Tn.kG’k q tdona * n — t kiska ( n — 1 ) (4)
1 1
bu erda tkiska - ikkita ketma-ket operatsiyalardan eng kiskasining vakti.
Bu formuladan kurinib turibdiki, ishlab chiqarish tsiklining davomiyligi detallar partiyasining xajmiga xam bevosita boglik. Katta partiyalar uskunalarni kayta sozlash vaktini kiskartirish bilan birga tugallanmagan ishlab chiqarish xajmini ortishiga, ishlab chiqarish tsiklining uzayishiga olib keladi.
Detallar (mahsulotlar) partiyasining xajmi mahsulotlar ishlab chiqarish dasturiga, bir vaktda ishlab chiqarilayotgan detallar soni, nomenklaturasi va ulchamlariga, operatsiyalarning murakkabligi va mexnat talabliligiga, uskunalarning unumdorligiga boglik.
3.2. Ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etishni takomillashtirish.
Ishlab chiqarish jarayonlari davomiyligini kiskartirishning quyidagi omillari mavjud:
-mahsulot konstruktsiyasini soddalashtirish;
-mahsulot ishlab chiqarishning texnologik jarayonlarini soddalashtirish va takomillashtirish;
-mahsulot qismlari, texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni tashkil etish elementlarini unifikatsiyalash va standartlashtirish;
-detallar bo’yicha texnologik va funksional ixtisoslashuvni chukurlashtirish;
-mexanik ishlov beriladigan detallar ulushini kiskartirish;
-ishlab chiqarish jarayonlarini ratsional tashkil etish prinsiplarini taxlil kilish va ularga rioya kilish.
-vaktni xisobga olish, nazorat va transport-omborlashtirsh jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish;
-tabiiy jarayonlar vaktini ularni mos texnolgik jarayonlarga almashtirish orkali kiskartirish;
-texnik asoslangan vakt sarfi, xizmat kursatish, resurslar sarfi normalar ulushini kupaytirish. Vaktni tejash va sifatni ta’minlashni ragbatlantirish.
Xar kanday jarayonlarni ratsional tashkil etishning asosiy prinsiplariga proportsionallik, uzluksizlik, parallellik, bir yunalishlik, bir maromdalik, shuningdek, bir turdagi mexnat predmetlarini (detallar, axborot, xujjatlar va x.k.) bir joyga jamlash, jarayonning moslashuvchanligi kiradi.
Proportsionallik - bir jarayonda turli ish joylarining utkazish quvvatlarini uzaro tengligini, ish urinlarini axborotlar, moddiy resurslar, xodimlar va x.k.lar bilan proportsional ta’minlashni nazarda tutuvchi prinsipdir.
Uzluksizlik - ish davri va jarayonning umumiy davomiyligi urtasidagi nisbatni belgilovchi prinsipdir.
Parallellik - jarayonlar(operatsiyalar)ni vakt bo’yicha uzaro birlashtirishni xarakterlovchi prinsip.
Bir okimlilik (yunalishlilik) - mexnat predmeti, axborot va x.k. lar xarakatining optimal (eng kiska) yunalishini belgilovchi prinsip.
Bir maromlilik - jarayonlarning vakt bo’yicha bir me’yorda kechishini ifodalovchi prinsip.
YUkoridagi prinsiplar menejment tizimining tarkibiy qismlari urtasidagi munosabatlarni tashkillashtirish va noaniklik darajasini kamaytirish imkonini beradi. Korxonalarning tarkibiy qismlari orasidagi boglanishlar ularning ishlab chiqarish va tashkiliy strukturalarida ifodalandi.
Korxonaning ishlab chiqarish strukturasi - tayyor mahsulot (xizmatlar) yaratishda katnashuvchi asosiy, yordamchi va xizmat kursatuvchi xujaliklar majmui. Ixtisoslashuv shakliga kura korxonaning ishlab chiqarish bulinmalari detalli, texnologik va aralash prinsiplarga asoslanib tashkil etilishi mumkin.
Korxonaning tashkiliy strukturasi - uning boshkaruv organlari yigindisidir. Tashkiliy struktura bilan ishlab chiqarish strukturasi birgalikda korxonaning umumiy strukturasini tashkil kiladi.
Korxonaning ishlab chiqarish va tashkiliy strukturalari darajasi ishlab chiqarish jarayonining optimal tashkil etilishiga va samaradorligiga katta ta’sir kursatadi, shu sababli, strukturalarni doimiy ravishda takomillashtirib borish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |