Maydonni belgilash
Agarda maydon belgilash uchun ko'p vaqt talab qilinadigan bo'lsa, unda buni o'yinni boshlanishiga qadar bajarish kerak. Belgilash murakkab bo'lmasa, unda o'yin mazmunini gapirib berish bilan bir vaqtda uni boshlashdan oldin bajarish mumkin, gapirib berish vaqtida faqatgina belgilangan chegarasini ko'rsatish mumkin. Tez-tez takrorlanadigan o'yin uchun maydonchada doimo bo'lib turadigan belgi chizish mumkin.
O'yin uchun ajratilgan belgilar aniq chizilgan bo'lishi shart, buning natijasida o'yinga berilib ketgan bolalar orqasidan osongina kuzatish imkoniyatiga ega bo'linadi. O'yin uchun chizilgan chiziq to'siqdan, devordan yoki boshqa buyumlardan 3 m dan kam bo'lmasligi kerak, aks holda bolalar shikastlanishlari mumkin. Bu, eng avvalo, yugurib o'tish bilan o'ynaladigan o'yinlarda juda muhim-dir, chunki bunda juda katta guruh o'yin qatnashchilari bir vaqtning o'zida «uylar» chegarasidan yugurib o'tadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |