2. Zamonaviy intensiv mevachilikni respublikamizda tarqalgan zonalari, mintaqalari va rivojlanishi
Respublikamiz viloyatlarida xozirgi kunda jami 18,7 ming gektar maydonda intensiv bog`lar tashkil etilgan bo`lib 2015 yilda 2860,9 ming tonna meva etishtirildi. Yalpi ichki maxsulot tarkibidagi qishloq xo`jaligining ulushi 36,4% ni tashkil etadi.
O`zbekistonda qishloq xo`jaligi maydonlari qariyb 28,5 mln. gani o`z ichiga oladi. Sug`oriladigan maydonlar 4,2 mln.ga maydonni tashkil etib, jami maxsulotning 95-97% shu maydonlar xisobiga etishtiriladi. So`ngi yillarda respublika qishloq xo`jaligida jiddiy o`zgarishlar amalga oshirildi: er maydonlari davlat tasarrufidan chiqarilib fermer va shaxsiy dehqon xo`jaliklariga aylantirildi va ular qishloq xo`jalik mahsulotlarining 90% dan ortig`ini ishlab chiqara boshlashdi. Bunday sharoitlarda qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishini boshqarishning barcha tizimlarini yanada yaxshilash zarurati yuzaga keldi. Qishloq xo`jalik maxsulotlari etishtirish mintaqalar bo`yicha 2015 yil yakuni bo`yicha quyidagi ko`rsatkichlarni tashkil etadi:Qoraqalpog`iston Respublikasi-46,6 ming t., Andijon viloyati-492,5ming t., Buxoro viloyati-255,3ming t., Jizzax viloyati -146,9ming t., Qashqadaryo viloyati-164,1ming t, Navoiy viloyati-135,6ming t., Namangan viloyati-247,6ming t.
Hozir O`zbekistonda meva va rezavor-meva ekinlarining 25 dan ortiq turi keng tarqalgan. Urug’`li meva daraxtlari, asosan olma Toshkent viloyatida ko`p tarqalgan. Bu erda o`rik kam eqiladi, chunki erta gullagani
uchun ko`pincha bahorgi sovuq urib ketadi. Farg`ona vodiysida, Buxoro, Surxondaryo va Samarqand viloyatlarida danakli meva ekinlari katta maydonlarga eqiladi. Keyingi yillarda respublikaning boshqa viloyatlarida ham olmazor va nokzorlar ko`paymoqda.
Yong`oqmevali ekinlar Toshkent va Farg`ona hamda Surxondaryo viloyatlarining tog`li va tog` oldi hududlarida keng tarqalgan. Subtropik meva daraxtlarini asosan Farg`ona vodiysida, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida etishtiriladi. So`ngi yillarda Toshkent viloyatida ko`plab anjir, anor va xurmo ekilmoqda. Rezavor meva ekinlarining qariyb 80 % i Toshkent viloyatida etishtiriladi.Respublikamiz hukumati shu kunning talabini hisobga olib hamda tibbiyot nuqtai nazaridan aholi jon boshiga etishtirilishi lozim bo`lgan mevani etishtirish uchun hosildorlikni 1,5-2 marta oshirish vazifasini qo`ydi. Bu esa o`z navbatida mevachilik bilan shug`ullanuvchi tuman va xo`jaliklarning tuproq-iqlim va iqtisodiy sharoitlarga, navlarni to`g`ri tanlash va joylashtirishga, meva bog`larini o`stirish va parvarishlash usullarini ilmiy va ilg`or tajribalar asosida olib borish kabi omillarga, shuningdek soha bo`yicha bilim doirasi keng bo`lgan kadrlarga bog`liq. O`zbekiston aholisini meva va rezavor mevalarga bo`lgan talabini qondirish xamda mevalarni eksport saloxiyatini oshirish maqsadlarida respublikada intensiv bog`dorchilikni rivojlantirish yuzasidan bir qancha qaror va farmonlar qabul qilindi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil yakunlari bo`yicha 2015 yil 16 yanvardagi ma`ruzalari xamda Vazirlar Mahkamasi yig`ilishida so`zlagan nutqida qishloq xo`jaligini 2015-2020 yillarda rivojlantirishdagi ustivor yo`nalishlaridan biri yangi agrotexnologiyalar va zamonaviy texnikalar yordamida qishloq xo`jaligini progressiv usullarga o`tkazish zarurligi ta`kidlab o`tildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |