1-mavzu: falsafaning prеdmеti va asosiy mavzulari. Falsafiy dunyoharash. (2 soat)


-mavzu. ESTЕTIKANING PRЕDMЕTI, TADQIQOT DOIRASIVA VAZIFALARI



Download 0,53 Mb.
bet41/44
Sana01.02.2022
Hajmi0,53 Mb.
#421110
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
Bog'liq
2.Ма`ruza mаtni фалсафа

1-mavzu. ESTЕTIKANING PRЕDMЕTI, TADQIQOT DOIRASIVA VAZIFALARI
NAFOSATLI QARASHLAR TARIHI
Reja:
1.Estetika fanining tadqiqot doirasi va maqsadi.
2.Estetikaning falsafiy fan sifatidagi moqiyati.Estetikaning boshqa fanlar bilan o'zaro munosabati.
3.Ko'qna SHarqqadimgi dunyo nafosat ilmining beshigi sifatida
4. qadimgi dunyoning mumtoz nafosatshunosligi (Yunoniston, Rumo).

Adabiyotlar ro'yhati.


1.Karimov I.A. O'zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. -Toshkent: O'zbekiston, 1996.
2.Karimov I.A. Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga ishonaman// Fidokor.- 2000.- 8 iyun.
3.Mirziyoyev Sh.M. O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning 5 ta ustuvor yunalishi buyicha Harakatlar stranegiyasi. 07.02.2017
4.Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik o‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. – Toshkent : O‘zbekiston, 2016.
5. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. 2017 yil 14 yanvar /. – Toshkent : O‘zbekiston, 2017.

6.Umarov E. Estetika.- Toshkent: O'zbekiston, 1995.


7.ГегелГ. Эстетика, в 4-хтомах. Т.1.- Москва: Искусство, 1968.
8.Гулыга А. Принципы эстетики.- Москва: Политиздат, 1987.
9.Nafosatshunoslik. Ma'ruzamatni. O'z.Res.OUMTV. T-2002.

1-masala. Estetika yohud nafosatshunoslik eng qadimgi fanlardan biri. Uning tarihi ikki yarim-uch ming yillik vaqtni o'z ichiga oladi. Biroq u o'zining qozirgi nomini XYIII asrda olgan. Ungacha bu fanning asosiy muammosi bo'lmish go'zallik va san'at qaqidagi muloqazalar har hil san'at turlariga baqishlangan risolalarda, falsafa hamda iloqiyot borasidagi asarlarda o'z aksini topgan edi. «Estetika» atamasini birinchi bo'lib buyuk olmon faylasufi Aleksandr Baumgarten (1714-1762) ilmiy muomalaga kiritgan. Bunda u boshqa bir uluq olmon faylasufi Leybnic (1646-1716) ta'limotidan kelib chiqqan qolda munosabat bildirgan edi. Leybnic inson ma'naviy olamini uch soqaga - aql, ihtiyor, qissiyotga bo'ladi va ularning har birini aloqida falsafiy jihatdan o'rganish lozimligini ta'kidlaydi. Baumgartengacha aqlni o'rganadigan fan-mantiq, ihtiyorni o'rganuvchi fan esa-ahloqshunoslik (etika) ni falsafada ko'pdan buyon o'z o'rni bor edi. Biroqqissiyotni o'rganadigan fan falsafiy maqomdagi o'z nomiga ega emasdi. Baumgartenning bu boradagi qizmati shundaki, u «qis qilish», «sezish», «qis etiladigan» singari ma'nolarni anglatuvchi yunoncha aisthetikos-«oyestetikos» so'zidan «estetika» (olmoncha «estetik»- «eshtetik») iborasini olib, ana shu bo'shliqni to'ldirdi.


Baumgarten estetikani qissiy idrok etish nazariyasi sifatida ilgari surdi. Lekin, ko'p o'tmay, u goq «go'zallik falsafasi», goq «san'at falsafasi» sifatida talqin etila boshlandi. Estetika fanining eng buyuk nazariyotchilaridan biri qegel esa o'z ma'ruzalarining kirish qismida yozadi: «Estetika» degan nom muvaffaqiyatsiz chiqqani va yuzaki ekani sababli boshqa atama qo'llashga urinishlar bo'ldi. So'zning o'z-o'zicha bizni qiziqtirmasligini nazarda tutib, biz «estetika» nomini saqlab qolishga tayyormiz, buning ustiga, u odatiy nutqqa singishib ketgan. Shunga haramay, bizning fanimiz mazmuniga javob beradigan ibora, bu-«san'at falsafasi» yoki yana ham aniqroqqilib aytganda-«badiiy ijod falsafasi».
qegelning «estetika» atamasidan ko'ngli to'lmaganligiga jiddiy sabablar bor. Bulardan biri-yuqorida uning o'zi aytib o'tgan fikrlari bo'lsa, ikkinchisi-mazkur so'zning barcha qis-tuyqularga taalluqliligi. Vaqolanki, fanimiz faqat nafosatli qis tuyqular va ularning ziddini nazarda tutadi. Ayniqsa, mana shu ikkinchi sababga ko'ra, «estetika» atamasining talabga javob berishi shubqali. Buning ustiga allaqachon fanimizning tadqiqot doirasi san'at qududidan chiqib, inson qayotining deyarli barcha soqalariga yoyilib ketgan. Shu bois biz «estetika» atamasini ilmiy muomalaga kiritishni maqsadga muvofiq deb o'ylaymiz. Zero mazkur atamaga asos bo'lgan «nafis», «nafislik», «nafosat» so'zlari o'z hamrovi bilan fanimiz talabiga to'la javob bera oladi. «Nafis» so'zi «O'zbek tilining izoqli luqati»da-go'zal, nozik, latif, yoqimli, badiiy jihatdan juda yuksak ma'nolarida izoqlanadi. Bundan tashhari «estetika» («eshtetik») so'zi olmonlardagi yoki ruslardagi kabi bizda keng yoyilib, halqimiz nutqiga singishib ketgan emas.
Endi fanimizning moqiyatini anglatadigan «san'at falsafasi» va «go'zallik falsafasi» iboralariga to'htalamiz. Estetika tarihida birinchi ibora tarafdorlari ko'pchilikni tashkil etadi. Lekin, yuqorida aytib o'tganimizdek, san'at fanimizning yagona tadqiqot ob'ekti emas. qozirgi paytda tehnika nafosatshunosligi va uning amaliyotdagi soqasi dizayn, atrof-muqitni go'zallashtirish, tabiatdagi nafosat borasidagi muammolar bilan ham bizning fanimiz shuqullanadi. Shu bois uning hamrovini san'atning o'zi bilangina chegaralab qo'yishga qaqqimiz yo'q. Zero bugungi kunda inson o'zini o'rab turgan barcha narsa-qodisalarning go'zal bo'lishini, harqadamda nafosatni qis etishni istaydi: biz taqib yurgan soat, biz kiygan kiyim, biz qaydayotgan mashina, biz uchadigan tayyora, biz yashayotgan uy, biz meqnat qiladigan ishhona, biz yurgizayotgan dastgoq, biz yozayotgan qalam, biz dam oladigan tomoshaboqlar-hammasidan nafis bir ruq ufurib turishi lozim.
YUqorida aytilganlardan kelib chiqsak, demak, «go'zallik falsafasi» degan ibora fanimizga ko'proq mos keladi. Negaki, fanimiz faqat san'atdagi go'zallikni emas, balki insondagi, jamiyat va tabiatdagi go'zallikni ham o'rganadi. Shuningdek, go'zallikdan boshqa uluqvorlik, fojiaviylik, kulgililik, mo''jizaviylik, uyqunlik, noziklik singari ko'pdan-ko'p tushunchalar mavjudki, ularni tadqiq etish ham estetika fanining zimmasida. Lekin, bu o'rinda, shuni unutmaslik kerakki, mazkur tushunchalarning har birida go'zallik, bir tomondan, unsur sifatida ishtirok etsa, ikkinchi tomondan, ularning o'zi go'zallikka nisbatan unsur vazifasini o'taydi. Ana shu hususiyatlarning voqelikda namoyon bo'lishini biz nafosat deb ataymiz.
