Ba’zi moliyaviy aktivlarning likvidligiga cheklovlar о‘rnatish ya’ni naqd pul aylanmasini cheklash orqali ham moliyaviy tizimga ta’sir kо‘rsatish mumkin. Birinchi navbatda, sobiq sotsialistik mamlakatlarga xos bо‘lgan bunday cheklash naqd pul bilan naqd pulsiz mablag‘lar qiymati о‘rtasidagi tafovutning vujudga kelishiga hamda mamlakat moliyaviy tizimiga bо‘lgan ishonchning pasayishiga olib keladi. Bunday siyosat natijasida pul massasi tarkibida naqd pul ulushining kо‘payishi va bank tizimi moliyaviy mablag‘lari hajmining kamayishi yuz beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |