5.3. Milliy xо‘jaliklar о‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish
Integratsiyalashuv mamlakatlar о‘rtasidagi (avvalambor xalqaro mehnat taqsimoti asosida) barqaror о‘zaro aloqalar rivojlanishi jarayoni va qayta ishlab chiqarishning milliy xо‘jalik doirasidan chetga chiqishidir. Xalqaro mehnat taqsimoti - mamlakatlar о‘rtasida mehnatni ijtimoiy-hududiy taqsim qilishni rivojlantirishning ma’lum mahsulot ishlab chiqarishni alohida mamlakatlarda barqaror konsentratsiya qilishni nazarda tutuvchi yuqori bosqichidir.
Baynalmilallashuvning о‘sishiga, ayniqsa, transmilliy korporatsiyalar (TMK) faol kо‘maklashadi. TMK chet ellarda о‘z aktivlariga ega bо‘lgan milliy monopoliyalardir. Ularning qayta ishlab chiqarish va savdo-sotiq faoliyati doirasi bir davlat doirasidan chiqib ketadi. Ishlab chiqarish va kapitalning baynamilallashuvi “yirik kompaniyalarning chet elda korporatsiyalarni transmilliy korporatsiyalarga aylantirish yо‘li bilan xо‘jalik aloqalarini ekspansiya qilish” xususiyatiga ega bо‘la boshlaydi. Kapitalni olib chiqish xalqaro korporatsiyalarni tuzish va rivojlantirishda muhim omilga aylanadi.
YUNKTAD ekspertlarining ta’kidlashicha, kompaniyalarning qо‘shilishi va ularning sotib olinishi, ayniqsa G‘arbiy Yevropada avj oldi. Bu, birinchi navbatda, iqtisodiyotning energetika, telekommunikatsiya, farmatsevtika sanoati va moliyaviy xizmatlar kabi sohalarini qamrab oladi.
Hududiy mehnat taqsimotining ikki turi mavjud bо‘lib, bular:
Mintaqalararo - bir mamlakatning turli mintaqalari о‘rtasidagi mehnat taqsimoti;
Xalqaro - turli mamlakatlar о‘rtasidagi mehnat taqsimoti.
Tarmoq ichidagi ixtisoslashuv keng tarqalib bormoqda. Ilmiy-texnik inqilobning turli mamlakatlarda turli darajada ekanligiga qaramay uning hozirgi bosqichi ham bozor, ham ishlab chiqarishni baynamilallashtirishni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqmoqda. ITI zamonaviy qayta ishlab chiqarishda tashqi iqtisodiy aloqalarning roli о‘sishini keltirib chiqaruvchi mustaqil omil sifatida namoyon bо‘lmoqda. Boshqa davlatlardan ajralgan holda u yoki bu mamlakatda fan va texnikaning rivojlanishi muvaffaqiyatli bо‘lishi mumkin emas. Keyingi yillarda turli mamlakatlarning firmalari о‘rtasida kooperatsiyalashuvning jadal rivojlanishi yirik xalqaro ishlab chiqarish-investitsiya komplekslarining paydo bо‘lishiga olib keldi, ularni tuzish tashabbuslari kо‘pincha TMKlar hisoblanadilar. Ular uchun firma ichidagi mehnat taqsimoti milliy chegaralardan chiqib ulgurdi va mohiyatan xalqaro mehnat taqsimotiga aylandi. Shu asosida milliy iqtisodiyotlarning ochiqligi darajasi oshib bormoqda. Ochiq iqtisodiyot mamlakatning jahon xо‘jalik aloqalariga yanada kо‘proq qо‘shilishi asosida shakllanmoqda.
Rivojlangan mamlakatlarda ochiq iqtisodiyotni shakllantirishda eksportga mahsulot ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, xorijiy firmalar bilan kooperatsiyalashuvga kо‘maklashish va chet eldan kapital, texnologiya, malakali kadrlar kirib kelishiga kо‘maklashuvchi huquqiy asoslarini yaratish bо‘yicha davlat tashqi iqtisodiy strategiyasi muhim rol о‘ynaydi. Hozirgi kunda xalqaro iqtisodiyotda yuzaga kelayotgan va rivojlanayotgan kо‘plab integratsion birlashmalar aslida о‘z oldiga bir-biriga о‘xshash quyidagi vazifalarni qо‘yadilar:
Do'stlaringiz bilan baham: |