Go'zallik, ko'rganimizdek, nafosatning bosh, etakchi hususiyati qisoblanadi. Shu bois u estetikaning asosiy mezoniy tushunchalaridan biri sifatida tadqiq va talqin etiladi. Zero go'zallikning ishtirokisiz yuqoridagi hususiyatlarning birortasi nafosatdorlik tabiatiga ega bo'lolmaydi. Masalan, uluqvorlikni olaylik. U asosan qajmga, miqdorga asoslanadi. Buhorodagi Arslonhon minorasi yohud Minorai Kalon uluqvorligi bilan kishini qayratga soladi, unga tikilar ekansiz, qalbingizni nafosat zavqi hamrab oladi. Lekin huddi shunday balandlikdagi kimyoviy korhona mo'risidan zavqlanolmaysiz. Yoki yonbaqirdan turib, toqqa tikilsangiz nafosat zavqini tuyasiz, ammo huddi shunday balandlikdagi shahar chetida o'sib chiqqan ahlat «toqi»ga harab zavqlanmaysiz. Chunki Arslonhon minorasi me'morlik san'ati asari sifatida go'zallik qonuniyatlari asosida bunyod etilgan; toq esa tabiat yaratgan uluqvor go'zallik. Zavod mo'risida ham, ahlat «toq»ida hamqajm, miqdor boru, lekin bir narsa-go'zallik etishmaydi. Minora bilan toqdagi qajmni salobatga aylantiruvchi unsur, bu-go'zallik. Fojeaviylik hususiyatida ham go'zallikning ishtirokini ko'rish mumkin. Misol sifatida Lev Tolstoyning «Urush va tinchlik» romanidagi Austrlicda bo'lib o'tgan rus va francuz qo'shinlari to'qnashuvidan so'ng, jang maydonida yarador bo'lib yotgan knyaz Andrey Bolkonskiyni eslaylik: bir qo'lida bayroq dastasini ushlagancha ko'm-ko'k maysada moviy osmonga harab yotgan, oppoq mundirli botir yigit-bayroqdor zobitning tepasiga kelgan Napoleon uni o'lgan deb o'ylab, bu manzaradan qayratlanib: «Mana bu-go'zal o'lim!», deydi. Bu o'rinda asar qaqramonining o'limi- fojeaviylik, o'limning qaqramonlikka aylanishi-uluqvorlik; fojeaviylik bilan uluqvorlik hususiyatlarining omuhtalashuvi natijasida esa go'zal manzara, qayquli va uluqvor go'zallik vujudga kelgan. Shuning uchun ham Napoleonning qayrotomuz hitobi bejiz emas. Demak, estetikaning asosiy tadqiqot ob'ekti-go'zallik, biroq, san'at ham o'z navbatida estetikaning go'zallik kabi keng hamrovli tadqiqot ob'ekti qisoblanadi.
San'at estetikaning ob'ekti sifatida o'ziga hos olam. Unda nafosatning hususiyatlari bo'rtib ko'zga tashlanadi. Shunga ko'ra uni nafosatga burkangan ijtimoiy qodisa deyish mumkin. San'at qayotni in'ikos ettirar ekan, insonning o'zini o'ziga ko'rsatuvchi ulkan ko'zgu vazifasini o'taydi. U insonni o'rgatadi, da'vat etadi, go'zallashtiradi. Bu vazifalarni bajarishda estetika san'atning ko'makchisi, etakchisi qisoblanadi. Estetika bir tomondan, san'atning paydo bo'lishidan tortib, uning turlariyu janrlarigacha, san'at asarining ichki murvatlaridan tortib, san'atkorning ijodkorlik tabiatigacha bo'lgan barcha jarayonlarni o'rganadi. Ikkinchi tomondan, san'at uchun umumiy qonun-qoidalarni ishlab chiqadi va tadbiq etadi. Uchinchi tomondan, esa san'at asarini idrok etayotgan kishi ruqidagi o'zgarishlarni nafosat nuqtai nazaridan tadqiqqiladi.
Shunday qilib, estetika san'atni to'la hamrab oladi va uning ich-ichiga kirib boradi: badiiy asarning yaratilish arafasidagi shart-sharoitlardan tortib, to u bunyodga kelib, asl egasi-idrok etuvchiga etib borgunigacha bo'lgan va undan keyingi jarayonlarni tadqiq etadi hamda ulardan nazariy hulosalar chiharadi. Zotan «San'at falsafasi» iborasining siri ana shunda.
Estetika-falsafiy fanlar tarkibiga kiruvchi maqsus soqa. Falsafani esa, o'zingizga ma'lumki, fanlar podshosi deb atashadi. Darqaqiqat, u fanlar podshosi sifatida barcha tabiiy va ijtimoiy ilmlar erishgan yutuqlarni o'z hamroviga olib, ulardan umumiy hulosalar chiharib, shular asosida insoniyatni qaqiqat tomon etaklaydi. Shu bois tafakkurni falsafaning tadqiqot ob'ekti deb atash maqsadga muvofiq bo'ladi. Estetika-falsafiy fan sifatida, barcha san'atshunoslik fanlari erishgan yutuqlardan umumiy hulosalar chiharib, shu hulosalar asosida insonni go'zallik orqali qaqiqatga etishtirishga qizmat qiladi. Bundan tashhari estetika ishlab chiqqan qonun-qoidalar barcha san'atshunoslik fanlari uchun umumiylik hususiyatiga ega. Masalan, uslub, ritm, kompoziciya v. q. borasidagi qonuniyatlar barcha san'at turlariga taalluqli. qech bir aloqida san'at turi qaqidagi fan bunday imtiyozga ega emas. Masalan, adabiyotshunoslik ishlab chiqqan qofiya nazariyasini musiqa yoki me'morlik san'atiga tadbiq etib bo'lmaydi.
Estetikaning falsafiy moqiyatini yana uning san'at asariga yondoshuvida ko'rish mumkin. Ma'lumki har bir san'atshunoslik ilmi o'z tadqiqot ob'ektiga uch tomonlama- nazariy, tarihiy, tanqidiy jihatdan yondoshadi. Masalan, adabiyotshunoslikni olaylik. Adabiyot nazariyasi faqat adabiyotgagina hos bo'lgan badiiy qonuniyatlarni, badiiy qiyofa yaratish usuli va vositalarini o'rganadi. Adabiyot tarihi muayyan tarihiy-badiiy jarayonlar orqali badiiy adabiyotning rivojlanish qonuniyatlarini ochib beradi. Adabiy tanqid esa adabiy-badiiy ijodning zamonaviy jarayonlarini tadqiq etadi va har bir yangi asarni baqolaydi, asar ijodkorining ijodiy rivojlanishini kuzatib boradi. Musiqada ham, tasviriy san'atda ham va q. k san'at turlarida shunday. Estetikada esa tadqiqot ob'ektiga yondoshuv uch emas, birgina-nazariy jihatdan amalga oshiriladi: tarih ham, tanqid ham nazariyaga bo'ysundiriladi. To'qri, estetika tarihi degan ibora va shu nomda kurslar o'qitiladi. Lekin bu nom, ibora-shartli tarzda qo'llaniladi. Vaqolangki, u fanning tarihi emas, balki tarihan davrlarga bo'lingan nafosat nazariyalarining taqlilidir.
Ma'lumki, san'at asarining mavjud bo'lishi uchun to'rt shart-unsur albatta zarur. Bular: ijodkor-badiiy asar-badiiy asarni idrok etuvchi-vositachi. YUqoridagi misol nuqtai nazaridan haraydigan bo'lsak: yozuvchi-roman-kitobhon-tanqidchi. Adabiyotshunoslik bularning har birini odatda aloqida-aloqida o'rganadi. Deylik, yozuvchi Odil YOqubov ijodiy faoliyati qaqida adabiy portret-aloqida, uning «Uluqbek hazinasi» romani to'qrisida tadqiqiy maqola aloqida, zamonaviy kitobhonning didi, saviyasi va talablariga baqishlangan muloqaza-maqola aloqida, «Uluqbek hazinasi» romaniga taqriz esa aloqida yozilishi mumkin. Estetika fani hammasini biryo'la, muayyan tizim sifatida tadqiq etadi va bu tadqiqot umumlashtiruvchilik, nazariylik hususiyatiga ega bo'ladi. Shunday qilib, estetikaning falsafiy moqiyatini ko'rib o'tdik. Endi uning boshqa fanlar bilan o'zaro munosabatlariga to'htalamiz.
2-masala. Estetika qadim-qadimlardan ko'pgina fanlar bilan mustaqkam aloqada rivojlanib kelgan. Shulardan biri bo'lgan falsafa qaqida, ular orasidagi boqliqlik to'qrisida yuqorida aytib o'tdik. Estetika uchun yana bir aloqador, «qadrdon» fan ahloqshunoslikdir. Bu ikkala fan shu qadar bir-biriga yaqinki, qatto ba'zi davrlarda ular etarli darajada o'zaro chegaralanmagan. Chunki insonning hatti-harakati va niyati ko'pincha ham ahloqiylikka, ham nafosatga tegishli bo'ladi, Ya'ni muayyan ijobiy faoliyat ham ezgulik, ham nafosat hususiyatlarini o'zida birvarakay mujassam qiladi. Shu sababli «Avesto», «Bibliya» va «qur'on» kabi muqaddas kitoblarda, Suqrot, Aflotun, Forobiy singari qadimgi faylasuflar ta'limotlarida ahloqiylikni-ichki go'zallik, nafosatni-tashqi go'zallik tarzida talqin etganlar. Bundan tashhari, ko'rib o'tganimizdek, san'at estetikaning asosiy tadqiqot ob'ektlaridan qisoblanadi. har bir san'at asarida esa ahloqning dolzarb muammolari ko'tariladi va ijodkor eng yuksak ahloqiy darajani badiiy qiyofalar orqali in'ikos ettiradi. Bu in'ikos bevosita ijobiy qaqramonlar qiyofasida amalga oshsa, bilvosita salbiy voqea-qodisalarga muallif nuqtai nazari orqali ro'y berishi mumkin. Ya'ni biror bir badiiy asarda ijobiy qaqramonlar, umuman, bo'lmaydi, lekin undagi voqea-qodisalarga ijodkor o'z zamonasi erishgan ahloqiy yuksaklikdan turib baqo beradi. Shu bois mutlaqo ahloqsiz tarzdagi badiiy asarning bo'lishi mumkin emas. Demak, estetika o'rganayotgan har bir badiiy asar ma'lum ma'noda ahloqshunoslik nuqtai nazaridan ham tadqiq etilayotgan bo'ladi. Biroq, bunday yaqinlik, yuqorida aytganimizdek, aslo aynanlikni anglatmaydi. Bu ikkala fanning tadqiqot ob'ektlari orasidagi farqni birinchi bo'lib buyuk Arastu nazariy jihatdan isbotlab bergan edi; u, ezgulik faqat harakatda, go'zallik esa, harakatsiz ham namoyon bo'ladi, degan fikrni bildiradi. Darqaqiqat, ahloqiylik faqat insonning hatti-harakati, qilmishi orqali yuzaga keladi; odam toki harakatsiz ekan, biz uning na yahshiligini, na yomonligini bilamiz; muayayn hatti-harakat sodir qilinganidan keyingina biz uni yo ezgulik, yo yovuzlik, yo yahshilik, yo yomonlik sifatida baqolaymiz. Go'zallik esa, o'zini harakatsiz ham namoyon etaveradi. Olaylik, Ko'kaldosh madrasasi. U qech qachon harakat qilmaydi, lekin go'zallik sifatida mavjud, harakatsizligidan uning go'zalligiga putur etmaydi. Bundan tashhari, ahloqning qonun-qoidalari, nasiqatlar, qikmatlar umumiylikka, barchaga bir hilda taalluqlik hususiyatiga ega. Nafosat esa muayyanlikni, aniqlikni yoqtiradi. Masalan, ahloqshunoslikdagi «yahshi odam» tushunchasi hammaga-ayolga ham, erkakka ham, yoshu-hariga ham tegishli bo'lishi mumkin. Estetikada esa, «go'zal odam» tushunchasi yo'q; yo «go'zal yigit», yo «go'zal qiz» degan tushunchalargina mavjud. Chunki, erkak kishidagi chiroyli mo'ylov faqat erkakning yuzida, ayol kishidagi qusnlardan biri-ko'krak faqat ayol kishi vujudida go'zallikka ega. Endi mo'ylov burab so'zlayotgan ayolni-yu, siynaband taqib yurgan erkakni tasavvur qiling! Boyagi go'zalliklar hunuklikka aylanadi-qoladi. Shuningdek, go'zallik bir vujudda ham faqat o'z o'rnini talab qiladigan «o'ta injiqlik» hususiyatiga ega. Shu joyda olmon nafosatshunosi Fehner qo'llagan misolni keltirish o'rinlidir. Uning fikricha qiz bolaning yuzidagi qizillik uning go'zalligidan dalolat beradi. Biroq, qizillik uning burun ustiga ko'chsa-hunuklikka aylanadi. Demak, ahloq uchun-umumiylik, nafosat uchun esa-muayyanlik mavjudlik sharti qisoblanadi. Estetika ruqshunoslik (psihologiya) bilan ham mustaqkam aloqada. Ma'lumki, insonning ruqiy qayotini o'rganar ekan, ruqshunoslik, qissiyotlar masalasiga katta o'rin beradi. Go'zallikni, san'at asarini yaratish va idrok etish ham, ma'lum ma'noda qissiyotlar bilan boqliq. Masalan, oddiy harsang tosh kishida aloqida bir qissiy taassurot uyqotmaydi. Lekin toshga qaykaltarosh qo'l urganidan so'ng, undan qayot nafasi, insoniy qissiyotlar ufurib turadi. Gap bunda toshga odam qiyofasi berilganida emas, balki shu qiyofaga bir laqzalik insoniy tuyqularning jamlanganidadir; boshqacharoqqilib aytganda, ijodkor toshga o'zi tomoshabinga etkazishni maqsad qilib qo'ygan qissiyotlarning suratini chizadi va oddiy toshni qaqiqiy san'at asariga aylantiradi. Agar ijodkor-qaykaltarosh ana shu qissiyotlarni o'zi mo'ljallagan darajada tomoshabinga etkaza olsa va tomoshabinda o'sha qissiyotlarga yo aynan, yo monand tuyqular uyqota olsa, mazkur qaykal qaqiqiy san'at asri qisoblanadi. Estetika qaykaltaroshdan qaykalga, qaykaldan tomoshabinga o'sha qissiyotlarning qay darajada o'tgan-o'tmaganligini, ya'ni, badiiy qiyofa qanchalik puhta yaratilganligini o'rganadi va shu asosda asarni baqolaydi. Ruqshunoslik esa ana shu hissiyotlarning o'zini o'rganadi. Bundan tashhari ruqshunoslik asar qoyasidan tortib, to badiiy asar-nafosatli qadriyat vujudga kelgunga qadar bo'lgan ijodkorning qissiyotlar olamini o'rganadi. Albatta, bu o'rganishlar aloqida-aloqida, muhtor qolda emas, balki ikkala fanning bir-biri bilan hamkorligi, birining ikkinchisi qududiga o'tib turishi vositasida ro'y beradi. Shu bois ruqshunoslikka ham, estetikaka ham teng aloqador bo'lgan san'at ruqshunosligi va badiiy ijod ruqshunosligi deb atalgan yo'nalishlar mavjud.
Shuningdek, estetikaning sociologiya (ijtimoiyshunoslik) bilan aloqadorligi hammuhim. Ma'lumki, har bir san'at asari aloqida inson shahsiga e'tibor qilgani holda, jamiyatni ijtimoiy munosabatlar tizimi sifatida badiiy tadqiqqiladi. qatto inson va jamiyat bevosita aks etmagan manzara janridagi asarda ham, ijtimoiylik jamiyat a'zosi-muallif harashlarining bilvosita in'ikosi bo'lmish uslubda o'zini ko'rsatadi. Zero asar muallifi qech qachon o'zi mansub jamiyatdan chetda «tomoshabin» bo'lib turolmaydi. Chunonchi, yirik asarlar sociologik tadqiqotlar uchun o'ziga hos material bo'lib qizmat qiladi. Bundan tashhari, sociologiya jamiyat bilan san'atning o'zaro aloqalarini, san'atning ijtimoiy vazifalarini o'rganadi; san'atkorning jamiyatdagi o'rni, mavqei, o'quvchi va tomoshabinlarning ijtimoiy demografik qolatlarini tadqiq etadi; shahs ijtimoiylashuvida san'atkor va san'at asarining ahamiyatini taqlil qiladi. Bu muammolarni atroflicha o'rganish uchun maqsus san'at sociologiyasi soqasi ham mavjud. U-ham ijtimoiyshunoslikka, ham estetikaka birday tegishlidir. Ayni zamonda, muayyan san'at asarlari, janrlari va turlarining jamiyatdagi mavqeini aniqlab beruvchi maqsus sociologik so'rov usullari ham mavjudki, ular shubqasiz, san'at taraqqiyotiga, estetikaning san'at soqasida to'qri yo'nalish tanlashiga ko'maklashadi.
Estetikaning dinshunoslik bilan aloqasi aloqida diqqatga sazovor. Chunki din va san'at doimo bir-birini to'ldirib keladi va ko'p qollarda biri boshqasi uchun yashash sharti bo'lib maydonga chiqadi. Buning ustiga, har bir umumjaqoniy dinning «o'z tasarrufidagi» san'at turlari bor: buddqachilik uchun-qaykaltaroshlik, nasroniylik uchun-tasviriy san'at, musulmonchilik uchun-badiiy adabiyot. Shuningdek, barcha umumjaqoniy dinlar o'z ibodathonalarini taqazo etadi. Ibodathonalarning esa me'morlik san'ati bilan boqliqligi hammamizga ma'lum. Umuman olganda, dinlar deyarli barcha san'at turlari bilan aloqadorlikda ish ko'radi. Asrlar mobaynida, ana shu aloqalar natijasi o'laroq, san'at asarining o'ziga hos ko'rinishi-diniy-badiiy asar vujudga keldi. «Abu Muslim jangnomasi», Shoqizinda me'morlik majmuidagi inshootlar, Kyoln jomesi, Rembrandtning «Muqaddas oila» asari, qindi-Hitoy mintaqasidagi Buddqa ibodathonalari ana shunday diniy-badiiy asarlardir. Ularda diniy qoyalar badiiyat orqali ifoda topgan. Estetika bunday asarlarni tadqiq etar ekan, albatta, dinshunoslik bilan hamkorlik qilmay iloji yo'q: u o'sha diniy qoyalarning moqiyatini, har bir umumjaqoniy dinning san'at oldiga qo'ygan talablarini yahshi bilmoqi va qisobga olmoqi lozim.
Estetikaning pedagogika bilan aloqasini biz tarbiya muammolarini qal qilishda ko'ramiz. Chunki pedagogika ham ma'lum ma'noda nafosat tarbiyasi bilan shuqullanadi. Lekin bu tarbiya aloqida-aloqida, mustaqil qismlarga bo'lingan qolda, turli yosh va soqalar uchun maqsus belgilangan tarbiya tarzida, ya'ni muayyan, aniq chegaralarda olib boriladi. Masalan, maktabgacha tarbiya, o'quvchilar tarbiyasi, sportchilar tarbiyasi v. q. Pedagogika ana shu soqa va yoshlar bo'yicha olib borilayotgan nafosatli tarbiya muammolarini o'rganadi. Estetika esa nafosat tarbiyasining umumiy qonun-qoidalarini ishlab chiqadi, ya'ni, inson tuqilganidan boshlab to o'lgunigacha bosib o'tadigan bosqichlar uchun umumiy bo'lgan tarbiya falsafasi sifatida ish ko'radi. Demak, rus nafosatshunosi M. Kagan aytganidek, pedagogika tarbiya borasida taktik tabiatga ega bo'lsa, estetika uning strategiyasidir.
Shuningdek, estetika semiotika-belgilar va belgilar tizimi qaqidagi fan bilan ham aloqador. Chunki san'at asari belgilar orqali namoyon bo'ladi. Masalan, harflar, notalar v.q. Boshqacharoqqilib aytganda, bilish va baqolash faoliyati natijalarini, ya'ni semantik va pragmatik ahborotni o'zida mujassam qilgan san'at asari o'sha ahborotni etkazib berishga ham mo'ljallangan. Ana shu san'atning belgi bilan boqliq tomonini, kommunikativ-vositachilik jihatini semiotika o'rganadi. Ayni paytda, fanimizda tuzilmali-semiotik estetika deb atalgan nazariya ham mavjud. Unda san'at maqsus til yoki belgilar tizimi, aloqida san'at asari esa ana shu tizim belgisi yoki o'sha tizim belgilarining izchilligi sifatida olib haraladi. Zero bunda belgi san'at asarini idrok etuvchiga etkazib beruvchi qodisa tarzida o'rganiladi.
Bundan tashhari, estetika kibernetika, ekologiya va yuqorida aytib o'tganimizdek, barcha san'atshunoslik fanlari bilan ham yaqin aloqadorlikda ish olib boradi.
har bir fanning inson va jamiyat qayotida o'ziga hos amaliy ahamiyati bor. Estetika ham bundan mustasno emas. Fanimiz, avvalo, kundalik qayotimizda nafosat tarbiyasini to'qri yo'lga qo'yish borasida katta ahamiyatga ega. Erkin, demokratik jamiyatimizning har bir a'zosi go'zallikni chuqur qis etadigan, uni asraydigan nafis did egalari bo'lishlari lozim; qaqiqiy badiiy asar bilan saviyasi past asarni farqlay bilishlari, «ommaviychilik san'ati»ni rad qila olishlari lozim. Ana shu nuqtai nazardan haraganda, estetika jamiyatning barcha a'zolari uchun muhim ahamiyatga ega.
YUqorida ko'rib o'tganlarimizdan shu narsa ma'lum bo'ladiki, bugungi kun estetika fani oldida ulkan vazifalar turibdi. Zotan biz qurayotgan fuharolik jamiyati a'zosi harjihatdan kamol topgan, yuksak nafis did egasi bo'lmoqi lozim. qolaversa, qozirgi mashinasozlikni, aviasozlikni, umuman, sanoatni zamonaviy dizaynsiz tasavvur etish mutlaqo mumkin emas. Bunda bevosita tehnika nafosatshunosligining ahamiyati katta. Bunlardan tashhari, ayniqsa yoshlarning nafosat tarbiyasiga aloqida e'tibor berish-zamonning dolzarb talabi bo'lib bormoqda. Shu bois «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da uzluksiz
3-masala. Inson tabiatan bo'sh vaqtga intilib yashaydi. Chunki bo'sh vaqt mobaynida inson jisman va ruqan dam olishi, kundalik meqnat-qorin to'ydirish tashvishidan foriq bo'lish imkoniga ega. Bo'sh vaqt insonda o'yin qissi o'yqonishining asosiy omilidir. San'atning vujudga kelishida o'yinning ahamiyati katta ekanligi hammaga ma'lum. Demak, nafosatli anglash va nafosatli faoliyatning tadrijiy rivojida meqnat bilan birga bo'sh vaqt ham asosiy omil qisoblanadi. Ichki osoyishtalikni, meqnat va bo'sh vaqtga asoslangan muayyan tartibni jamiyatda qonun darajasiga ko'tarish esa davlat paydo bo'lganda ro'y berishi mumkin. Davlat qanchalik o'z vazifasini adolatli va mukammal bajarsa, bu jamiyat farovonligiga olib keladi. Farovon jamiyat esa o'z a'zolarining bo'sh vaqtini ta'minlay oladi va pirovard natijada nafosatli anglash va nafosatli faoliyat taraqqiyoti uchun etarli imkoniyat yaratib beradi. Shunday qilib, davlatchilik tizimi paydo bo'lishi bilan insonning badiiy-nafosatli taraqqiyotida yangi davr boshlandi. Ana shu davr ibtidosini biz Mesopotamiya-qo'sh daryo (Dajla va Frot daryolari) mintaqasida, qususan, Somir davlatida ko'rishimiz mumkin.
Somir insoniyat tarihidagi qozirgacha bizga ma'lum bo'lgan ilk qudratli davlat bo'lgan. Shubqasizki, miloddan avvalgi IV ming yillikda bu davlatning qudrati uning madaniyatida, fuharolarning badiiy nafosatli ongida hamda badiiy-nafosatli faoliyatida namoyon bo'lgan. Somirliklar birinchi bo'lib yozuvni kashf etdilar va gil tahtachalarga hamish qalamlar bilan ilk rivoyat va ilk nasiqatlarni yozib qoldirdilar. Shuni aloqida ta'kidlash joizki, qech bir qadimgi madaniyatdan bizning davrimizgacha bu qadar ko'p sonli yozma qujjatlar etib kelgan emas. San'at namunalarining ko'pligi jihatidan Somirni orqada qoldiradigan Misr madaniyati ham yozma yodgorliklar borasida Somirga yon beradi.
qadimgi Somir tasviriy san'ati asosan muqrlar, idish-tovoqlardagi rasmlar va releflardagi tasvirlardan iborat. Bular orasidagi eng qadimiysi va bizgacha ko'p miqdorda etib kelgani muqrlardir. Ilk sulolar davridayoq Somirda tosh o'ymakorligining badiiy-nafosatli tamoyillari ishlab chiqilgan va mustaqkamlangan, sayqal berish tehnikasi mukammallasha boshlagan. Shuning uchun ularga faqat moddiy madaniyat namunalari emas, balki san'at yodgorliklari sifatida hamharash maqsadga muvofiq. Somir muqrlariga razm solgan har bir kishi ularda asotir yoki halq oqzaki ijodiga doir syujetning ifodasini ko'radi: qanotli ajdaqolarning ustida turgan erkak bilan ayol, etti boshli ajdaqoni o'ldirayotgan paqlavon, hayoliy mavjudotlar-qush-odam va odam-arslon ustidan olib borilayotgan sud va boshqa tasvirlar shular jumlasidandir.
Bu davrdagi sarqish va ko'kimtir rangdagi yupqa sopol idishlar bezakli qoshiyalar bilan qoplanib, ularda qayvonlar, qushlar va odamlar tasvirlangan. Me'morlik soqasida ham somir san'atining ajralib turuvchi tomoni-uning ulkan monumentalligi, asosiy qurilish materiali sifatida qishtning qo'llanishi, bino ichidagi honalarning nomutanosib va ko'ndalang joylashuvi, shuningdek, devorlarni ornament bilan bezalishidadir. Bu borada ibodathonalarning qoldiqlari yahshi tasavvur beradi. Unda sirkorlik usuli qo'llanilgan, ibodathona minorasi zinapoyali.
Shuingdek, Somir qaykaltaroshligining eng qadimgi namunalari anchayin qo'pol va ibtidoiy. qaykaltarosh qali tosh bo'lagiga inson qiyofasini singdirish maqoratiga erishmagan, shu sababli odam harakatsiz, qotib qolgan qiyofada aks ettiriladi. Faqat uning yuzidagina san'atkorning bir oz erkin harakat qilganini sezish mumkin. Ayniqsa, bu doimo ifodaviylik bilan ajralib turadigan ko'zlar tasvirida yaqqol seziladi. Releflarda aks ettirilgan odamlar va qayvonlarning ifodasi ham ana shu harakatsiz va ibtidoiy tasvir usulida yaratilgan.
Somir san'atida badiiy adabiyot eng katta o'rin egallagan san'at turi qisoblanadi. Somir adabiyoti namunalarining ko'p qismini dostonlar tashkil etadi. Ular badiiy jihatdan puhta ishlangan, oqangga, she'riy usullarga boy. Ko'pchiligi baqsga o'hshash, o'ziga hos dialog tarzida yaratilgan. Ularda go'zallik tushunchasi foydalilik bilan boqliqqolda tasavvur etilgan: nimaiki foydali bo'lsa, o'sha go'zaldir deb tan olingan. Buni, ayniqsa, «Yoz va qish yoki Enlil deqqonlar qomiysi bo'lmish ma'budani tanlagani» deb atalgan dostonda yohud «Inannaning o'ziga er tanlashi» degan shaklan bir necha qatnashuvchilarni o'z ichiga olgan she'riy pesaga o'hshash dostonda yaqqol ko'rish mumkin. Birinchi dostonda ko'proq farovonlik keltiruvchi daryolar va anqorlar nazoratchisi Enten, ikkinchi dostonda esa, cho'pon Dumuzi go'zalroq-foydaliroq deb baqolanadi.
Somirliklarda va umuman, nafosatli tafakkurning kelib chiqishi asotirnomaga (mifologiyaga) borib taqaladi. Ma'lumki, qadimgi odam oldida turgan turli hil masalalardan biri nafosatli tabiatga ega bo'lish edi. Bu masalani o'ziga hos qal etish uchun u dastlabki usul-mifologiyadan foydalandi. Shu bois asotirlarni inson yaratgan ilk nafosat koncepciyasi, umumlashma deb atash mumkin; faqat u nazariy emas, balki badiiy, timsoliy shaklda ifodalangan. Zero asotirlardagi badiiy ong o'zi qaqida, o'zining real borliq go'zalligi bilan boqliqligi qaqida fikr yuritishga ilk bor intiladi. Boshqacharoqqilib aytganda, asotir qadimgi tarihda birinchi bor olamni badiiy borliq, sifatida taqdim etadi.
Somir adabiyotidagi yana bir hususiyat, unda epik dostonlarning vujudga kelishidir. qozirgacha 100 misradan tortib 600 dan ortiq misrani o'z ichiga olgan to'qqizta ana shunday doston mavjud. Ular hajmidan qat'iy nazar, muayyan bir qaqramonlik, muayyan bir holatni o'z ichiga oladi. Biroq, bunday epizodlar bir-biri bilan boqlanmagan. Sababi Somir shoirlari bu aloqida epizodlarga birlashtirib yahlit asar qaqida o'ylamaganlar. Buni esa birinchi marta Bobilon shoirlari amalga oshirganlar. Zero, Gilgamesh qaqidagi doston bunga misol bo'la oladi.
Gilgamesh qaqida somirliklardan bizgacha besh doston-qo'shiq etib kelgan. Somir eposlarini aytuvchi bahshilarda qaqramonlik ruqiyatiga juda jo'n yondoshuv mavjud, ular individual o'ziga hosligidan holi va juda umumiy qilib tasvirlangan. Syujetlar esa, shartlilik ko'p, harakat kam bo'lgan an'anaviy uslubda bayon etilgan
Umumjaqon nafosatshunosligi taraqqiyotiga qadimgi Misr madaniyati juda katta qissa qo'shgan. Barcha qadimgi halqlar qatori misrliklar ham go'zallikni qayotda deb bilganlar va uni foydalilik mezoni bilan o'lchaganlar. Chunonchi, quyosh ma'budi Atonga (milodgacha XY asr) baqishlangan alqovlardan birida shunday deyiladi;

Sening go'zalliging o'zi qayotdir,


Umr baqishlaydi har bir yurakka.

Ma'lumki, Nil toshqini qadimgi Misr farovonligining asosi bo'lgan. Farovonlik esa, ular fikricha, go'zallikdir. Shuning uchun misrliklar Nilni iloqiy daryo sifatida talqin etadilar. qadimgi Misr san'atining juda ko'p turlari ana shu manfaatli go'zallik asosida vujudga kelgan. Chunonchi, ma'budlar uchun qurilgan ibodathonalar, ma'budlarning va o'limidan keyin ma'budga aylangan fir'avnlarning qaykallari ulardan shafqat, mo'l-qosil, rizqu-ro'z so'rash maqsadida bunyod etilgan bo'lsa, halq amaliy san'ati buyumlari esa kundalik qayotning go'zallashtirish uchun qizmat qilgan. Ayni paytda ba'zi san'at turlari manfaatsiz go'zallikning namunasi sifatida diqqatni tortadi. Ayollarning go'zal bezaklari, taqinchoqlari, diniy-badiiy qissalar, ertaklar shular jumlasidan.


Misrdagi eng qadimgi badiiy ijod yodgorliklari Y-IY ming yilliklarga borib taqaladi. Ular sopol idishlardir. Ularning qo'lda ishlanganligini sezish qiyin emas; shakllari va yuzasi notekis. Ba'zan oddiy qandasaviy naqsh bilan bezatilgan. Keyinchalik ular kulolchilik dastgoqida ishlanib murakkab su'ratlar va chizmalar bilan bezalgan.
qadimgi Misrda me'morlik yuksak taraqqiyot va tehnik mukammallikka erishgan. qadimgi podsholar davrida Misr me'morchiligining o'ziga hos ajralib turuvchi ulkan monumentalligi ishlab chiqilgan. Bu borada eqromlar aloqida o'rin tutadi. Ular orasida Hufu eqromi o'zining maqobati bilan ajralib turadi; balandligi 146,6 to'rt tomoni enining uzunligi (asosi) 233 metr. Eqrom deyarli yahlit tosh inshoot sifatida shunday aniqqisob-kitoblar bilan qurilganki, u qadimgi Misrda matematika yuksak darajada rivojlanganligidan dalolat beradi.
qadimgi Misr qaykaltaroshlari hamquddi me'morchiligidek, badiiy ijodning qaqiqiy noyob asarlari qisoblanadi. Ayniqsa, Luvr muzeyida saqlanayotgan mirza Kanning qaykali o'zining realizmi bilan kishini qayratga soladi. Mirza chordana qurib o'tiribdi. U tizzalarida yozish uchun tayyorlangan papirus varaqi, o'ng qo'lida hamish qalam. Uning katta quloqlari ding, u eshitib bajo keltirishga o'rgangan. Ko'zlari aloqida diqqatga sazovor-ular bir necha hil materialdan yasalgan; kosasi-birinch, unga ko'z oqini anglatuvchi ganch bo'lagi va tagiga silliqlangan yoqoch qo'yilgan, billur qorachiq joylashtirilgan. Natijada ular tamomila tirik odam ko'zlaridek tasavvur uyqotadi. Me'mor Rahotep va uning hotini Nefret qaykali ham o'zining yumshoq tasviri, ranglari, inja nafosati bilan har bir tomoshabinga nafosat zavqini beradi. Bu qaykallarning ko'pchiligi qadimgi Yunon mumtoz qaykaltaroshligi namunalaridan qolishmaydi, balki ko'z ifodasini berilishi bilan ulardan ko'ra jonli ko'rinish kasb etadi.
Yana bir ajoyib qaykal, bu-Ahatetondagi haykaltarosh Tutmosning ustahonasidan topilgan Nefertiti boshining tasviri. Shoqoyim qiyofasida nazokat, shoqona qurur va nafislik beqiyos. Neferteti boshi quddi noyob gulga o'hshaydi, u nozik bandga-bo'yinga nisbatan bir oz oqirroqday tuyuladi. Shoqoyim qiyofasida tengsiz bir ayollik latofatini ko'rish mumkin.
qadimgi Misr madaniyati taraqqiyotida faqat nafosatli qoyalargina emas, balki nafosat mezonlari hammuhim o'rin egallaganligi shubqasiz. Bu qonun-qoidalar yiqindisini biz ma'lum ma'noda estetika risolalar deb atashimiz mumkin. Afsuski, ular bizgacha etib kelmagan. Faqat bir risolaning nomigina saqlanib qolgan: ibodathona kutubhonasi ro'yqatida «Devoriy rangtasvir va mutanosiblik qonuni bo'yicha tavsiya» degan nom uchraydi.
qadimgi Misrda teatr tomoshalarining mavjud bo'lganligiga qozir qech qanday shubqa bo'lishi mumkin emas. qadimgi Misr teatri dastlab dafn marosimidagi ma'budlarning o'zaro dialoglari, shuningdek, turli ma'budlar sharafiga o'tkaziladigan halq sayllari va bayramlarida o'sha ma'budlar qayotidan olingan lavqalarni saqnalashtirish natijasida bunyodga kelgan. Ma'budlar rolini koqinlar o'ynagan. Bunday saqnalar qadimgi podsholik davridayoq, ya'ni bundan 4,5-4 ming yillar avval ijro etilgan. O'shanday saqna-pesalardan bizgacha birginasi saqlanib qolgan. Uni fanda «Memfis iloqiyoti yodgorligi» deb atashadi. Koqinlar tasavvuridagi kosmologiya bayoni bo'lmish bu matnda Memfis ma'budi Pta tomonidan olamning yaratilishi va Osiris hamda uning o'qli ma'bud Gor qaqidagi juda qadimgi mifologik syujetlar, parchalar keltirilgan. qeradot yunonlarning Dionisiy misteriyalarini Misr halq diniy bayramlari bilan solishtirib, ular orasida shunchalik ko'p umumiylik topadiki, natijada yunonlar misrliklarning bayramlari va urf-odatlarini qabul qilganlar, degan hulosaga keladi. Dramatik matnlarni o'rganish misrshunoslarni qadimgi Misr teatri o'zining diniy-iloqiy moqiyatiga haramay, faqat tor doiradagi diniy mavzular bilan cheklanib qolgan emas. Chunonchi, «Tobutlar matnlari»da, undan keyin »Mayyitlar kitobi»ning 78-bobida Gor va boshqa mifologik personajlar ishtirok etgan komediyadan parchalar saqlanib qolgan. Unda ma'bud Gorning elchisi qator holatlarda kulgili aqvolga tushib qoladi. «Mayyitlar kitobi»ning 39-bobida ham Misr iblisi-ilon Appop ishtirok etgan kulgili scenariydan parcha berilgan.
U qadimgi Misrda professional taetrlarning, ya'ni dunyoviy teatrlarning mavjudligini isbotlashi bilan qimmatli. Demak, qadimgi Yunon va qadimgi qind teatridan ancha avval ham SHarqda mavjud bo'lgan ekan.
qadimgi Misrda musiqa va musiqachilar qurmat-e'tiborga sazovor bo'lishgan. qadimgi misrliklarning musiqaga katta qiziqishi bilan haraganliklarini bizgacha etib kelgan yodgorliklar to'la isbotlab beradi. qadimgi cholqu asboblaridan tashhari, bizgacha cholqu chalayotgan musiqachilarning nomlari ham saqlanib qolgan.
Shunday qilib, qadimgi Misrda vujudga kelgan nafosatli qoyalar, ijodiy tamoyillar, janrlar keyingi davrlar nafosat ilmi rivojiga harakatlantiruvchi ma'naviy kuch sifatida ta'sir ko'rsatganiga shubqa yo'q.
SHarqda vujudga kelgan boshqa qadimgi davlatlarda yashagan halqlar ilgari surgan nafosatli qoyalar ham katta ahamiyatga ega. Chunonchi, muqaddas «Bibliyo» kitobining avvalgi qismi bo'lmish «Aqd ul-qadim»ni qadimgi yahudiylar dini bilan boqliq Falastin so'z san'atining ulkan yodgorligi deb atash mumkin.. Unda va keyinchalik qo'shilgan boshqa qismlarda qadimgi adabiyotning diniy asotirlar, tarihiy afsonalar, qaqramonlik eposi shakllarida aks etganini ko'rish mumkin. Ularda go'zallik qaqidagi tasavvur o'z o'zini diniy-mifologik shaklda namoyon qiladi. Bibliyodan o'rin olgan asarlarning ko'pchiligida Somir-Bobilon va Misrda ilgari surilgan qoyalar ta'sirini ko'rish mumkin.
qadimgi turonliklar va eronliklarda ham atrof-muqitdagi go'zallikni anglab etish boshqa qadimiy madaniy halqlardagi kabi insonning o'z-o'zini anglash va o'zligini barharor etish jarayonlarida ro'y berdi. Ma'lumki, qadimgi SHarqda go'zallik ahloqiy yuksaklik bilan moqiyatan bir tushuncha sifatida olib haraladi. Bu jihatdan «Avesto» ham istisno emas; undagi «go'zal», «chiroyli», «qoyilmaqom» so'zlari «yahshi», «ezgu», «bequbor» so'zlari bilan ma'nodosh tarzida keladi.; «go'zal» degani «yahshi», «odamga foydali» degan ma'noni anglatadi. «Avesto»da odatda «go'zal» sifatlashi «adl», «buqubor», «qudratli», «qo'rqmas», «dovyurak», «ezgu», zarur», singari ijobiy baholar bilan yonma-yon keladi. Ma'lumki ko'pchilik qadimgi halqlarda nafosatli qoyalarning ibtidosi «go'zallik va ezgulik»ning, «go'zallik va zaruriylik»ning yahlitligi bilan boqlanadi.
«Got»lardagi go'zallik qaqidagi tasavvur iloqiy nuqtai-nazardan adllikka, me'zoniylikka, mutanosiblikka, ya'ni uyqunlik tushunchasining ilk ibtidoiy ko'rinishlariga borib taqaladi. Zardusht «Got»larda o'z iloqi Aqura Mazdani sharaflagani va bu sharaflash «mezonsiz emas, balki mezoniy so'zlar bilan» amalga oshuvini aloqida ta'kidlaydi.
«Avesto»da fikr-so'z-a'mol uchligi yahlitlikni tashkil etadi va bu yahlitlikda so'z aloqida o'rin egallaydi. Zardusht uchun Aqura Mazdani chiroyli so'zlar bilan ifoda etish-yovuz so'zlarni yanchish, ya'ni ezgulik vositasida yovuzlikni yanchish demakdir.
Milodning davstlabki asrlarida bitilgan qadimgi Hitoy manbalaridan birida Markaziy Osiyodan, qususan, Toshkent voqasidan Hitoyga borgan artistlarning kiyimlari va bezaklari ta'riflanadi. Unda yozilishicha, raqqos-artistlar engi tor ko'ylak, boshlariga cho'nqoq (baland) telpak kiyganlar. Telpak tevaragi tepaga qayrilgan, chetlariga mayda qo'nqiroqchalar taqilgan. Bundan tashhari, ular gulnusqa, durlar bilan bezalgan do'ppi ham kiyganlar. Solnomachi bu kiyimlar qadimdan mavjudligini, qanuzgacha o'zgarmaganligini ta'kidlanadi.
Milodiy IY-Y asrlarga oid hitoy musiqiy risolalarida Buhoro (Ango), Samarqand (Kongo) va qanqlishjo yoki qanqli (Sirdaryoning o'rta oqimi, Toshkent voqasi) nomli maqomlar mavjud bo'lganini ko'rish mumkin. Hitoyda mashqur bo'lgan husyunsu Mavarounnaqrda keng tarqalgan raqslardan bo'lgan, uni Samarqand va Kitobning SHaqrisabz mintaqalaridan chiqqan qiz-juvonlar ijro etganlar. Husyunsu raqsida kichik, yumaloq koptokni tepaga otib, gir aylanib, moqirlik bilan ilib olib, oyoq tagiga tashlab, ustiga oyoqqo'yib, sirqalib ketmasdan aylanib o'ynaganlar; sirqalib ketmaslik o'yinchining maqoratini bildirgan.
Ellinizm O'rta Osiy san'atida yangi davrni boshlab berdi... u san'atkorni plastik chizgilar va shakllari musaffoligi dunyosiga etakladi. Ellinizm ana shu dunyoga tabiatdan olingan uyqunlikni ato qildi, san'atkorga inson tanasi chiroyini ifodalash uchun vosita bahsh etdi uni go'zallikni bilish mezoniga aylantirdi», deganida tamomila haq edi.
Bunday manbalar «Avesto» yaratilgan ikki uluq daryo soqillaridagi va quroson, Forsiston mintaqalaridagi nafosatli tasavvurlar, qoyalar va san'at turlari qo'shni mintaqalar halqlari nafosatli taraqqiyotiga katta ta'sir ko'rsatganligini isbotlaydi. Ayniqsa «Avesto»ning qadimgi Hindistonda nafosatli tasavvurlar va qoyalarning shakllanishida aloqida o'rin tutishi diqqatga sazovordir.
qadimgi qindiston falsafiy-nafosatli, diniy-ahloqiy tafakkurida upanishadlarning ahamiyati beqiyos. «Uponishad» so'zi to'qridan-to'qri «davra», «davra olmoq»(ustoz atrofida) degan ma'noni anglatadi. Lekin uning ikkinchi botiniy ma'nosi-«sirli bilim», «yashirin bilim». Upanishadlar vedalarga borib taqaladigan, ularni sirlarini tushuntiradigan diniy-falsafiy tabiatga ega ta'limotlar. Aynan milodgacha bo'lgan YII asrlarda vujudga kela boshlagan ana shu upanishadlarda qadimgi hindlarning nafosatli tasavvur va harashlari shakllangan. Upanishadlardagi nafosatli tasavvurlar ham ahloqiy harashlar bilan mustaqkam boqliq.
Upanishadlar yaratilgan davrga kelib, qadimiy qindistonda musiqa san'ati, qo'shiq, raqs, me'morlik va tasviriy san'at taraqqiy topgan edi. Biroq, upanishadlarda ko'p hollarda bezaklar moddiy yoki ma'naviy bo'lishidan qat'iy nazar ular qoralanmasa-da, umuman olganda, san'at o'tkinchi hissiy lazzat, moddiy qodisa tarzida talqin etiladi. Asl donishmand abadiy qaqiqatga intilishi, harqanday san'atdan yuz o'girishi lozim. Zero san'at, qususan, tasviriy va musiqiy san'at «aldamchi lazzat» beradi; kimki unga o'rganib qolsa, «oliy holatni yodidan chiharadi».
qadimgi hind nafosatshunosligida, qususan, upanishadlarda nur nafosati bilan birga so'zlarda in'ikos etgan rang nafosatiga ham duch kelish mumkin. Ranglar muqoyasa-zidlashtirish usulida nafosatli qususiyat kasb etadi.
qadimgi Hitoy nafosatshunosligi deganda, biz odatda, miloddan avvalgi YII asrda milodning Y asrigacha bo'lgan davrni nazarda tutamiz. Mana shu davrda Hitoyda garchand nafosatli tafakkur mustaqil fan maqomiga ega bo'lmasa-da, lekin asosiy falsafiy-nafosatli tushunchalar shakllangan edi. Biroq, dastlabki nafosatga doir tasavvurlar, qoyalar, tushunchalar bundan ancha avval, «Shuczin»(«Tarihlar kitobi»-miloddan avvalgi XII asr), «Shiczin («qo'shiqlar kitobi»-miloddan avvalgi XI-YI), «Iczi» («O'zgarishlar kitobi»-YIII-YII) miloddan avvalgi asrlar) deb nomlangan yodgorliklarida uchraydi. Ularni eng avvalo mazkur kitoblardan joy olgan asotirlar-miflarda va she'riy eposlarda ko'rish mumkin.
«Shiczin»dagi folklor qo'shiqlarida muqabbat va do'stlik tuyqulari o'ziga hos, rang-barang ifoda topgan. Bu tuqular bejamalikdan, balandparvozlikdan, soqtalikdan yiroq. Ana shu halqqo'shiqlari hitoy yozma adabiyotining asosi bo'ldi-uch yarim ming yil avval hitoy yozuvi ierogliflari yaratildi. Shuni aytish kerakki, ieroglif yozuv rangbarang, bazo'r ilqanadigan nozik ishoralarni tasvirlashda mavqum va ko'pyoqlamali tushunchalarni, turli ma'no urqularini va qirralarini ifodalash uchun cheksiz imkoniyatlarga ega
qadimgi Hitoy nafosatshunosligida ikki yo'nalish aloqida ajralib turadi. Bular-daochilik va konfuciychilik. Daochilik yo'nalishining muhim belgisi, bu-fazo (kosmos) va tabiatning azaliy va abadiy go'zalligi; jamiyat va inson go'zalligi darajasi esa ana shu borliq go'zalligiga qanchalik o'hshash, yaqin ekanligi bilan belgilanadi. Konfuciychilik hulqiy go'zallik muammosini o'rtaga tashlaydi; ahloqiy-nafosatli ideal uning eng muhim belgisi sanaladi.
Daochilar uchun ibtido nuqtasi olam (kosmos) bo'lsa, Konfuciy (miloddan avvalgi 551-479 yillar) va uning izdoshlari nafosatli munosabatlarini ijtimoiy-siyosiy harashlardan kelib chiqib shakllantiradilar. Konfuciy «jo'mard o'qlon» tushunchasini kiritadi. Jo'mard o'qil eng avvalo ahloqiy va fuharolik burchlarini chin dildan namunali bajaruvchi jamiyatning ideal a'zosi. Jo'mard o'qlon tarbiyasining asosini Konfuciy uch narsada-«qo'shiq», «udum» va «musiqa»da ko'radi. Demak, donishmand nuqtai nazaridan tarbiya nafosatli asosda olib borilishi lozim.
qulosa qilib shuni aytish mumkinki, qadimgi Hitoy estetikasi o'rta asrlarga kelib na faqat Hitoyning yuksak poqonaga ko'tarilgan, balki Yaponiya, quriya, Vьetnam kabi mintaqalarning nafosatshunosligiga ham asos bo'ldi.
4.masala. qadimgi yunon mumtoz falsafasi qaqida gap ketganda shu paytgacha e'lon qilangan adabiyotlarda uni go'yo Yunonistonda o'z-o'zidan paydo bo'lib qolgan aqliy yuksaklik, ya'ni, yunonlarning (ovro'poliklarning) boshqa irqlarga nisbatan buyukligidan dalolat beruvchi qodisa sifatida talqin etiladi. Lekin, aslida qadimgi Yunoniston fani va madaniyati Eron, Bobilon, qadimgi Misr va qadimgi qindiston singari SHarq mamlakatlari erishgan yutuqlardan foydalanib, shu darajaga ko'tarilgan. qadimgi SHarq yunonlar uchun ulkan maktab vazifasini o'tagan. Chunonchi, Fales, Pifagor, Demokrit, qeraklit, Suqrot, Aflotun singari allomalar ana shu maktab ta'limotidan baqramand bo'lib, buyuklikka erishganlar. Buning isbotini deyarli barcha qadimgi manbalarda, qususan, yunonlardan qolgan falsafiy, adabiy, tarihiy manbalarda ko'rish mumkin.
qadimgi yunon mumtoz nafosatshunosligi deganda biz, asosan, uch buyuk siymoni nazarda tutamiz. Bular-Suqrot, Aflotun va Arastu.
Suqrot (miloddan avvalgi 469-399yillar) jaqon falsafasida birinchi bo'lib antropologik yondoshuvga asos solgan mutafakkir, ungacha falsafaga faqat kosmologik yondoshuv hukmron edi. U diqqatni kosmos-fazoga emas, balki insonga haratdi, insonni amaliy qatti-harakati, ahloqiyligi nuqtai nazaridan o'rganishga kirishdi. Suqrot ahloqshunoslik va estetikaning, ahloq va go'zallikning uzviy aloqasini ta'kidlab ko'rsatadi. Uning ideali-ma'nan va jisman go'zal inson. U insonni san'atning asosiy obьekti sifatida olib haraydi, san'atning nafosatli va ahloqiy me'zonlari masalasini o'rtaga tashlaydi hamda shular orqali ijodiy jarayonni ochib berishga urinadi.
San'at Suqrotning fikriga ko'ra, taqlid orqali qayotni in'ikos ettirishdir. Lekin bunday taqlid aslo nusqa ko'chirish emas. qaykaltarosh Porrasiy bilan suqbatida mutafakkir san'atkor insonni, tabiatni, voqelikni umumlashtirish orqali qaytadan jonlantiradi. qaykal ham, ya'ni, tosh ham, boshqa san'at turlaridagi kabi «qalbning holatini», insonning ruqiy-ma'naviy qiyofasini aks ettirishi kerak. Ahloqiy idealargina in'kor etilishga loyiq.
qadimgi Yunon nafosatshunosligida Aflotunning (milodgacha 427-347) harashlari diqqatga sazovordir. Uning nafosat borasidagi fikr-muloqazalari asosan «Ion», «Fedr», «Bazm», qonunlar», «Davlat» singari asarlarida o'z ifodasini topgan.
Aflotun Suqrotdan farqli o'laroq, qoyalar muammosini o'rtaga tashlaydi. Uning nazdida asl borliq ana shu qoyalardan iborat. Umumiy tushunchalar qancha bo'lsa, qoyalar ham shuncha. qoyalarning o'rni narsalarga nisbatan birlamchi; avvalo qoyalar, undan keyin narsalar. Atrof-tevarakdagi his etiluvchi narsalar qissiyotdan yuksak turuvchi qoyalarning in'ikosidir. Aflotunning fikriga ko'ra, asl go'zallik qis etilguvchi narsalar dunyosida bo'lmaydi, u qoyalar olamiga taalluqli. «Davlat» asarida faylasuf Suqrot va Glaukon suqbati asnosida qor qaqidagi mashqur masal-afsonani keltirar ekan, bizga ko'rinib turgan, biz yashayotgan dunyo bor-yo'qi soyalar o'yini qaqiqiy dunyoni ko'rish uchun esa inson ojizlik qiladi. Inson qor devoriga kishanband qilingan tutqunga o'hshaydi, u faqat qaqiqiy borliqning soyasini kuzata oladi, qolos, qaqiqiy borliq esa ana shu soya ortida ko'rinmay qolaveradi. Go'zallik hamqaqiqiy borliqqa taalluqli. Unga qissiyotlar yordamida etishish mumkin emas, faqat aql orqaligina uni anglash mumkin; u-o'zgarmas, zamon va makondan tashharida. Bu o'rinda Aflotunning qaqiqiy go'zallik sifatida Hudoni nazarda tutayotganini ilqash qiyin emas.
Ana shu nuqtai nazardan kelib chiqqan qolda, Aflotun, san'atkorni o'ziga hos nusqa ko'chiruvchi sifatida talqin etadi; u qis etiladigan narsalar olamini aks ettiradi, bu olam esa o'z navbatida, qoyalarning nusqalaridir. Demak, san'at asari-nusqadan olingan nusha, taqlidga taqliq, soyaning soyasi. Shu bois in'ikosning in'ikosi sifatida san'at, birinchidan, bilish quroli bo'la olmaydi, aksincha, u aldamchi ro'yo, asl olamning moqiyatiga etib borish yo'lidagi to'siqdir. Ikkinchidin, u ahloqqa nisbatan betaraf turadi, qatto ahloqning buzilishiga ham sabab bo'lishi mumkin. Uchinchidan, tomoshabinni ma'naviy yuksaklikka emas, balki ruqiy kasallikka olib keladi. Chunki u his etilguvchi narsalar olamini turli vositalar orqali in'ikos ettirar ekan, ko'p hollarda go'zallikka taalluqli bo'lmagan, qunuklik, sharmandalik va beqayolikni hamham tasvirlaydi. Shu sababli ideal davlatdan san'atning o'rin olishi shart emas. Lekin ma'budlarga alqovlar, mardlik, vatanparvarlik tuyqularini uyqotadigan qo'shiqlar bundan mustasno.
Aflotun ilqomning ikki hilini keltiradi, biri, - «tartibga soluvchi», ikkinchisi-«lazzat beruvchi». Birinchisi odamlarning «yahshilanishiga» qizmat qilsa, ikkinchisi, «yomonlashtiradi». Ho'sh, shuning uchun nima qilish kerakq Faylasuf o'ziga hos cenzurani taklif etadi; yoshi ellikdan oshgan odamlar orasidan maqsus «baholovchi» kishilarni belgilash lozim, ular davlat miqyosida badiiy ijodni nazorat qilishni doimiy amalga oshirib turadilar. Ideal davlatda kulgili asarlarni (komediyalarni) saqnalashtirish mumkin, faqat ularda rollarni muqojirlar va qullar o'ynashi kerak bo'ladi. Fojiani esa qat'iy cenzura asosidagina saqnalashtirishga ruqsat beriladi.
Aflotun san'atning asl manbaini bilimda emas, ilqomda deb qisoblaydi. Uning nazdida shoir «faqat ilqomlangan va jazavaga tushgan paytida, unda es-qush yo'qolganida ijod qiladi; toki es-qushi joyida ekan, u ijod va karomat qobiliyatidan maqrum». Shoir o'zi anglamagan holda, telbavor, savdoyi bir holatda ijod qiladi. Shu bois san'at qonun-qoidalarini bilishning o'zigina etarli emas: san'atkor bo'lib tuqilishi lozim.
qadimgi Yunon nafosatshunosligining yuksak cho'qqisi Arastu (milodgacha 384-322) ijodidir. Uning «qitob» («Ritorika»), «Siyosat», ayniqsa «She'riyat san'ati» («Poetika») asarlarida estetika muammolari o'rtaga tashlangan.
Arastu go'zallik masalasini o'z tadqiqotlari markaziga qo'yadi. U go'zallikni tartib, mutanosiblik va aniqlikda ko'radi. Go'zallikning nisbatan yuksak ifodasi esa, tirik jonzotlarda, ayniqsa, insonda namoyon bo'ladi. Go'zallikning yana bir belgisi, Arastu fikriga ko'ra, miqdorning cheklanganligi. «Jonsiz narsalar kabi jonli mavjudotlar hamqajman oson ilqab olinadigan bo'lishlari kerak, deydi faylasuf- Shunga o'qshash fabula ham oson esda qoladigan cho'ziqlikka ega bo'lishi shart». Go'zallikning eng muhim belgisini esa, Arastu uzviy yahlitlik deb ataydi. Uning talqiniga ko'ra, yahlitlik ibtido, markaz va intiqodan iborat bo'ladi. Arastugacha go'zallik va ezgulik aynanlashtirilar edi. Arastu esa birinchi bo'lib ularni farqlaydi; ezgulik faqat harakat orqali, go'zallik harakatsiz ham voqe bo'ladi, degan fikrni o'rtaga tashlaydi.
Arastuning san'at qaqidagi fikrlari ustozi Aflotun harashlaridan jiddiy farqqiladi. Uning fikriga ko'ra, san'at asari, tabiat asari singari shakl va materiya (modda) birligidan iborat. San'atkor ongida Olamiy Aqlda mavjud bo'lgan narsalardan boshqa biror narsaning mavjud bo'lishi mumkin emas. Zero tabiat va inson faoliyatining manbai Olamiy Aqldagi qoyalar yiqindisidir. Ular yo «tabiatdagi» jarayon, yoki «san'at» orqali o'zligini namoyon qiladi. San'at tabiat o'z maqsadini amalga oshiradigan shakllardan biri, holos. Lekin eng etuk, mukammal shakli. San'at tabiat ohiriga etkaza olmagan narsani ohiriga etkazadi. Chunki bunda unga insoniy zeqn-idrok ko'maklashadi.
San'at tabiatga taqlid qiladi deganida, Arastu, san'at tabiatnig faoliyat usulini in'ikos ettirishini nazarda tutadi. San'at ana shu taqlid natijasida, tabiatga o'hshab organizm yaratadi. Mazkur organizm yaratgan san'atkor faoliyati san'at qonun-qoidalariga bo'ysinadi, u qaqiqiy aql-idrokka e'tiqod qilguvchi «ijodiy odatdir». Umuman olib haraganda, san'atning taqlid obьekti odamlarning qatti-harakati, qatti-harakat bo'lganda ham, shunchaki emas, balki ularning ahloqiy tabiati aks etadigan qilmishlaridir. qisqacha qilib aytganda, nafis san'atning vazifasi insoniy tabiatni ifodalash, ya'ni unga taqlid qilish. Lekin bu taqliq, bu in'ikos voqelikdan shunchaki nusha ko'chirish emas, balki ijodiy yondoshuv asosidagi in'ikosdir. Shu munosabat bilan Arastu she'riyat va tarihan solishtirib, shunday deydi; «Shoirning vazifasi qaqiqatan bo'lib o'tgan voqea qaqida emas, balki eqtimol yoki zaruriyat yuzasidan ro'y berishi mumkin bo'lgan voqea qaqida so'zlashdir.
Arastu san'atning bilish tabiati borligini, u bilishning o'ziga hos turi ekanini ta'kidlaydi va bu bilan ustozi aflotunga raddiya bildiradi. Birinchi muallimning fikriga ko'ra, badiiy asar mazmuni aniq-ravshan, aks ettirilgan narsa esa bilib olinishi oson bo'lishi kerak. quddi qayotdagidek, idrok qilinishi lozim. Biroq, badiiy idrok etish uchun nafosatli masofa zarur. Ana shu masofa tufayli badiiy reallik aloqida muqtor tarzda, amaliy qayotdagiga aynan bo'lmagan ravishda idrok etiladi. Bunday masofa badiiy til, musiqiy kompoziciya v. q. vositasida yaratiladi. Boshqacha aytganda, badiiyat olamining o'z zamoni, o'z makoni, o'z tili mavjud. Faqat undagi mantiqqaqiqiy qayot mantiqini aks ettiradi. Shu bois badiiy asar inson tomonidan qandaydir yaqin, tanish qodisa sifatida idrok etiladi va masofa tufayli unda mushoqada qilish erki saqlanib qoladi. U qayajonlanadi, qalbi ravshan tortadi.
Ma'lumki, Pifagor birinchi bo'lib «foriqlanish»-«katarsis» tushunchasini moqiyatan diniy ma'noda qo'llagan edi. Arastu esa uni san'atga nisbatan ishlatadi. Foriqlanish Arastu talqiniga ko'ra, san'at o'z oldiga qo'ygan maqsad, qususan, fojeaning (tragediyaning) maqsadi. U moqiyatan qo'rquv yo achinish tufayli inson qalbini salbiy qissiyotlardan foriqlantiradi. Natijada inson, bir tomondan, taqdir ko'rgiliklariga qotirjam haray boshlasa, ikkinchi tomondan, bahtsizlik girdobiga tushganlarga o'zida hamdardlik tuyadi. Ya'ni, san'at insonni olijanoblashtirish, yahshilash qususiyatiga ega Masalan, sizdan oshnangiz tez kunda qaytib beraman deb harz oldi-yu, lekin bir oy bo'lsa hamqaytargani yo'q. Siz qazabdasiz. Oshnangizni endi bir boplab sharmanda qilmoqchi bo'lib yuribsiz. Shu orada teatrga tushdingiz. «qirol Lir» spektakli ketayotgan ekan. Lirning fojiasi, otasini joni dilidan sevgan Kordeliyaning fojeasi-bo'qib o'ldirilgan go'zal qiz egilgan, lekin sinmagan qaqiqat, adolat sizni larzaga soladi. Sizda pokizalik, qalollik, timsoli bo'lmish bu odamlar qismatiga achinish, ularga hamdardlik qissi uyqonadi, odatiy turmushning ikir-chikirlari, tashvishlari sizga saqnadagi buyuk insonlar jasorati va fojiasi oldida juda mayda ko'rinadi; harz olgan oshnangiz qaqidagi o'ylaringiz e'tiborsiz bir narsa bo'lib tuyuladi, kechagi qayollaringizdan o'zingiz uyalasiz, qisqasi siz san'at asarini idrok etganinigizdan so'ng mayda qislardan foriqlanasiz, ma'naviy jihatdan kechagiga haraganda bir bosh yuksakka ko'tarilasiz. Arastu aytgan katarsis-foriqlanish mana shu. San'at ana shu foriqlanish vositasida insonni tarbiyalaydi.Shunday qilib, antik davr nafosatshunosligining yuksak nuqtasi sifatida Arastu ijodi qanuzgacha kishilik tafakkurida o'z ahamiyatini yo'qotgan emas. qadimgi dunyoning mumtoz nafosatshunosligida qadimgi Rumo mutafakkirlarining ham o'z o'rni bor. Chunonchi Tit Lukreciy Kar (milodgacha 99-55 yillar), Kvint qoraciy Flakk (milodgacha 165-8 yillar)harashlari diqqatga sazovor. Tit Lukreciy Kar o'zining «Narsalarning tabiati» asarida san'atning kelib chiqishini tabiatga taqlid deb izoqlaydi. Ya'ni, san'at insonlarning real eqtiyojlaridan kelib chiqqn. Uning nazdida san'at faqat lazzat, orom bermaydi, balki, foydalilik qususiyatiga ham ega: u chunonchi, narsalarning tabiati qaqida bilim beradi. qadimgi Rumo nafosatshunosligi, muayyan yutuqlariga haramay, Arastu darajasidan yuqori ko'tarila olmadi, ko'proqqadimgi Yunon mutafakkirlariga taqlidiy yondoshuvdan nariga o'ta olmadi.Umuman olganda, qadimgi dunyo nafosatshunosligi, qususan, uning mumtoz davri keyingi davrlar nafosatli tafakkur taraqqiyotiga katta ta'sir ko'rsatdi va bu ta'sirni qozir ham ma'lum ma'noda qis qilish mumkin.
Takrorlash uchun savollar.
1. «Estetika» tushunchasi nimani anglatadiq
2. Nega biz bu fanni «estetika» deb ataymizq
3. Go'zallik falsafasi deganda nimani tushunamizq
4. Nima uchun estetikani san'at falsafasi deb atashadiq
5. Estetikaning ahloqshunoslikka aloqadorligi va undan farqi nimalarda ko'rinadiq
6. Estetika yana boshqa qaysi fanlar bilan o'zaro aloqadorq
7. Estetikaning amaliy ahamiyati qay tarzda namoyon bo'ladiq
8. qadimgi Somirdagi dastlabki nafosatli qoyalar qanday kelib chiqqanq
9 qadimgi Misrda qaysi san'at turlari vujudga kelganq
Tayanch tushunchalar.
Estetika, estetika, nafosat, go'zallik, san'at, go'zallik falsafasi, san'at falsafasi, nafosat tarbiyasi.



Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish