1-mavzu: falsafaning prеdmеti va asosiy mavzulari. Falsafiy dunyoharash. (2 soat)


-ma'ruza. Nafosatni anglash va nafosatli faoliyat



Download 0,53 Mb.
bet42/44
Sana01.02.2022
Hajmi0,53 Mb.
#421110
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
Bog'liq
2.Ма`ruza mаtni фалсафа

2-ma'ruza. Nafosatni anglash va nafosatli faoliyat.
Nafosatshunoslikning mushtarak mezoniy tushunchalari. (2-soat).
RЕJA:
1. Nafosatli anglash (estetik ong) va uning tuzilishi.
2. Nafosatli faoliyat meqnatning o'ziga hos turidir.
3. Nafosatshunoslikning mushtarak mezoniy tushunchalari.

ADABIYOTLAR


1. Karimov I.A. O'zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari. T., «O'zbekiston», 1995.
2. Karimov I.A. O'zbekiston XXI asrga intilmoqda. T., «O'zbekiston», 1999.
3. Karimov I.A. Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga ishonaman. «Fidokor» gazetasi, 2000 yil, 8-iyun.
4.Mirziyoyev Sh.M. O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning 5 ta ustuvor yunalishi buyicha Harakatlar stranegiyasi. 07.02.2017
5..Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik o‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. – Toshkent : O‘zbekiston, 2016.
6.Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. 2017 yil 14 yanvar /. – Toshkent : O‘zbekiston, 2017.
7. Umarov E. Estetika. Toshkent «O'zbekiston. 1995. 183-225,227-232betlar.
8. Шестаков В.П. Эстеическое категория. Москва. Наука.1993.
9. Mahmudov. T. Guzallikvaqayot. Toshkent. 1982.
10. Эстетика. Словарь. Москва. Изд. «Полит. Литература. 1989.
11. Husanov B. Talabalarga auditoriyada guzallik mavzusini utish uslubi. Ta'lim va tarbiya jurnali.1997y. 4-5sonlar.

1-masalaning bayoni: Inson ongli mavjudot sifatida o'zini qurshab turgan voqelikka faol munosabatda bo'ladi, narsalarning hossalarini, estetik jihatlarini qisobga oladi. Nafosat (estetika) qonunlariga amal qilish, ya'ni yaratish qobiliyati inson faoliyatining moqiyat va mazmunini tashkil etadi. Masalan, asalari o'zining mum uyalarini qura bilishi bilan har kimni ham lol qoldiradi, ba'zi me'morlardan ham «aqlli»dir. Lekin eng layoqatsiz me'mor eng moqir asalaridan shu bilan farqlanadiki, u bajarmoqchi, qurmoqchi bo'lgan uyani qurishdan avval o'z miyasida qurib qo'ygan bo'ladi. Asalarining qatti-harakati tabiiy mayl asosida borsa, insonning qatti-harakati ongli faoliyat orqali boradi. Ya'ni qilmoqchi bo'lgan ishni allaqachon o'z miyasida, ongida, tasavvurida, qayolan anglab qurib bo'lgan bo'ladi.


Insonning badiiy faoliyati - san'at voqelikni inson tomonidan estetik jihatdan idrok etilishining eng oliy ko'rinishi sanaladi.
Estetik anglash ob'ekt manbaiga nimalar kiradiq Umumiy ma'noda moddiy olamdagi barcha narsalar estetik anglash ob'ekti sanaladi. Bu degan so'z olamda estetik bo'lmagan narsa, hodisa, buyumning o'zi yo'q. Muayyan sharoitda harqanday narsa, hodisa, buyum estetik tabiatga ega bo'lib, estetik munosabat va estetik baqo ob'ektiga aylanib qolishi mumkin.
Shunday qilib, estetik ob'ekt - insoniy aloqalar va munosabatlarga kirishgan, bevosita idrok etish ob'ektiga aylangan, odamlarning estetik eqtiyojlarini qondirishga qizmat qiladigan voqelikning hilma-hil ko'rinishlaridan iborat.
Estetik ob'ektni anglovchi estetik sub'ekt ham bo'lishi lozim. Aks qolda estetik ob'ekt o'z qadriyat qimmatiga ega bo'lmaydi. Estetik sub'ekt bu INSON sanaladi.
Estetik ong estetik ob'ekt bilan estetik sub'ekt o'rtasidagi munosabat doirasida yuzaga kelib, shakllandi. Estetik ong ham ijtimoiy ongning shakllaridan biri. Estetik ong ob'ektiv dunyoga nisbatan bo'lgan inson estetik munosabatning sub'ektiv tomonidir.
Estetik ong - ma'naviy-ruqiy voqea-hodislar majmui bo'lib, u ijtimoiy qayot zaminida vujudga keladigan estetik - his, did, fikr, orzu, harash, nazariya tizimini anglatadi. Estetik ong - ijtimoiy qayot bilan birga o'zgarib, takomillashib, rivojlanib boradi.
Estetik ong ijtimoiy ongning shakllaridan biri bo'lsa ham u nisbiy mustaqillikka ega. Bu nisbiy mustaqillik quyidagilarda ko'rinadi. Chunonchi, estetik ong ijtimoiy ongning ba'zi shakllaridan orqada qolishi mumkin. Masalan ijtimoiy qayotda siyosiy etuklikning yuksak darajasiga ko'tarilgan, lekin estetik didi orqada qolgan, turli soqta «badiiy» maqsulotni bemalol iste'mol qilaveradigan odamlarni qali ko'plab uchratish mumkin. Bu qolat kishilar dunyoharashiga salbiy ta'sir o'tkazadi, natijada Prezidentimiz «Fidokor» gazetasi muqbiri savollariga javoblari (2000 yil)da ta'kidlanganidek, buzqunchi, vayronkor qoya va mafko'ra ta'siriga tushib qoladi.
Estetik ongning nisbiy mustaqilligi ko'rinishlaridan biri vorisiylikdir. Estetik ong ya'ni estetik harashlar, qoyalar, nazariyalar bo'sh erda yuzaga kelmaydi. Ular jamiyatning o'zidan oldingi estetik va badiiy ongi zaqirasining davomi sifatida amal qiladi.
Shunday qilib, estetik ong vorisiyligi deganda o'tmishdagi estetik harashlar, qoyalar, nazariyalardagi kelgusi taraqqiyot uchun hizmat qiladigan, ijobiy boyliklarni saqlab-asrashni, ularni muayyan davr ongiga singdirib yuborishni tushunish mumkin.
Estetik ong ijtimoiy qayot in'ikosi bo'lib, u jamiyat qayotida muhim o'rin tutib, har tomonlama ta'sir o'tkazadi. Jamiyat taraqqiyotida biror jabqa, narsa, hodisa yo'qki, ular estetik did, orzu va harashlardan chetda bo'lsin.
Estetik ong badiiy ong bilan chambarchas boqliq. Ular garchan bir-biriga yaqin tushunchalar bo'lsada, bir hil ma'nosini anglatmaydi. Estetik ong voqelikni butun borliqicha idrok etib, qayta ishlash jarayonida vujudga kelsa, badiiy ong san'atni yaratish va idrok etish jarayonida namoyon bo'ladi. Badiiy ong badiiy asarlar tizimida ifodalansa, estetik ongning aks etishi ko'lami ancha kengdir. U inson moddiy va ma'naviy madaniyatining barcha qadriyatlarida ifoda topadi.
Jamiyatning estetik ongi murakkab tuzilishga ega bo'lib u bir qancha qismlardan iborat. Bu qismlar quyidagilar: estetik hislar, estetik orzular, estetik harashlar va estetik nazariyalar. Estetik ongning mazkur tizimlari o'zaro aloqador va boqlanib ketgan. Biz quyida anna shu tuzilmalarni aloqida-aloqida harab chihamiz.
Estetik his-tuyqular. His-tuyqular inson ongning ajralmas qismi bo'lib, estetik ong soqasida aloqida o'rin tutadi. qis-tuyqular estetik ongning poydevori qisoblanadi. His-tuyqular asosan, insonning o'z eqtiyojlari qondirilmasligiga bo'lgan munosabati bilan boqliqqolda vujudga keladi.
Estetik qis-tuygular necha ming yillar davomida inson tomonidan nafosatning tabiiy-sharoitlarini o'zlashtirishi jarayonida shakllangan. Estetik qis-tuyqularning o'zi ham murakkab tuzilishga ega bo'lib nafosat, hamoqanglik, oqang, shakllar, uyqunlik, moslik kabi tushunchalar bilan birga shodlik, qayratlanish, ajablanish, roqatlanish, huzurlanish, lazzatlanish, eqtirom, zavq-shavq, nafrat kabi tushunchalarni hamrab oladi.
Nafosat, olijanoblik, fojia va kulgi qis-tuyqulari eng murakkab va turqun qis-tuyqulardir.
Estetik his-tuyqular kechinmalar jarayoni sifatida sodir bo'ladi. Kechinmalarning yakuni estetik huzurlanish va lazzatlanish sanaladi. Estetik huzurlanish va lazzatlanish insonning umumiy, doimo ijobiy bo'lgan sezgi holati, ya'ni narsa, voqea va qodisalardan estetik ta'sirlanishidir.
Estetik lazzatlanish inson o'z qilgan va qilayotgan ishi va uning natijalaridan qoniqish hosil qilishdir. Bu inson faoliyatini faolligini oshirishda muhim rolь o'ynaydi. Maalan, biror kimsaga yahshilik qilish, yordam beri shva anna shu ishidan lazzatlanishi. Bu holat moddiy ishlab chiharish, ijodiy meqnat… va boshqalarda bo'ladi. Talaba yahshi o'qishi, yahshi baqo olishi, jamoat ishlarida qatnashishi, do'stiga yordam berishi, boshiga musibat tushsa hamdardlik qilishi va boshqalardan o'zida qoniqish hissi hosil bo'lishi huzurlanish va lazzatlanish his-tuygusini tuqdiradi…
Estetik his-tuyqularni rivojlantirishinsonda estetik didni tarbiyalanishiga olib keladi. Estetik did murakkab va ko'pqirralidir. Did iborasi odamlarni, ayniqsa yoshlarni ayrim soqalarga-fanga, tehnikaga, hunarga va boshqalarga moyilliklarini ifodalaydi. Masalan, ilmiy faoliyat bilan shuqullanuvga moyil odamni «fanga didi (faqmi) bor»; «Tehnikaga didi yahshi» va boshqalar.
qozirgi davrda estetik tarbiya vazifalaridan biri shuki, odamlarda rivojlangan estetik didni shakllantirishdir. Estetik didi rivojlanmagan kishi atrofdagi yomon yaramas voqea-hodislarga loqayd bo'ladi. Shuning uchun ota-onalarimiz ayrimlarga nisbatan «diding bormi o'zi» shuni ham uddalay olmaysan iborasini ishlatadi. Didi bor odam ozoda, tartibli bo'ladi va buni boshqalardan ham talab qiladi. Manna auditoriya, didsiz talaba auditoriya, doska holatiga razm solmaydi…
Estetik ongning yana bir ko'rinishi estetik orzu sanaladi. Orzuda inson ongida faqat mavjud narsalar in'ikos etibgina qolmay, balki yana kelajakda nimalar bo'lishi kerak va bo'lishi mumkinligini ifodalaydi. Orzu voqelik baqrida yotgan imkoniyatlarning ma'naviy-ruqiy in'ikosi. Orzu insonning hohish-istagi bo'lib, u hamma odamlarga hos. Halqimizda «Orzuga ayb yo'q» iborasi bor. Ammo orzu qanday bo'lishi kerak, bu muhim masala. Yahshi, ijobiy narsalarni orzu qilish, niyat qilish muhim…
Estetik ongning tarkibiy qismiga estetik harash va nazariyalar kiradi.
Estetik harash va nazariyalar u yoki bu estetik hodislarga tegishli qoya va tushunchalar, ta'limotlardir. Estetik nazariya - bu estetik ob'ektni butunlay hamrab oladigan tamoyillar, harashlar, tushunchalar, qoidalar, bilimlar tizimidir.
