pchilik bargxo’r qo’ng’izlarning lichinkalari, arrakashlarning soxta qurtlari va boshqalar bunga misol bo’ladi .

Hasharot bargning bir joyidan epidermasini teshib qirqib , parenxemani yeb epidermasiga tegmay zararlansa bunday zararlanish minalash deb ataladi. Misol lavlagi pashshasi lichinkalari turli xil murakkab yo’llar hosil qiladi. Bazi bir so’ruvchi hasharotlar bitlar, qandalalar tripslar va boshqalar barg so’rish natijasida bargda turli xil qo’ng’ir , sariq , oq va boshqa rang dog’lar xosil qiladi.

O’simlikskelt qismlari –tana novda va shoxlarni zararlash.O’simlikning yog’och, lub yoki po’stlog’ida uzun mo’ylov qo’ng’izi, po’stloqzor qo’ng’izining lichinkalari turli xil murakkab yo’llar hosil qiladi.

Hasharot lichinkalari o’simlikning novda tana va shoxlari ichida ovqatlanishi natijasida o’simlikning yumshoq qismlari shakli o’zgaradi.Bunday zararlanishga novda,tana,shoxlar defarmatsiyasi deb aytiladi.

O’simlik ildizlarining zararlanishiga buzoqboshi,simqurtlar va uzunburun qo’ng’izlarning lichinkalari o’simlik ildizlarini ustki tomonidan kemirishi yoki har xil shaklda ichki yo’llarini hamda ildiz uchlarida tugunak bakteriyalarni hosil qilishi kiradi.

O’simlikning generativ orgonlari va barg kurtaklarining zararlanishiga bazi bir kapalaklar lichinkalari o’simlik qurtlarini tashqi va ichki tomonining kamayishi, g’o’za tunlamalarining g’o’za ko’sagini va gullarini zararlanishi olma qurtining olma va boshqa daraxtlar mevasini zararlashi kiradi.

.Substratni ovqatlanish uchun mexanik tayyorgarlik bilan zararlash ularga olma kuysi,dub barg o’ramchisi, tilla qo’ng’iz lichinkalari o’simlik barglarini tolalari bilan o’rab,uyalar qurib o’simlikni zararlashi kiradi.

Tirik substratni ovqatlanish uchun fiziologik tayyorgarlik bilan zarar yetkazish.Ularga Hasharot lichinkalari,o’simlik tana,novda ,shoxlari va mevalari,barglarida to’qimalarning ovqatlanishi natijasida buzilishidan hosil bo’lgan tugunak shishchalarga aytiladi.

Hasharotlar bilan o’simliklar o’rtasidagi o’rtasidagi o’zaro munosabat hashoratning o’simlikka yetkazadigan zarari bilan cheklanib qolmasdan balki hashoratlarning o’simlik dunyosiga ko’rsatadigan tasiriga ham bo’g’liq.

Yuqori gulli o’simliklarning ko’pchiligi faqat hashoratlar yordami bilan chetdan changlanishga moslashgan.Hashoratlarning changlatuvchilar sifatidagi ro’li tubandagi misollar bilan yaxshi nomoyish qilinadi.Asalari uyalari paxtazor yoki olmazor bog’lariga qo’yilganda paxta va olma hosili 7-8% ga oirtishi aniqlangan.Masalan,Yangi Zelandiyahga tukli ari keltirilmaguncha qizil sebargali archadan urug’ olish mumkin bo’lmagan.

O’simlik gullarining tuzilishi va ularda nektarining bo’lishi changlatuvchi hashoratlarga bog’liq va xashoratlar og’iz apparati hamda qismlarining tuzilishi,o’z navbatida,gullar tuzilishiga moslashgan.

Hasharotlar o’rtasidagi shuningdek Hasharotlar bilan biosenozning boshqa hayvonlar o’rtasidagi xilma-xil o’zaro munosabatlari quydagicha guruppalarga bo’linadi.

Simbioz yoki o’zaro foyda keltirish bilan birga yashash,masalan:chumoli-Formica cinera Mayr,ko’k kapalak-Lycaena argus L.qurtidan chiqadigan shirin sharbatni yeb qurtni yirtqich va parazitlardan himoya qiladi yoki chumolilar o’simlik bitlaridan chiqqan shirani yalaydi va o’simlik bitlarini dushmandan saqlaydi va boshqalar.

Sinoykiya-birga yashovchilar turining biriga foydali va ikkinchisiga axamiyatli bo’lmagan hamhonalik,masalan,bir indan birga foydalanish yoki yirik turlar mayda turlarni o’z ustida olib yurib,ularni tarqalishini osonlashtiradi.

Kommensalizm yoki tekinxorlik-bundabitta Hasharot ikkinchi Hasharot tayyorlagan oziqa zapasi hisobiga yashab o’z navbatida,unga hech foyda keltirmaydigan hamxonalik.Masalan,Meloidae oilasiga kiruvchi qo’ng’izlar lichinkasi yolg’iz yashaydigan yavvoiy asalarilar uyasida yashab,asalarilar o’z lichinkalari uchun tayyorlagan chang va asalni yeydi.

.Parazitizm - bunda “xamxona” xo’jayinni talon-taroj qilibgina qolmay balki uning ham o’ziga hujum qiladi.Hashoratlar o’rtasida parazitizm hodisasi juda xilma-xil bo’ladi.Hashoratlar boshqa hayvonlarda qanday parazitlik qilsa,boshqa hayvonlar ham(masalan,qurtlar)hashoratlarda shunday parazitlik qiladi.Ko’pincha Hasharotlar Hasharotlarda parazitlik qiladi.

O’z xo’jayinining tanasi ustida oziqlanuvchi parazitlarga ektoparazitlar yoki sirtqiparazitlar deb aytiladi.Masalan:qon so’ruvchi chivin,taxta qandalasi,gobrobrakon paraziti,burga va boshqalar kiradi.

Xo’jayin tanasi ichida yashovchi parazitlar endoparazitlar yoki ichki parazitlar deb aytiladi.Ko'k qurt tanasi ichida parazitlik qiluvchi apant haseles,ot oshqozonida yashovchi so'naning lichinkasi va bo'shqalar.Ko'pgina pardaqanotlilar va ikki qanotlilar lichinkalari kiradi.

Parazit xolda yashaydigan hashoratlarning o’z paraziti ham bo’lishi mumkin,bu parazitlar ikkilamchi tartibdagi parazitlar deb aytiladi.Ikkilamchi parazitlarning ham o’z paraziti bolishi mumkin,ular uchinchi tartibdagi parazitlar aytiladi.

Xo’jayin bilan parazitlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar xilma-xil va murakkabdir. Agar biror hasharot qishloq xo’jaligi o’simliklari zararkurandalarida parazitlik qilsa,bu Hasharot foydali bo’ladi,ammo ikkinchi tartibdagi parazit zararkuranda hisoblanadi,uchinchi tartibdagi esa foydali hisoblanadi.Tabiatda shunday xodisalar ham uchraydiki,ayrim tur parazitlar,ham birlamchi,ham, ikkilamchi bo’lishi mumkin.Parazitlar monafag bo’lishi,yani malum xo’jayin hisobiga yashashi va polifag,yani har xil xojayinlar hisobiga yashashi mumkin.

Yirtqichlik-bularga xonqizi,vizilloq,qo’ng’iz hashoratxo’r qushlar,ko’rshapalak va boshqalar kiradi.Yirtqich hashoratlar odatda o’z turining vakiliga xujum qilmaydi,biroq ularni bazilari yeyaveradi. Bunday hodisa kanibalizm deyiladi.Bunga go’za tunlami qurtlarining bir-birini yeyishini misol qilish mumkin.

Qul asrash-xamxonalikning bir turi bo’lib,faqat chumolilarning bazi turlari orasida uchraydi.Bir indagi chumolilar boshqa indagi chumolilarning lichinkalari va g’umbaklarini olib ketadi va bu lichinka hamda g’umbaklarni o’stirib ulardan ishchi chumoli yetishtiradi (bu ishchi chumolilarni kengaytiradi hamda uyadagi ishchi chumolilar bilan birga ishlaydi).


Download 180,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish