2.1. Jahon iqtisodiyotining hozirgi holati
Jahon xо‘jaligining turli mamlakatlar va mintaqalar iqtisodiyotining rivojlanishi bо‘yicha bir xil emasligi xorijiy mamlakatlarning iqtisodiy munosabatlarida sezilarli aks etadi.
XXI asr bо‘sag‘asida jahon xо‘jaligi:
Ø bozor iqtisodiyoti tamoyillari,
Ø xalqaro mehnat taqsimotining obyektiv qonuniyatlari,
Ø ishlab chiqarish va kapitalning internatsionallashuviga asoslanadi.
Zamonaviy xalqaro iqtisodiyot va unga mos keladigan xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimini quyidagilar tavsiflaydi:
-xalqaro mehnat taqsimoti, ishlab chiqarishning xalqaro ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvi.
-ishlab chiqarish omillari: kapital, ishchi kuchi, texnologiya, axborotning xalqaro harakatining yuqori darajadaligi.
-xalqaro tovar almashuvi, kapital oqimlari, mehnat migratsiyasi, axborot sohalarining globalligi.
-ishlab chiqarish va kapitalning baynalminallashuvi. Turli mamlakatlarda joylashgan korxonalardagi ishlab chiqarish shakllarining, avvalambor, yirik xalqaro korporatsiyalar doirasida kо‘payishi.
-ochiq turdagi milliy iqtisodiyotlarning paydo bо‘lishi va rivojlanishi, tashqi iqtisodiy aloqalarning umumiy liberallashuvi.
-bevosita tovarlar harakati va ishlab chiqarish omillari bilan bog‘liq bо‘lmagan mustaqil xalqaro moliya sohasining shakllanishi.
-axborotlashtirish, axborot texnologiyalari xalqaro iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim jihatlaridan biriga aylanganligi. Ekspertlarning baholashicha, 2000 yilda axborot xizmatlarining jahon bozori 1 trln, dollarga yetdi.
-xalqaro miqyosda joriy iqtisodiy va valyuta-moliyaviy jarayonlarni milliy darajada tartibga solishdan yuqori turuvchi, davlatlararo tartibga solishga intilishning kuchayib borishi.
Xorijiy mamlakatlarning iqtisodiyotida muhim rol о‘ynovchi bir nechta xalqaro institutlarni ajratib kо‘rsatish lozim. Bu avvalambor davlatlararo tashkilotlar, muassasalar va konferensiyalardir, chunki xalqaro iqtisodiy munosabatlarni tartibga solish tizimida davlat markaziy о‘rin tutadi. Aynan davlat xalqaro huquqning muhim tarmoqlaridan biri bо‘lgan xalqaro iqtisodiy huquqning asosiy subyektlaridan biri hisoblanadi. Bu yerda, masalan, BMTning 1944 yilda tuzilgan Bretton-vuds konferensiyasi, Xalqaro Tiklanish va Taraqqiyot Banki (XTTB) va Xalqaro Valyuta Fondi (XVF) kabi xalqaro tashkilotlar haqida gap bormoqda. Bugungi kunda XTTB va XVF BMTning ixtisoslashtirilgan muassasalaridandir. GATT hozirda Jahon Savdo Tashkiloti (JST) hamda BMT bilan bog‘langan.
Xalqaro konferensiyalar ichida “katta sakkizlik” - AQSH, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Kanada, Rossiya mamlakatlari rahbarlarining har yilgi uchrashuvlari juda mashhur. Ayni paytda “katta sakkizlik”ning jahon iqtisodiyotidagi roli “iqtisodiy qudrat huquqi” xalqaro iqtisodiy huquqning rivojlanishiga tо‘sqinlik qiladi. Xalqaro iqtisodiyotda ishtirok etuvchilar davlat chegaralari mavjudligiga qaramay, umumiy xо‘jalik tizimining tarkibiy kismlari sifatida faoliyat kо‘rsatadilar. Xо‘jalik hayotining internatsionallashuvi va globallashuvi rо‘y bermoqda.
Globallashuv sezilarli darajada jahon xо‘jaligi aloqalari miqyosining о‘sishi, doirasining kengayishida namoyon bо‘lib, integratsiyalashuv va globallashuv amalda hech bir davlatga faqat “о‘z ishlab chiqarishiga” ega bо‘lish foydali bо‘lmasligini kо‘rsatdi.
Ba’zi milliy iqtisodiyotlar о‘z zaminini topishga intilib, jahon xо‘jaligiga tobora kо‘proq qо‘shilib bormoqda. Jahon xо‘jalik aloqalari shakllanishi va rivojlanishining istiqbollari shuni kо‘rsatmoqdaki, xalqaro jahon xо‘jaligi rivojlanishining asosiy tendensiyasi sayyoramiz miqyosida tovarlar, kapitallar va xizmatlarning yagona bozorini yaratishga, alohida mamlakatlarning iqtisodiy yaqinlashishi va yaxlit xalqaro xо‘jalik kopleksiga birlashishiga intilishdir. Bu esa xalqaro iqtisodiy munosabatlarning boshqa, ancha yuqori bosqichi hisoblanadi.
Integratsion tuzilmalarni ishlab chiqarishni integratsiyalashuvida erishilgan darajasiga qarab ajratish lozim. Bunda integratsiyalashuv ham rasmiy, ham real xususiyatiga ega bо‘lishi mumkinligini hisobga olish kerak.
Rasmiy integratsiyalashuv – mamlakatlar о‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar xalqaro mehnat taqsimoti asosida о‘rnatiladi va bu mehnat taqsimoti о‘zaro aloqada bо‘ladigan mamlakatlar ishlab chiqarishi rivojlanishining tegishli о‘lchamlaridan kelib chiqmaydi (О‘zb.-Jan.Kor). Ishlab chiqarishning xalqaro kooperatsiyalashuvi rivojlanaveradi, lekin ishtirokchilarning yakuniy natijalarga ta’sir qilmaydigan turli iqtisodiy sharoitlarda bо‘ladi.
Real iqtisodiy integratsiya esa ishlab chiqarishni shunday xalqaro umumlashtirishdan iboratki, bu umumlashtirish ishtirokchi davlatlar asosiy ijtimoiy-iqtisodiy о‘lchamlarini ma’lum paritetini nazarda tutadi(О‘zb-Ros).
Iqtisodiy integratsiya, о‘z navbatida, ishtirokchi mamlakatlarning asosiy ijtimoiy-iqtisodiy о‘lchamlarini jadallashtirish uchun sharoit yaratadi. Iqtisodiy integratsiyaga olib keladigan jarayonlarni quyidagi о‘zaro bog‘langan zanjir kо‘rinishida ifodalash mumkin: ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish, xalqaro mehnat taqsimoti, ishlab chiqarish va kapitalning integratsiyalashuvi, iqtisodiy integratsiY.
Jahon xо‘jaligidagi integratsion jarayonlarni rivojlantirish bо‘yicha tо‘plangan tajriba iqtisodiy integratsiyaning yuzaga kelishi va rivojlanishida tо‘rtta bosqichdan о‘tishning zarurligidan dalolat beradi.
Birinchi bosqich - ishtirokchi mamlakatlar о‘rtasida bojxona tariflari va boshqa cheklashlarni bekor qilib, erkin savdo zonalarini tashkil qilish. Ishtirokchi mamlakatlar bu bosqichda о‘zaro savdo tusiqlarini bekor qiladi, lekin uchinchi mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalarda tо‘la erkinlikni saqlab qoladilar (masalan, bojxona bojlarini yoxud boshqa cheklashlarni bekor qilish yoki yangiliklarni kiritish huquqi, savdo-iqtisodiy shartnomalar, bitimlar tuzish huquqi). Buning oqibatida mamlakatlar о‘rtasida ularning chegaralarini kesib о‘tayotgan tovarlarning kelib chiqishini nazorat qiladigan va tegishlicha uchinchi mamlakatlardan imtiyozli ravishda tovarlarni olib kirishga tо‘sqinlik qiladigan bojxona chegaralari va postlari saqlanib qoladi. Bunday erkin zonalarga 1960 yildan buyon mavjud bо‘lgan Yevropa Erkin Savdo assotsiatsiyasini misol qilib keltirish mumkin.
Ikkinchi bosqich. XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab yetakchi industrial mamlakatlarning tez iqtisodiy rivojlanishi va xalqaro transport hamda kommunikatsiya vositalarining takomillashishi natijasida tovarlar va xizmatlar almashinuvining qizg‘in rivojlanishi rо‘y berdi. Ishlab chiqarish omillari (kapital, ishchi kuchi va texnologiyalar) xalqaro harakatining turli shakllari vujudga kela boshladi, buning natijasida xorijga faqat tayyor mahsulot emas, balki uni ishlab chiqarish omillari ham kо‘chib о‘ta boshladi. Tovarning narxiga qо‘shilgan foyda endilikda faqat milliy chegaralar doirasidagina emas, balki xorijda ham yaratila boshlandi. Tovarlar va xizmatlar xalqaro savdosi hamda ishlab chiqarish omillari aylanishi rivojlanishining qonuniy natijasi iqtisodiy integratsiya bо‘ldi.
Uchinchi bosqich. Iqtisodiy integratsiya - mamlakatlar iqtisodiy о‘zaro hamkorligining natijasi bо‘lib, u xо‘jalik mexanizmlarining yaqinlashuviga olib keladi va bu yaqinlashuv davlatlararo bitimlar shaklini oladi hamda tegishli davlatlararo organlar tomonidan tartibga solinadi.
Tо‘rtinchi bosqich. Mikrobosqichda bu jarayon bir-biriga yaqin joylashgan mamlakatlar alohida xо‘jalik yurituvchi subyektlari (korxonalar, firmalar) kapitalining о‘zaro iqtisodiy kelishuvlar tizimini yaratish, davlatlararo darajada chet elda filiallarini tuzish orqali rо‘y beradi. Integratsiya davlatlarning iqtisodiy birlashuvi va milliy siyosatlarining muvofiqlashtirilishi asosida kechadi.
Integratsion jarayonlar iqtisodiy regionalizmga olib keladi, buning natijasida mamlakatlarning alohida guruhi boshqa mamlakatlarga qaraganda о‘zlariga savdo uchun, ba’zi hollarda esa ishlab chiqarish omillarining mintaqalararo muomalada bо‘lishi uchun qulayroq sharoitlar yaratadi. Boshqacha sо‘zlar bilan aytganda, bir guruhdagi mamlakatlar о‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni rivojlantira turib, iqtisodiy regionalizm boshqa katta mamlakatlar bilan bu aloqalarning murakkablashishiga olib kelmasligi kerak va regionalizm hech bо‘lmaganda qolgan butun dunyo bilan savdo uchun sharoitlarni yomonlashtirmas darajada saqlansagina, u xalqaro iqtisodiyotni rivojlantirishning ijobiy omili hisoblanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |