Gess German Ivanovich [1802.26.7(7.8), Jeneva -1850.30.11(12.12), Peterburg] —rus kimyogari, Peterburg FA akad. (1830). Peterburg togʻ-kon instituti prof. (1832—49). G. kimyoviy hodisalarni issiqlik haqidagi taʼlimot nuqtai nazaridan tekshirib, 1840 y.da termokimyoning asosiy qonuni —issiqlar yigʻindisining doimiyligi haqidagi qonunni kashf qildi (qarang Gess qonuni). 1842 y.da u tuzlar eritmalari bir-biriga qoʻshilganda issiqlik ajralib chiqmasligi va yutilmasligini (termoneytrallik qoidasini) koʻrsatib berdi. G. platinaning katalizatorlik xossalarini vodorod bilan kislorodning oʻzaro taʼsir etishi misolida batafsil oʻrgandi. G. 4 yangi mineral topdi; mum, yogʻoch smolalar, neft pirogenez mahsulotlari va b. moddalarning kimyoviy xossalarini oʻrgandi.
Gess qonuni tajribada qilib ko’rilmagan kimyoviy reaksiyaning ham issiqlik effektini hisoblab chiqarishga imkon beradi. Kimyoviy reaksiyaning issiqlik effektini topish uchun reaksiya mahsulotlarining hosil bo’lish issiqliklari yig’indisiga reaksiya uchun olingan moddalarning hosil bo’lish issiqliklari yig’indisini ayrib tashlash kerak:
Termokimyoviy hisoblashlarda moddalarning standart hosil bo’lish issiqligi (entalpiyasi) tushunchasi ishlatiladi. Standart sharoitda 1 mol murakkab moddaning oddiy moddalardan hosil bo’lish reaksiyasining issiqlik effekti shu moddaning hosil bo’lish issiqligi (DHo h/b issiqligi) deyiladi. Bunda moddaning agregat holatini ko’rsatishi zarur.
Masalan: H2(g) + 1/2O2(g) = H2O (s) DHo h/b issiqligi = - 286 kJ/mol
N2(g) + 1/2O2(g) = H2O (g) DHo x/b issiqligi = - 241 kJ/mol
Oddiy moddalarning h/b issiqliklari nolga teng. Yuqorida ta’rifi keltirilgan Gess qonunidan quyidagi xulosalar kelib chiqadi:
1) reaksiyaning issiqlik effekti reaksiya mahsulotlari h/b issiqliklari yig’indisidan dastlabki moddalarning h/b issiqliklari yig’indisining ayirmasiga teng.
DHo reasya = DHo h/b issiqligi.mah. - DHo h/b issiqligi dast.moddalar
Misol: Al2O3(k) + 3SO3(g) = Al2 (SO4 )3(k)
Reaksiyaning issiqlik effektini hisoblang.
DHo x/b issiqligi Al2O3(k) = - 1675,1 kJ/mol
DH ox/b issiqligi SO3 gaz = - 396,1 kJ/mol
DH ox/b issiqligi Al2(SO4)3 = - 3434,0 kJ/mol
DHoreaksya =(DHoh/b issiqligi Al2(SO4)3) - (DHo x/b issiqligi Al2O3+ 3DH ox/b issiqligi SO3 ) = - 3434 - [-1675,1 + 3(-396,1)] = - 570,6 kJ/mol
2) Kimyoviy reaksiyaning issiqlik effekti reaksiyaga kirishuvchi moddalar yonish issiqlik effektlari yig’indisidan reaksiya mahsulotlari yonish issiqlik effektlari yig’indisini ayirmasiga teng.
Yonish issiqligi deb 1 mol moddani oddiy oksidlargacha yonishida ajraladigan issiqlik miqdori tushuniladi.
DH oreaksya =DH oyonish is.dastl.moddalar-DH oyonish iss.maxsulotlar
Kislota va asos reaksiyaga kirishib, 1 mol suv hosil bo’lishida ajralib chiqqan issiqlik miqdori neytrallanish issiqligi deyiladi.Kuchli kislota va kuchli asoslarning suyultirilgan eritmalari reaksiyaga kirishganda neytrallanish issiqligi standart sharoitda o’zgarmas qiymatga ega.
2NaOH(S)+H2SO4(S) = Na2SO4(S) + 2H2O DH oneytrallanish = - 57,5 kj/mol
Ko’pdan ko’p moddalarning standart sharoitdagi hosil bo’lish va yonish issiqliklari jadvallarda berilgan bo’ladi.Shu qiymatlar asosida juda ko’p jara’yonlarning issiqlik effektlarini hisoblash mumkin.
1)erish jarayoni
Do'stlaringiz bilan baham: |