1.Mavzu . Fiziologiya fanining rivojlanish tarixi . Reja . 1. Fiziologiya fani uning tibbiyotda tutgan o'rni . 2. Organizmni a'zolar sistemasi va alohida a'zolar to'qimalar , hujayraning hayotiy faoliyatini o'rganish . 3. Fanga hissa qo'shgan olimlar V.M Bexterov , P.A. Zagorskiy , Kladviy Galen , I.P.Pavlov , V.P. Varobyov . 1. Fiziologiya fani tirik organizm , undagi a'zolar , to'qimalar , xujayralar va xujayra tarkibiy elementlarining xayot faoliyati ( funktsiyasi ) jarayonlarini , organizmning tashqi muxit bilan munosabatini o'rgatadi . Fiziologiya funktsiyalarning turda va individda rivojlanishini , ularning doimo o'zgaruvchan tashki sharoitiga moslanishini o'rganadi . Odam organizmi funktsiyalarini chuqur o'rganish va shu tariqa faol ta'sir ko'rsatib , ularni zaruriy tomonga yonaltirish fiziologiyaning asosiy maqsadidir . Fiziologiya bu stabil bo'lgan , bir - biri bilan boglangan bir qancha fanlarga bo'linadi . Fiziologiyani avvalo umumiy va xususiy solishtirma va evolyutsion , shuningdek , ixtisoslashgan ( yoki amaliy ) va odam fiziologiyalariga bulish mumkin . Umumiy fiziologiya - muxit ta'siriga tirik organizm javob berishining umumiy qonunlarini , har bir organizmga xos bo'lgan hayotiy jarayonlarni urganadi . Xususiy fiziologiya - tukimalar ( muskul , nerv va b . ) , a'zolar ( miya , yurak , buyrak va b . ) , tizimlar ( xazm , qon aylanish , nafas va b . ) funksiyalarini o'rganadi . Solishtirma fiziologiya - har xil turlarga mansub bo'lgan organizmlar va individual rivojlanishning turli bosqichlarida turgan bir turga mansub organizmlar funtsiyasining o'ziga xosligini o'rganadi . Evolyutsion fiziologiya - funktsiyalarni tur va individda rivojlanishqonuniyatlarini o'rganadi . Ixtisoslashgan ( eki amaliy ) fiziologiya ixtisosiga , bajarayotgan ishiga yoki yashayotgan muhitiga qarab organizm funksiyalarining o'zgarish qonuniyatlarini o'rganadi . Qishloq xo'jalik hayvonlari fiziologiyasi va ba'zan odam fiziologiyasining ayrim kismlari ( aviatsion , kosmik , suv osti fiziologiyalari va b . ) ixtisoslashgan fiziologiyaga misol bulishi mumkin . Fiziologiya barcha tibbiyot fanlariga uzviy bogliq Organizmda ro'y beruvchi fiziologik jarayonlar bilib olingandagina turli kasalliklarda organizmdagi funksiyalarning buzilganligini tushunish , kasalliklarni davolashning turri yo'llarini belgilash va bu kasalliklardan saqlanish mumkin . Masalan , qon guruhlarining kashf qilinishi , qon quyish kabi tibbiyot uchun muhim tadbirlarga fiziologiya fani asos bo'ladi . Tibbiyot ham o'z navbatida fiziologiyaga g'oyat ko'p imkoniyatlarni yaratib berdi . Odamning turli kasalliklarini o'rganish ko'upchilik normal fiziologik jarayonlar mexanizmini tushunishga va ba'zi a'zolar funktsiyasini aniqlashga yordam beradi , 2. Organizmning tashkil topishi molekulyar ( viruslar ) , hujayra , to'qima , a'zo , a'zolar tizimi darajasida bo'lishi mumkin . Organizm rivojlanishning qaysi
Do'stlaringiz bilan baham: |