Rivojlangan mamlakatlar hukumatlari ham moliyaviy soha faoliyatiga aralashuv siyosatini о‘tkazib, kredit oqimlariga ta’sir kо‘rsatmoqchi bо‘ladilar. Lekin foiz stavkalari va kredit ustidan nazorat rivojlanayotgan mamlakatlarga qaraganda nisbatan past darajada bо‘lib, bunda asosiy e’tibor moliyaviy tizim barqarorligini ta’minlovchi choralarga qaratiladi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda aksariyat holatlarda davlat nazorati va aralashuvi maqbullik chegarasidan chiqib ketayotganligi kuzatiladi. Bu mamlakatlarning hukumatlari kreditlarni joylashtirish faoliyatida yetakchi о‘rinni egallamoqchi bо‘ladilar. Kо‘pincha bir mamlakatning о‘zida bir vaqtda harakat qiluvchi dasturlar doirasida turli foiz stavkalari, kreditlarni sо‘ndirish muddatlari va muvofiqlik mezonlari kо‘zda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |