Energetik kambag‘allik kо‘lamini qisqartirish. 2000 yilda BMTning sammitida qabul qilingan Ming yillik maqsadlariga erishish tarkibida barcha mamlakatlarning energiya resurslari ta’minotiga bо‘lgan imkoniyatini oshirish masalasi ham kо‘rilgan.
Energetik kambag‘allik muammosini yechmay turib, umuman olganda kambag‘allik hajmini radikal holatda qisqartirishga, sog‘liqni saqlashni rivojlantirishga, insonlarni toza ichimlik suvi bilan ta’minlashga, sanitar holatlarni yaxshilashga, qishloq xо‘jaligi samarasini oshirishga va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish samarasini oshirishga, rivojlanayotgan mamlakatlardagi korxonalarga investitsiyalarni jalb etish hisobiga yangi ishchi о‘rinlarini yaratishga erishib bо‘lmaydi.
Yonilg‘i-energiya mahsulotlarini narxi oshishi hisobiga sodir bо‘lgan makroiqtisodiy shoklarni rivojlanayotgan mamlakatlar yenga olishiga yordam berish va aholini kambag‘al qatlamini energiya ta’minotiga bо‘lgan imkoniyatini yaxshilash bо‘yicha tezkor chora-tadbirlarni qо‘llash muhimdir.
Energetika-mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikning muhim qismidir. Energiya resurs bozorlari faqatgina lokal tarmoqda mavjud bо‘lgan holatlari qadimda qoldi. Avval neft, keyinchalik gaz bozorlari mintaqaviy, sо‘ngra global holatda rivojlana boshlandi.
Neft va gaz faqatgina xalqaro savdoda muhim omil bо‘lishidan tashqari, energiya resurslarini ishlab chiqaruvchi va iste’mol qiluvchi davlatlar о‘rtasida о‘zaro iqtisodiy ta’sir etuvchi muhim omilga ham aylandi.
Ushbu masalalarni hal etishda Yevropa Ittifoqining energetika jamg‘armasi alohida о‘ringa ega bо‘lib, u:
• energetik yetishmovchilikni yengib о‘tishga qaratilgan loyihalarni qisman moliyalashtirishga qaratilgan grantlar ajratadi;
• mahalliy energiya manbalarini ishlatishda hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini energetik samarasini oshirish va tejash doirasida rivojlanayotgan davlatlarga ilg‘or texnologiyalarni berishga yordam beradi.
Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida kelishilgan energetik siyosatni xalqaro forumlarni tashkil etish orqali hamkorlikni amalga oshiradi. Shanxay hamkorlik tashkilotining qabul qilingan Xartiyasida (1-modda) energetika sohasida samarali mintaqaviy hamkorlikni rag‘batlantirish asosiy vazifalaridan biri deb e’tirof etilgan. Bu borada Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning vazirliklari va idoralari energetika sohasida tayyorlangan loyihalarni amalga oshirish ishlari boshlab yuborildi.
Neft-gaz konlarini aniqlash va neft-gaz transport yо‘laklarini qurish sohalarida ushbu tashkilotda hamkorliklarni amalga oshirishga alohida e’tibor berilmoqda, Shanxay hamkorlik tashkilotining energetik konsepsiyasida energiya xom ashyosini (neft, tabiiy gaz) ishlab chiqaruvchi (Rossiya, Qozog‘iston, О‘zbekiston) va uni iste’mol qiluvchi mamlakatlar (Xitoy, Tojikiston, Qirg‘iziston) e’tirof etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |