4. Avtomatlashtirish vositalarining iqtisodiy samaradorligi.
Avtomatlashtirish vositalarini ekspluatatsiya qilish jarayonida iqtisodiy samaradorlikning vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi ikkita omilga bog‘liq: 1. Yangi avtomatik boshqarish sistemaiga ketgan sarf-xarajatlar (loyihalash, ishlab-chiqarish, sinash, sozlash, tekshirish, avtomatlashtirish va h.k) – Qu; va ekspluatatsiya sarf xarajatlari (profilaktika tadbirlari)- Qe.
Qu + Qe- samaradorlik tarozisida manfiy son. 2. Avtomatik boshqarish sistemaidan foydalanish (daromat) musbat iqtisodiy samaradorlikni beradi (Qr). Vaqt o‘tishi bilan Qe osha boshlaydi, chunki avtomatik boshqarish sistemai eskiradi va u yo‘qotgan ish qobiliyatini tiklash uchun sarf-xarajatlar ko‘payadi.
Vaqt o‘tishi bilan Qr ning o‘sish sur‘ati kamayadi, chunki avtomatik boshqarish sistemaini ta‘mirlashda turib qolishi uning unumdorligini kamaytiradi. Shuning uchun ham samaradorlik chizig‘i eng yuqori nuqtaga ega va ikki marta absissa o‘qini kesib o‘tadi.
Qm =Qr(t)- (Qu + Qe(t))
Q ning o‘sishi bilan t =Ttq ga teng bo‘lgan vaqtda,
Qu + Qe= Qr
Bu yerda: Ttq - sarf-xarajatlarni qoplash muddati. Shunda avtomatik boshqarish sistemaini ishlab chiqishga ketgan xarajatlar qoplangan bo‘ladi. t =Ttq dan boshlab avtomatik boshqarish sistemai foyda keltirishni boshlaydi. Lekin olinadigan foydaning o‘sishi eksaluatatsiya xarajatlari t=Tox gacha bo‘lgan vaqtda kamayadi (Tox- avtomatik boshqarish sistemai ishlashining chegaraviy muddati)
1-rasm. Avtomatlashtirish vositalarining iqtisodiy samaradorligi vaqt bо‘yicha o‘zgarishi:
Lt.q – avtomatik boshqarish sistemaining tannarxini qoplash vaqti, soat; Lox – avtomatik boshqarish sistemaining oxirgi holatigacha ishlash muddati; Lmax – eng yuqori samaradorlikka erishilgan vaqti, soat; Le – avtomatik boshqarish sistemaini ekspluatatsiya qilishda iqtisodiy maqbul vaqti, soat.
Bunda yana Qu + Qe= Qr holatiga ega bo‘lamiz. t>Tox bo‘lsa, ekspluatatsiya xarajatlari olinadigan foydadan katta.
Demak, avtomatik boshqarish sistemai variantini ishonchlilik nuqtai nazaridan tanlanayotganda uni ishlab chiqarish va ekspluatatsiya qilish xarajatlaridan olinadigan foyda bilan taqqoslash kerak. Avtomatik boshqarish sistemai ishonchliligini baholayotganda iqtisodiy mezon asosiy ko‘rsatkich bo‘lib hisoblanadi.
Iqtisodiy maqsadga muvofiq daraja deb- eng yaxshi variant va eng maksimum samaradorlikka ega, yillik iqtisodiy samaradorlikga aytiladi. Ya‘ni: EH = (∆CP- EH ∆k)→max
∆CP- tan narx evaziga yillik iqtisod, EH -qo‘yilgan kapitalning normalashtirilgan koef.
Qo‘shimcha samara sifatida sistemaning yaroqlilik muddati ko‘rsatiladi
ET = (∆CD- TE ∆k)→max
∆CD TE -tannarx evaziga iqtisod ∆CD (amortizatsiya chiqimi hisobgaolinmaganda); ∆k- qo‘shimcha kapital xarajatlar; TE - ekvivalent yaroqlilik muddati;
Do'stlaringiz bilan baham: |