2-masalaning bayoni: Estetik faoliyat asosini insonning muayyan talab va eqtiyojlari tashkil etadi. Talab va eqtiyoj - murakkab, ko'p qirrali hodisa. Muayyan talab - eqtiyoj bo'lmasa, inson faoliyatining muayyan shakli ham vujudga kelmaydi. Shu ma'noda talab-eqtiyojlar insonni faoliyatga undaydi, faoliyat esa yangi-yangi talab eqtiyojlarni keltirib chiharadi. Estetik faoliyat inson moddiy va ma'naviy faoliyatining o'zagi, maqzi bo'lib, uning barcha shakllari inson kuch-qudratiga qanot baqishlaydi.
Estetik faoliyat nisbatan badiiy faoliyatda, ya'ni san'atda eng «toza», «sof» qolda ko'rinadi, o'zini namoyish etadi. San'at estetik faoliyatning ihtisoslashgan ko'rinishidir. San'at o'z tabiatiga ko'ra ijodiy maqsadga haratilgan bo'lib, bu jarayonda ijodkor nafosat qonunlariga rioya qilag qolda ijod qiladi.
Nafosatli faoliyat moddiy ishlab chiharishning barcha soqalarini -meqnat sharoiti, meqnat samaralarini hamhamrab oladi.
Meqnatning estetik jihatdan to'laqonli bo'lishi ob'ektiv omillarga, qolaversa, ishlab chiharish jarayoni qatnashchilarining umumiy va estetik madaniyati darajasiga boqliqdir.
qozirda inson ishlab chiharish faoliyatida tehnik estetika - dizayn tobora muhim rolь o'ynamoqda. Dizaynda muhandislik, ilmiy va badiiy faoliyat qorishiqqolda namoyon bo'ladi. Dizayn moddiy ishlab chiharish muqitini estetik qayta qurishga, uni insonning manfaatlari va eqtiyojlariga mos keltirishga hizmat qiladi.
Sanoatda keng iste'mol mahsulotlaridan tortib, nodir dastgoqlar va asboblarni loyiqalash va yaratish ishida turli-tuman kasb egalari - muhandislar, tehnologlar, ishchilar, iqtisodchilar, boshharuvchilar, ruqshunoslar, jamiyatshunoslar qatnashdilar. Bu erda dizaynchi - musavvir - loyiqa yaratuvchi aloqida mavqega ega. Uning zimmasiga estetik qiymatga ega bo'lgan mahsulotlar va meqnat qurollarini yaratish burchi yuklangandir. qozir iste'molchilarning estetik didi o'sib bormoqda. Ya'ni harid qilinayotgan maqsulot ham go'zal, ham sifatli bo'lishi talab-eqtiyoj darajasiga ko'tarilmoqda… Ishlab chiharish korhonalaridagi asbob-uskuna, dastgoqlarning tehnik-estetik jihati - dizayni ishlab chiharish samaradorligiga ijobiy ta'sir qilmoqda…
Estetik faoliyat ilmiy ijodning ham estetik tomonini tashkil qiladi. Juda ko'p ilmiy tadqiqotchilar, atoqli olimlarning guvoqlik berishlaricha olimning saloqiyati, ijodiy meqnat natijalari va samaradorligi uning estetik madaniyat darajasiga boqliq ekan.
Estetik rivojlanmaganlik, loqaydlik olimning ijodiy kuch-qudratini so'ndiradi, aqliy ravnaqiga salbiy ta'sir o'tkazadi. Ilm-fan bilan bir tomonlama shuqullanish bilan cheklanib qolmaslik kerak, balki san'atdan ham lazzat olish olim ijodiga barakali ta'sir o'tkazadi.
3-masalaning bayoni: Nafosat (estetika)ning asosiy tushunchalari - go'zallik, uluqvorlik, fojialilik, kulgililik sanaladi. Bu tushunchalarning - go'zallik, uluqvorlik, fojialilik, kulgililik sanaladi. Bu tushunchalarning har biri o'ziga hos ravishda insonda turli estetik qis-tuyqularni uyqotadi. Endi anna shu tushunchalarning ba'zi hususiyatlari to'qrisida fikr yuritamiz.
Go'zallik - estetikaning asosiy tushunchasi. Go'zallik nafosatning maqzi, asosiy belgisi, bosh hossasi, asosiy moqiyatini tashkil etadi. Shu bois estetikani go'zallik qaqidagi fan, go'zallik falsafasi ham deb yuritiladi.
Estetik qis-tuyqu avvalo go'zallik tufayli jo'sh uradi. Mutafakkirlarning ta'kidlashicha go'zallik qaqida fikr yuritish, uni bayon qilish niqoyatda murakkab va mashaqqatli jarayon.
Go'zal, ijobiy qis-tuyqu uyqotadigan narsani, tomonni ko'rsatish ancha oson. Ammo o'sha narsa nima uchun go'zal ekanligini tushuntirib berish qiyin. Chunki go'zallik murakkab va ko'pqirralilik hususiyatiga ega.
Yunon mutafakkiri Aflotun ilk bor «Nima go'zalq» va «Go'zallik nimaq» degan savollarga ajratish bilan tarihga go'zallik to'grisidagi falsafiy ta'limotning asoschisi bo'lib kirgan.
Aflotun mutloq ruq-qoya go'zallikning namoyon bo'lishidir, deb ta'kidlaydi.
Aristotelь esa go'zallik moddiy olamdagi moslik, aniqlik, hamohanglik, tartiblilikning namoyon bo'lishidir deb ko'rsatilgan. Arastu go'zallik zaminida inson va narsaning bir-biriga muvofiqligi, mosligi, loyiqligi aqidasi yotishligini qayd etgan. qaqikatan inson idrok etmagan go'zallik qech nima, qech qanday qadriyat ahamiyatiga ega emas.
Go'zallik hilma-hil darajada namoyon bo'ladi. Tabiatdagi go'zallik, ijtimoiy qayotdagi go'zallik, foydali amaliy qayotdagi go'zallik, badiy ijoddagi go'zallik, san'atdagi go'zallik va boshqalar. Ular o'zaro bir-biridan farqqiladi. Ammo ular o'rtasida umumiy o'hshashlik tomonlar ham mavjud. Go'zal narsalar inson amaliy faoliyatiga, manfaatlariga mos bo'lib, ularni idrok etish insonda qayrat va quvonch baqishlaydi, shahsning uyqun hamoqang rivojlanishiga, unda eng yahshi insoniy fazilatlar tarkib topishiga ko'maklashadi.
Borliqdagi go'zallik san'at asarlarida ham aks ettiriladi. Buni biz san'atdagi go'zallik deb ataymiz. San'atda go'zallik - qayotdagi go'zallik in'ikosi bo'lib, uning bitmas-tuganmas manbai - voqelikdagi go'zallik sanaladi. San'atdagi go'zallikni ijodkorlar yaratadilar. Ijodkor shahslarning boshqa, oddiy odamlardan farqlari shundaki, ular boshqalar faqmlay olmagan go'zallikni hamma erda ko'ra olish, faqmlash, sezish, his qilish qobiliyatiga egadidir.
San'atda go'zallikni aks etishi o'ziga hos hususiyatlarga ega. Bu hususiyatlardan biri san'atda go'zallikning ko'p qirrali ekanligi bo'lsa, ikkinchi qususiyati san'atda go'zal va hunuk hodislarni aks ettirish mumkinligi. Ammo san'atning o'zi hamma vaqt ham go'zaldir. Tabiat, borliqdagi go'zallikni anglash, faqmlash qanchalik muhim bo'lsa, san'at asarlarida ifodalangan go'zallikni anglash hammuhimdir. har kim ham bu go'zallikni faqmlayvermaydi…
Uluqvorlik - tushunchasi o'zida estetik va ahloqiy sifatlar kasb etib, amaliyotda ko'p qo'llaniladigan estetik tushunchadir. Uluqvorlik ko'lami go'zallik ko'lamidek cheksizdir. Uluqvorlik tabiatda, jamiyatda, inson faoliyatida mavjuddir. Chunonchi tabiatdagi baland toqlar, qudratli shar-sharalar, cheksiz okeanlar, moviy dengizlar, tubsiz osmon va boshqalar uluqvorlik timsollari bo'lib, ular ulkanlik, buyuklik, keng ko'lamlik, tugamaslik jihatdan umumiylikka ega. Tabiatdagi uluqvorlik insonni zaiflikka emas, balki unda tabiat bilan qo'shilib ketishiga intilish hissini uyqotadi. Uluqvorlik ba'zida insonda qo'rqinch hissini ham uyqotadi. Ammo bu qo'rquv hissi insonni kamsitmaydi, balki to'siqlarni engib o'tishga turtki bo'ladi.
Uluqvorlik san'atda, hususan me'morchilik va qaykaltaroshlikda aloqida ahamiyat kasb etadi. Masalan Misr piramidalari, Samarqand, Buhoro, Hiva shaharlaridagi me'morchilik obidalari, yunonlarning Parfenoni, rimliklarning Kolizey iva boshqalar o'zlarining salobati, uluqvorligi bilan kishini qayratga soladi, kishida o'z kuchiga ishonch, ko'tarinkilik his-tuyqusini uyqotadi. Uluqvorlik tushunchasini faqat keng, katta miqyosini me'yor o'lchovi bilan anglash to'qri emas. Chunki ko'rinishi, miqyosi jihatdan ulkan bo'lmagan, ammo nafisligi bilan uluqvorlik kasb etgan obidalar kup. Bular Amir Temur daqmasi, Shoqizinda, Registon maydoni, Ichki qal'a, Ismoil Somoniy maqbarasi, Chor Minor, Shoqi jaqon obidalari shular jumlasidandir.
qayotda uluqvorlikning aksi bo'lgan tubanlik ham uchrab turadi. Tubanlik kishida kuchli jirkanish, nafratlanish hissiyotini uyqotuvchi vokea-hodislar orqali izoqlanadi.
Fojiaviylik va kulgililik tushunchasi yordamida qayotning mavjud ziddiyat va to'qnashuvlari baqolanadi va mushoqada qilinadi.
San'atda fojia qaqramonlari ko'pincha ijobiy tarzda tasvirlanadi. Fojia qaqramonlari o'z davri orzu-umidlarini o'zida mujassamlashtirgan uluqvor shahs sifatida namoyon bo'ladilar. Ularning taqdiri kishida achinish his-tuyqusini uyqotadi.
Fojialilikda voqeiy qayotning chuqur ziddiyatlari: qayot va o'lim, ozodlik va tutqunlik, qonun va burch, shahsiy va ijtimoiy manfaatlari to'qnashuvlari aks etadi. Bu to'qnashuvlarning qanday tugallanishi bilan insoniyat istiqboli, taraqqiyot taqdiri boqlangan bo'ladi. Fojia qaqramonlari ko'pincha ijobiy tarzda tasvirlanib, ular o'z davrining orzu-umidlarini o'zida mujassamlashtirgan kuchli, yorqin, uluqvor shahs sifatida (qiyofasida) namoyon bo'ladilar. Ko'pincha fojiali voqealar mazmunida qaqramonning mavjud shart-sharoitlarni tubdan o'zgartirishga faol intilishi namoyon bo'ladi. Bu masalada Shekspirning Gamletini eslash kifoya.
Fojiali voqealar - qaqramon qayotida tragedik holat sifatida bayon qilinadi. Tragedik san'at asarlar ibtidosi qadim Yunonistonga borib taqaladi. Eshil, Sofokl, Evripid qadimgi dunyoning tragedik san'atkorlari sifatida mashhurdirlar. Eshilni «Tragediyaning otasi» deb yuritiladi.
Uyqonish davri tragedik san'at asarlari ijodkori sifatida Vilьyam Shekspir mashhurdir. Uning fojiaviy asarlarida kuchli, jasoratli, qururli, erkin, barharor inson timsoli gavdalantirilgan. Bu o'rinda Otelloni eslash o'rinli.
Inson orzularini ro'yobga chiharish uchun bir umr intiladi, ko'rashadi. Bunda u turli to'siqlarga duch keladi. Mana shu to'siqlar, qayotdagi adolatsizliklar fojianing tuqilishiga sabab bo'ladi. Shu bois fojia insonga hamroq. Ammo fojia asarini yaratish kamdan-kam ijodkorga nasib qiladi.
Kulgililik ham insonning dunyo voqea-hodislariga o'ziga hos munosabatini anglatadi. Kulgi noinsoniy, noahloqiy illatlar bilan ko'rashishning omilkor vositasi. Ayni vaqtda kulgi insonning kuch-qudrati va ozodligi timsolini ham ifodalaydi.
Kulgililik san'atda komediya shaklida o'zining to'la nafosatli (estetik) ifodasini topadi. Komediya mavzuini turli beuqshovliklar, muvofiqsizlik, bir-biriga o'zaro mos kelmasliklarning turli-tuman ko'rinishlari tashkil etadi. Komediya salbiy odamlarni aks ettiruvchi asar ma'nosini bildiradi. Komediyaga faqat qoralash, inkor qilish, tanqid qilish emas, balki to'qridan-to'qri ezgulik o'rnatish, haror toptirish ham hos.
O'zbek san'atida komik asarlar sirasiga A.qaqqorning «Tobutdan tovush», «Oqriq tishlar», B.Raqmonovning «Yurak sirlari», E.Voqidovning «Oltin devor» va boshqalar kirib ko'p yillar davomida teatr saqnalaridan tushmay keldi.
Kulgining badiiy shakllaridan biri mashara (satira) sanaladi. Unda qayotning salbiy hodislalari ustidan Kulish orqadi bu hodislar yuksak insoniy orzularga zid ekanligi bo'rttirib ko'rsatiladi. Mashara markazida doimo salbiy vokea-hodislar joylashib, uning butun fosh qilish kuchi anna shularga harshi haratilgan bo'ladi.
San'atning kulgi torasida qazil-qajv (yumor) ham munosib o'ringa ega. qazil-qajvsiz Biron-bir kulgi asari yaratilmaydi. qayot ikir-chikirlari, kamchiliklarini tanqid qilayotgan ijodkor qazil-qajv tuyqusi orqali insonni ma'naviy-ahloqiy komillikka erishuviga yordam beradi.
Kulgi faqat fosh etish hususiyatigagina ega bo'lmay, uning boshqa tomonlari - tarbiyalovchi kulgi, ko'ngilni yumshatadigan kulgi, achinish va meqr-shafqat ko'rsatish kulgisi, qayotbaqsh va do'stona kulgi ham borligini unutmasligimiz lozim. Bularning hammasi insonda ma'lum qis-tuyqularning tuqilishiga olib keladi. Ular orqali insonda lazzatlanish yoki nafratlanish tuyqusi paydo bo'ladi…
Takrorlash uchun savollar
1Estetik ob'ektga nimalar kiradiq
2.Estetik sub'ektga nimalar kiradiq
3.Estetik ong nimaq
4.Estetik huzurlanish va lazzatlanish nimaq
5.Nafosatning asosiy tushunchalarini aniqlang.
6.Go'zallik to'qrisidagi falsafiy ta'limotning asoschisi kimq
7.Go'zallikning namoyon bo'lish darajalarini aniqlang.
8.San'atdagi go'zallikning manbai nimadaq
9.Tabiat va san'atdagi uluqvorlikni aniqlang.
10. Fojiaviylik nimani aks ettiradi.
11. Fojiaviylikning aks ettiruvchi asarlar yo ijodkorlarini aniqlang. «Tragediyaning otasi» degan nomga sazovor san'atkorni aniqlang.
12. Komediya (kulgililik) qanday ma'noni bildiradiq

Tayanch tushunchalar


Nafosatli munosabat, nafosatli ong. Nafosat tuyqu. Nafosatli did, Badiiy did, Nafosatli faoliyat. Nafosatli harash, Nafosatli nazariyalar.



Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish