Jahon bankining ikkita bо‘limi qarzlar berish bilan shug‘ullanadi. Eng yirik bо‘lim - Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB) hozirgi davrda jahon foiz stavkalariga bog‘langan suzuvchi foiz stavkalarida kreditlar beradi. Bu XTTBning dastlabki faoliyat konsepsiyasidan aniq chetga chiqishdir: u dastlab rivojlanayotgan davlatlarni foiz stavkalari tebranishlaridan himoyalash va bu guruhdagi davlatlarga beriladigan qarzlarni qisman о‘z fondlari va qisman sanoati rivojlangan donor davlatlarning yordami hisobiga subsidiyalashni maqsad qilgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |