5-Mavzu. Umumiy jismoniy tayyorgarlik va jismoniy sifatlarni takomillashtirishda harakatli o`yinlarni ahamiyati va tutgan o`rni.
Reja:
1. Umumiy jismoniy tayyorgarlik
2. Jismoniy sifatlarni takomillashtirishda harakatli o`yinlarni ahamiyati va tutgan o`rni
Jismoniy tarbiya darslarida harakatli o'yinlardan 1-9- sinf o'quvchilari uchun jismoniy tarbiya dasturi talablariga mos ravishda ta'lim va tarbiyaviy, sog'lomlashtirish vazifa- larini hal etishda foydalaniladi.
Ta'limiy vazifalarga quyidagilar kiradi: yugurish, sak- rash, uloqtirish va boshqa harakatlarga oid tabiiy malakalar- ni hosil qilish, shuningdek, girnnastika, yengil atletika, sport o'yinlari va kross mashg'ulotlari.
Tarbiyaviy vazifalar quyidagilardan iborat: jismoniy si- fatlarni (tezlik, chaqqonlik, chidamlilik, kuch, egiluvchan- lik), jamoaviylik, ahillik, birdamlik sifatlarini tarbiyalash.
Sog'lomlashtirish vazifalari quyidagilardan iborat: bolalar organizmini normal shakllantirish va rivojlantirishga yordam berish, salomatligini mustahkamlash.
O'yinni tanlash o'qituvchining dars oldidan qo"yilgan pedagogik vazifasiga bog'liq.
Masalan, agar dars vazifasi - kichik maktab yoshidagi bolalarga yugurib kelib uzunlikka sakrashni o'rgatish bo'lsa, unda «Bo'ri zovurda» o'yinidan foydalanish mumkin. Ko'krakdan to'pni otish va uni yuqoridan ikki qo'llab tu- tish malakasini hosil qilish uchun «To'pni uzatdingmi, o'tir» yoki «Qarama-qarshi» estafeta o'yinidan foydalansa bo'ladi.
Tarbiyaviy va ta'limiy vazifalar o'zaro bog'liq. Masalan, balandlikka sakrash mashqlari o'quvchilarda o'z kuchiga ishonch, jasurlik xislatlarni tarbiyalaydi. Harakatli o'yinlardan key in yugurish, sakrash, murakkab koordinatsi- ya talab qiladigan mashqlarni bajarish tavsiya qilinmaydi.
Harakatli o'yinlar darsning qaysi qismiga kiritilgan bo'lsa, ular darsning shu qismi vazifasiga mos kelishi ke- rak. Birinchidan, darsning tayyorgarlik qismida u qadar ko'p harakat talab qilmaydigan va murakkab bo'lmagan umum- rivojlantiruvchi mashqlar jamoa diqqatini tortishga yordam beradi («Taqiqlangan harakat», «Sinf, tik turing», «To'p or- qasidan quvlash» kabi o'yinlar 3 - 5-sinf o'quvchilariga mos keladi). Ikkinchidan, darsning asosiy qismida ko'p harakat talab qiladigan o'yinlardan foydalanilsa, ularda harakat ma- lakalari to'g'ri shakllanib, o'yin jismoniy va iroda sifatlarini tarbiyalashga, salomatlikni mustahkamlash, qon aylanishi va nafas olish funksiyasini yaxshilash, jismoniy rivojlanish darajasini oshirishga yordam beradi. Darsning uchinchi, yakuniy qismida asosiy qismda berilgan yuklamadan keyin faol dam olishga yordam beruvchi o'yinlar, diqqatni jam- lashga, darsning asosiy qismidagi qizg'in faoliyatdan keyin shug'ullanuvchilar organizmini nisbatan tinch holatga kel- tirishga yordam beradigan, kam va o'rtacha harakat talab qiladigan o'yinlardan foydalanish maqsadga muvofiq. «Top, bu kimning ovozi?» (1 - 2-sinflar uchun), «Kim keldi?» (3-4-sinflar uchun) «Sinf, tik turing» (5 - 7-sinf), «Uchuvchi to'p» (8 - 9-sinf) kabi o'yinlar shular jumlasidan.
Darsda vaqtni to'g'ri taqsimlash zarur. Uni shunday tash- kil qilish kerakki, o'quvchilar har bir daqiqadan zavq olish- sin. Buning uchun o'yinlarda ularning birdek faol ishtirok etishini ta'minlash maqsadga muvofiq.
Masalan, estafetada navbat bo'yicha harakat qilishga to'g'ri kelsa, har bir qatnashchi o'yinda faol ishtirok eti- shi uchun imkon boricha kam vaqt sarflashi kerak. Bunday holda o'yinchilarni ko'proq jamoalarga bo'lish, topshiriq vaqtini chegaralash, yugurish masofasini qisqartirish kerak bo'ladi.
Agar yutqazgan o'yinchi o'yindan chiqsa, uning o'yindan chetda bo'lish muddatini iloji boricha qisqartirish kerak.
O'yin uchun muayyan vaqt belgilash va unga qat'iy ri- oya qilish talab etiladi. O'quvchilarning o'yinni turlicha o'zlashtirganligi, kayfiyati, oldindan hisobga olinmagan toliqish kabi sabablarga ko'ra belgilangan vaqtdan cheki- nish yoki uni o'zgartirish mumkin. O'yinni tashkiliy jihat- dan yakunlab, ortiqcha vaqt sarflamay, keyingi mashqlarga o'tish kerak. Darsda o'yin uchun yaxshi sharoit yaratish o'quvchilarni sog'lomlashtirishga yordam beradi. Imkon boricha, o'yinlar maydonchada, ochiq havoda o'tkazilgani ma'qul. Bino ichida o'tkazilsa, u holda ko'proq sharoit yara- tilishi kerak. Shifokor ko'rigidan keyin asosiy guruhga kiri- tilgan bolalar yoshi va tayyorgarligiga mos barcha harakatli o'yinlarda qatnashishlari mumkin. Maxsus tibbiy guruhga kiritilgan, ya'ni yurak va boshqa organlar faoliyatida nuqsoni bo'lgan bolalar harakatlarini chegaralab, ularning o'yinlarda faol ishtirok etish ishtiyoqini so'ndirish yaramaydi. Shu bilan birga ular o'ziga mos harakatli o'yinlarga jalb qilinadi.
Maktab jismoniy tarbiya darslarida harakatli o'yinlardan samarali foydalanish uchun o'qituvchi o'quv yi- lining boshida puxta reja tuzishi zarur. Albatta, ushbu rejada umumta'lim maktablarining jismoniy tarbiya dasturida yil davomida sinflar bo'yicha berilgan o'yinlar ro'yxatiga rioya qilish kerak. Berilgan o'yinlar ro'yxati o'qituvchi tomoni- dan, maktabning ish sharoitidan kelib chiqqan holda, ya'ni shug'ullanuvchilar tayyorgarligiga, mashg'ulot joyi yoki xo- nasi, sport turlari bo'yicha asbob-anjomlarni hisobga olgan holda o'zgartirilishi mumkin. O'yinlarni choraklar bo'yicha taqsimlashda har bir chorakdagi ish sharoiti hisobga olinishi shart. Birinchi va to'rtinchi chorakda maktab maydonchasi- da, ochiq havoda mashg'ulot o'tkazish imkoniyati mavjud. Shuning uchun bu choraklarda, katta joy talab qiladigan o'yinlarni rejalashtirish maqsadga muvofiq («Uysiz quyon», «Hamma o'z bayroqchasiga», «Zuv-zuv», «Qirq tosh» kabi). Ikkinchi, uchinchi mashg'ulot bino ichida o'tkaziladigan, ya'ni katta joy talab qilmaydigan o'yinlar rejalashtirilishi lozim.
1 - 2-sinf o'quvchilari uchun bir yilga taxminan 80-85 ta o'yin tavsiya etiladi. 3 - 4-sinf p'quvchilariga 40-50 ta, 8 - 9-sinflar uchun 30^40 ta o'yin belgilanishi mumkin. O'tilganlarni takrorlash va yangi o'yinlarni o'rgatish ham shu hisobga kiritiladi. O'yin choraklar bo'yicha teng ra- vishda taqsimlanmay, balki ular soni chorak uzunligiga va unda qo'yilgan vazifaga bog'liq bo'ladi. Yangi o'yin materi- ali asosan birinchi, ikkinchi choraklarda va uchinchi chorak oxirida o'rgatiladi. Birinchi chorak boshida va oldingi o'quv yilida o'tilgan o'yinlarni o'zgartirib yoki boshqa variantda o'tib mustahkamlanadi. To'rtinchi chorakda esa o'rganilgan o'yinlar asosan mustahkamlanib, shu o'quv yilida o'tilgan o'yinlar takomillashtiriladi. Choraklarni xuddi shunday darslar bo'yicha rejalashtirishda o'yinning o'tish ketma-ket- ligi va ularning takrorlanishini nazarda tutish kerak. Masa-lan, o'quvchilarni sport o'yinlariga tayyorlashga yordam be- radigan harakatli o'yinlarni murakkab elementlarni hisobga olgan holdagi ketma-ketlikda o'tkazish kerak.
Jismoniy sifatlarni tarbiyalashda harakatli o‘yinlaming ahamiyati juda katta: tezlik, epchillik, kuch, chidamlilik, egiluvchanlik shu bilan birga, harakatli o‘yinlarda jismoniy sifat kompleks ravishda rivojlanadi.O‘yinda doimiy ravishda o‘zgarib turadigan vaziyat o‘yin qatnashchilaridan bir harakatdan boshqa harakatga tezda o‘tishni talab qiladi va epchillikni tarbiyalashga yordam beradi. Tezkor-kuch yo‘nalishdagi o‘yinlar kuchni tarbiyalaydi.
Birinchi faoliyatda o'yin mavjud, u shaxsni shakllantirishda kat-ta rol o'ynaydi.
Bolalar o'yin yordamida to'plangan tajribalarida bilim o'z aksini topgan bo'lib, hayot to'g'risidagi voqealarni ifoda etilganligi haqi-dagi o'zlarining tasavvurlarini mustahkamlaydi va chuqurlashtiradi. Bolalar xuddi kattalardek faoliyatlari jarayonida olamni bilib oladilar.
Mamlakatimiz pedagoglari o'sib kelayotgan yosh avlodni hayotga tayyorlashda harakatli o'yinlarning ta'limiy ahamiyati kattaligini qayd qiladilar, chunki bola o'yinda rivojlanadi.
O'yin bilan shug'ullanish o'yin qatnashchilarining yangidan-yangi his-tuyg'uni tasavvur etishlarini va tushunchalarini boyitib boradi.
O'yin yordamida pedagoglar bolani har tomonlama rivojlanishiga yordam beradi. Ular uning tasavvur etish tushunchalarini kengaytiradi, kuzatuvchanlikni, ziyraklikni, zehn o'tkirligini, tahlil qilishni bilishni, ko'rganlarini taqqoslashni va ommalashtirishni rivojlantiradi, shu asosda uning atrofini o'rab turganlar orasida kuzatiladigan hodisa-lardan xulosa chiqaradilar.
Alohida sport turlari harakat tuzilishi bo'yicha (sport o'yinlari, yengil atletika, gimnastika, kurash, suzish va boshqalar) o'xshash bo'lib, o'yin ta'limiy ahamiyatga egadir. Bunday o'yinlar u yoki boshqa sport turlarida malakalarni hamda avvaldan o'rganilgan texnik va taktik usullarni mustahkamlash va takomillashtirishga yo'naltirilgan.
Harakatli o'yinda makon (joy) va zamon munosabatlarini to'g'ri baholash qobiliyatini rivojlantiradi hamda o'yinda tez-tez o'zgarib turadigan vaziyatning yuzaga kelishi ta'siriga tez va to'g'ri javob beradi. Harakatli o'yinlarda to'g'ri stereotip harakatni tarbiyalash juda muhimdir, chunki uni keyin to'g'rilash juda qiyin kechadi.
Joylarda yoz va qish sharoitlarida o'tkaziladigan harakatli o'yinlar: bolalar oromgohlarida, dam olish joylarida, safarda, sayrga chiqqanda katta ta'limiy ahamiyatga ega.
Joylarda o'tkaziladigan o'yinlar sayohatchi, razvedkachi iz-quvarlarga zarur bo'lgan ta'lim malakalariga yordam beradi.
Katta bo'lmagan buyumlar bilan harakatli o'yinlarni o'tkazish (kichik koptoklar, qopchiqlar, gimnastik tayoqcha, bayroqchalar) teri va mushak-harakat sezgirligini oshiradi, qo'l va barmoq harakat
funksiyalarini takomillashtirishga yordam beradi, u ayniqsa kichik maktab yoshidagi va maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar uchun juda zarurdir.
Bizning mamlakatimizda xalq milliy o'yinlari bilan o'quvchilarning tanishtirib borilishi juda katta ta'limiy ahamiyatga ega. Ular bolalarni millatimiz madaniyati va ularning urf-odatlari bilan tanishtiradi.
Harakatli o'yinlarda o'yin qatnashchilariga alohida rollarni baja-rishga to'g'ri keladi (o'yinboshi, ochkolarni hisoblaydigan hakam, hakam yordamchisi, o'yin tashkilotchisi va boshqalar). Bu ularda tashkilotchilik bilan va malakalarni rivojlantirishga yordam beradi.
Harakatli o'yinlar bo'yicha o'tkaziladigan musobaqalar o'yin qatnashchilarini musobaqani tashkil qilish va o'yin qoidalari bilan tanishtiradi. Bu bilim va malakalar bolalarning mustaqil ravishda musobaqani o'tkazishlariga yordam beradi.
Agar pedagog, tarbiyachi, yetakchi bunga keraklicha diqqat-e'tiborini qaratadigan bo'lsa, unda o'yinning ta'limiy tomoni yetarli darajada bo'ladi.
Jismoniy sifatlarni tarbiyalashda harakatli o'yinlarning ahamiyati juda katta: tezlik, epchillik, kuch, chidamlilik, egiluvchanlik shu bilan birga, harakatli o'yinlarda jismoniy sifat kompleks ravishda rivojlanadi.
Ko'pchilik harakatli o'yinlarda o'yin qatnashchilaridan tezlikni (tez qochib ketish, quvlab yetish, tovush, ko'rish signaliga bir onda javob berish) talab qiladi.
O'yinda doimiy ravishda o'zgarib turadigan vaziyat o'yin qatnashchilaridan bir harakatdan boshqa harakatga tezda o'tishni talab qiladi va epchillikni tarbiyalashga yordam beradi. Tezkor-kuch yo'nalishdagi o'yinlar kuchni tarbiyalaydi.
Zo'r g'ayrat bilan qilingan harakat, ko'proq kuch va energiyani sarf qilish bilan bog'liq bo'lgan o'yinlar chidamlilikni rivojlantiradi.
Harakat yo'nalishini tez-tez o'zgartirish bilan bog'liq bo'lgan o'yinlar egiluvchanlikni rivojlantirishga yordam beradi.
Bolani ma'naviy tarbiyalashda harakatli o'yinlar juda katta aha-miyatga egadir. Harakatli o'yinlar jamoa xarakteridagi deb nomlanadi,shu bilan birga bolalarni jamoa faoliyatiga o'rgatadi. O'yin bolalarda o'rtoqlik hissini, bir-birini qo'llashni va do'stlarni bir-birlarining harakatlariga javobgarlikni rivojlantiradi. Bola jamoa o'yinida qat-nashib, jamoa manfaatini ko'zlab o'zlarining qiziqishlari bilan fido qiladilar: yaxshi holatda turgan o'rtog'iga to'pni in'om qilish, «asir»ga tushirgan o'rtog'ini qutqarishga harakat qilish va shunga o'xshash. O'yin asta-sekin bir-birining harakatini qo'llashni va do'stlik tuyg'u-sini tarbiyalaydi. Maktabgacha tarbiya bolalaridan to kichik maktab yoshidagi bolalargacha bo'lgan o'yinda faqat o'zlarining harakatlarini o'rtoqlarining harakatlari bilan o'zaro moslashishini talab qiladi. O'yinda keyinchalik bir-birlarini qo'llash, o'rtog'iga yordam berish namoyon bo'ladi va nihoyat oxirida o'z jamoalari, jamoa shakllanadi.
O'yinda o'ziga xos bo'lgan harakat bitta o'yinchi boshqasiga, bir jamoa boshqa jamoaga qarshi harakatidir. Shu bilan bog'liq bo'lgan o'yinchilarning oldida, o'z vaqtida hal etishni talab qiladigan turli-tuman vazifalar kelib chiqadi. Buning uchun qisqa vaqt ichida kelib chiqqan vaziyatni baholashda turli harakatni tanlash va uni bajarish zarur. Bu o'yinchini o'z-o'zining kuchini bilishga yordam beradi.
O'yinchilar o'rtasidagi o'zaro aniq munosabat musobaqalashish, kurashish, nafaqat o'zaro hamkorlikni, psixologik o'zaro moslash-ganligini umumiy xarakteri bilan ko'pchilik o'yin harakatlarini jadallik bilan bajarish xususiyati va kuchlanishni umumiy katta-kichikligi, ayrim kechinmalari o'tkirligi bilan aniqlanadi.
O'yin qoidalari ongli intizomni, o'zini tuta bilishni, kuchli qo'z-g'alishdan keyin «o'zini qo'lga olishni» bilish, o'zining birdan egallash, jo'sh urib ketishini tarbiyalashga yordam beradi.
Harakatli o'yinlar bolalarni san'atga va badiiylikka tarbiyalashga ham yordam beradi. Bolalarda ijodiy badiiylikni birinchi bor namoyon bo'lishi o'yin shaklida qabul qilinadi. Bolalar o'yinida xususan maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalarda ijodiy tasavvur etish katta o'rin egallaydi: oddiy tayoqchani ot qilib minish, velosi-ped, miltiq va qilich bo'lishi mumkin. G'o'la shaklidagi o'yinlar va syujetli mazmuni bilan tashkil qilingan harakatli o'yinlarni tasavvur etishni riojlantiradi.
O'yin atrofidagi muhitning o'yinchilarga ta'siri, bolalarning rollarni ijro etishda ijodiy tasavvurni shakllantirishga qaratilgan. Bun-day o'yinlar jarayonida ijodiy tasavvur qilish rivojlanadi va tako-millashib boradi. Ular sezishni va idrok qilishni rivojlantirishga yordam beradi, atrofni o'rab turgan buyumlarni va uni barcha o'zaro aloqasi paydo bo'lishini qabul qilishni o'rgatadi, uni o'rab turgan atrofidagi muhitni bilish va bolalarda yangi taassurot yaratadi, kuzatuvchanlikka, shuningdek, mantiqiy fikrlashga o'rgatadi.
Musiqa jo'rligi bilan tashkil qilinadigan o'yinlar bolalarning musiqaga bo'lgan qobiliyatini rivojlantiradi. Pedagog bolalarda mu-siqa qobiliyatini tarbiyalashda o'yin metodidan foydalanadi: musi-qa sadolari ostida harakat bilan o'tkaziladigan o'yinlar musiqa shakllarini va xarakterini yaxshi egallashga yordam beradi.
Bola o'yinda o'zining barcha shaxsiy sifatlari va xususiyatlari ma'lum bo'ladi. O'yin jarayonida shaxsiy o'ziga xos xususiyatlarini namoyon bo'lishi har bir bolani yaxshi bilishga yordam beradi va bizga kerakli yo'nalishda rivojlantirishga ta'sir ko'rsatadi. Faqatgina bitta faoliyat, o'yinday ravshan va o'quvchini shaxsiy xarakter chiziq-larini har tomonlama ochib bermaydi. Bolani o'yinga berilib yoki qiziqib ketishini o'zining har tomonlama xarakteridan topib oladi. Sinfida bolalarga aralashmaydigan bola o'yinda o'zini mutlaqo bosh-qacha namoyon qiladi. Bular barchasi g'oyat muhim bo'lganligi uchun bolalarga to'g'ri shaxsiy yondashish kerak. Harakatli o'yinlar «Alpomish» va «Barchinoy» test me'yorlarini topshirish uchun zarur bo'lgan, u yoki bu sifat va malakalarni takomillashtirishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |