1-Мавзу: Фаннинг мавзуи, максади ва вазифалари


Jarayonlarni boshqarishning moxiyati



Download 75,03 Kb.
bet4/7
Sana14.05.2023
Hajmi75,03 Kb.
#938812
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tizimning operatsion xarajatlari

1.3. Jarayonlarni boshqarishning moxiyati.

Jarayonlarni boshkaruvchi menejerlarning kup sonli vazifalarini uch asosiy guruxga ajratish mumkin:


1.Tashkilotning operatsion faoliyatini umumiy strategiyasini va
yunalishlarini ishlab chikish va amalga oshirish.
2.Jarayonni umuman yulga kuyish, quvvatlarni joylashtirish, mahsulotni loyihalashtirish, ishlarning bajarilishini standart va me’yorlarini ishlab chikishni uz ichiga olgan operatsion tizimni shakllantirish va joriy kilish;
3.Tizimning joriy faoliyatini rejalashtirish va nazorat kilish.
Operatsion funksiyalarni bajarishda tashkilotning boshka sohalariga nisbatan kuprok odamlar band buladi va shu sababli xar kanday operatsion tizimning muvaffakiyati yoki inkirozi insonlarga boglik. Shunday kilib, jarayonlarning boshkaruvchisi taxlil, texnika tizimlari, texnologiya xamda ijtimoiy va psixologiya fanlari sohasida keng kamrovli bilim va kunikmalarga ega bulishi hamda ularni amalda kullay bilishi zarur. Jarayonlarni boshqarishda operatsion tizim faoliyatini samaradorligini ta’minlash zarur.
Jarayonlar samaradorligi - bu ishlab chiqarilgan ne’mat yoki xizmatlarning bozor kiymatini tashkilot operatsion tizimining kirishidagi xarajatlarning umumiy mikdoriga nisbatidir.
? Operatsion tizim chikishidagi mahsulot va xizmatlarning bozor kiymati mikdori bilan bir katorda boshka omillarga xam boglik. Masalan, quyidagilarga:
1.Chiqarilayotgan mahsulotlar va kursatilayotgan xizmatlar turlarini (assortimentini) ularga bulgan talabga mosligiga.
2.Tizimning chikishdagi natijalari sifatiga.
3.CHikishda mahsulot va xizmatlarni uz vaktida ishlab chiqarishga, talabni xisobga olishga va iste’molchilarga etkazish bo’yicha majburiyatlarni bajarishga.
4.Aloxida iste’molchilarning turli talablarini kondirishda operatsion tizimining moslashuvchanligiga.
Shuningdek, tashkilot kirishida sarflangan xarajatlar kirishdagi omillarning mikdorigagina emas, boshka kator omillarga xam boglik. Masalan, moddiy xarajatlarni taxlil kilishda quyidagilarni ham xisobga olish zarur:
1.Material va xom-ashyolar xarid kilingan narxlar.
2.Material va xom-ashyolarni foydalangunga kadar zaxiralar tar- kibida saklashga ketgan xarajatlar.
3.Materiallarni buyurtmasi va kabul kilinishiga ketgan xarajatlar.
4.Materialar etishmovchiligi natijasidagi xarajatlar.
5.Materiallar sifati masalasiga boglik xarajatlar.
Inson mexnati kabi omilga nisbatan esa quyidagi savollarga javob topilishi zarur:
1.Ishning kaysi qismi ishdan tashkari vaktda bajarilgan, ularning kiymati kancha?
2.Xodimlar uz malakasi darajasiga mos xolda ishlatildilarmi yoki ularga ishlarni bajarish uchun mavjud malakaga nisbatan yukorirok malaka tariflari bo’yicha xak tulandimi?
3. Kadrlar kunimsizligi bilan boglik xarajatlar kanday?
4.Xodimlarning etarli darajada tayyorgarlikka ega emasligi yoki ustalar(brigada boshliklari)ning sifatsiz raxbarlik natijasidagi xatolarga boglik xarajatlar kanday?
Operatsion tizimda ishlatiladigan boshka turdagi resurlar orkali tashkilotning umumiy xarajatlariga ta’sir etuvchi kuplab yukoridagilarga uxshash omillarni sanab utish mumkin.
Jarayonlar samaradorligining ushbu kontseptsiyasi operatsion menejerlar oldida turgan masalalarni kup kirraligini kursatadi. Ushbu masalalarning ba’zilari bir-birlariga karama-karshi bulishi mumkin, masalan mahsulot ishlab chiqarishni uz vaktidaligini ta’minlash mumkin, fakat bu ishdan tashkaridagi mexnat xajmini kupaytirish xisobiga amalga oshiriladi. Jarayonlarni boshkaruvchisi doimo tizim faoliyatining umumiy samaradorligiga ta’sir etuvchi kuplab omillarning uzaro boglikligini xisobga olishi va e’tibordan qochirmasligi zarur.



Download 75,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish