sezdirmaydi, ya’ni insonning kundalik hayotda qondirilmagan ehtiyojlari o‘rnini
to‘ldiradi.
Dinning asosiy ildizlari.
Din qonuniy hodisa sifatida vujudga kelgan bo‘lib, u
insonning g‘ayritabiiy narsalar va hodisalarga bo‘lgan e’tiqodini to‘yintiruvchi
chuqur ildizlarga egadir.
Dinning psixologik ildizi
avvalo inson tabiatida mavjud bo‘lib, u inson
intellektining rivojlanish darajasi va tanqidiy fikrlash qobiliyatidan qat’iy nazar,
nafaqat tushunish, anglash, balki e’tiqod qilish istagi va hattoki ehtiyojining
hamisha namoyon bo‘lishidir.
Dinning gnoseologik ildizlari
oqilona bilim nuqtai nazaridan dunyo o‘z rang-
barangligida insonga cheksiz murakkab bo‘lib tuyulishida namoyon bo‘ladi.
Forobiy fikricha “Din nazariy va amaliy qonunlar tuzilgan paytdagina odamlar
e’tiqodi, ta’limi tarbiyasi yo‘llari ishlab chiqilgandagina paydo bo‘ladi va
mustahkamlanadi. Ana shunday din tufayli omma baxt saodat uchun etarli bilim
olishi mumkin”.
1
Odamzot o‘zini qurshagan borliqni faqat qisman anglab etadi.
Ayni shu sababli olam inson uchun sirlar va mo‘‘jizalarga to‘ladir. Odamzot o‘zi
e’tiqod qiladigan ko‘p narsalarni faqat aqlga tayanib isbotlashga ham, rad etishga
ham qodir bo‘lmaganidek, yuqorida zikr etilgan sirlar va mo‘‘jizalarga javob
topishga ham (balki hozircha) qodir emas.
Psixologlar qayd etganidek, «o‘ta
mushkul vazifa aqlni o‘tmaslashtiradi», inson echimsiz muammolar qarshisida
o‘zini ojiz his qiladi va aql dalillarini uydirma, g‘ayritabiiy narsalar bilan osongina
to‘ldiradi.
Dinning ijtimoiy ildizlari
jamiyatda doimo mavjud bo‘lgan tengsizlik, qashshoqlik
va adolatsizlikni, odamlar qancha urinmasin o‘zgartira yoki enga olmaganligi bilan
bog‘liq. Adolatsizlik va foniy dunyoning nomukammalligi tuyg‘usi chorasizlik va
umidsizlikni yuzaga keltiradi, so‘nggi zikr etilgan tuyg‘ular osongina u dunyoda
hayotning mavjudligiga bo‘lgan ishonchga aylanadi.
Vaholanki, har qanday din
haqiqiy hayot u dunyodadir, deb o‘rgatadi. Muammolar,
qiyinchiliklarga duch
kelgan va real hayotda o‘ziga tayanch topa olmagan inson g‘ayritabiiy kuchlarga
umid bog‘lab, narigi dunyoga murojaat etadi. Ularga e’tiqod qilib, odamzot taskin
va tasalli topadi va oxir-oqibatda taqdirga tan beradi.
Dinnning siyosiy ildizlari
turli siyosiy kuchlarning dindan o‘z mayda-chuyda
manfaatlarida foydalanish imkoniyati va shu tariqa
uni bevosita yoki bilvosita
qo‘llab-quvvatlashi orqali, uning jamiyatdagi roli va ta’sirini kuchaytirishida
namoyon bo‘ladi. Shu ma’noda din va siyosat o‘rtasida ham uzviy va doimiy aloqa
mavjud.
Dinning yashovchanligi shu darajada mustahkamki, hatto hozirgi zamon fanining
muhim yutuqlari ham uning negiziga putur etkaza olgani yo‘q,
ilmiy bilimning
o‘sishi esa hatto olimlar orasida ham dindorlar va Xudoga ishonmaydiganlarning
foiz nisbatini deyarli o‘zgartirmaydi. Masalan, tabiatshunoslik insoniyatga dunyoni
bilish borasida cheksiz imkoniyatlar yaratayotgani keng e’tirof etilgan 1916 yilda
Jeyms Lyuba o‘z tadqiqotlarida AQSh olimlarining 40% Xudoga ishonishini
asoslagan. 90-yillarning oxirida amerikalik tarixchilar E.Larson va I.Uitxem
1
Ал –Форобий. Фозил одамлар шаҳри. -Т.: Шарқ, 1999 –Б.93-94.
tomonidan o‘tkazilgan yangi tadqiqot natijalari bundan ham ko‘proq shov-shuvga
sabab bo‘ldi. Ular XX asrda amalga oshirilgan buyuk kashfiyotlar va fan yutuqlari
ta’sirida olimlar dunyoqarashi qay darajada o‘zgarganini aniqlashga qaror qildilar.
Shu bois ularning AQShda tasodifiy tanlangan ijtimoiy fanlar namoyandalari va
tabiatshunoslik vakillari orasida o‘tkazgan so‘rovi olimlarning 40% avvalgidek
Xudoga va narigi dunyoda hayot mavjudligiga ishonishini ko‘rsatdi.
Bunda
Xudoga ishonmaydiganlar va ateistlar (Xudoning borligini inkor etuvchilar) soni
ham deyarli o‘zgargani yo‘q va bugungi kunda, avvalgidek, taxminan 45 va 15%
ni tashkil etadi.
Davr, mamlakatlar va qit’alardan qat’iy nazar, diniy dunyoqarashning
yashovchanligi haqidagi umumiy xulosa O‘zbekistonda ham mavjud. XX asrda
qariyb 80 yil dinni «fosh qilish» uchun mavjud barcha dalillardan foydalangan
kurashchan ateizm sharoitida yashagan O‘zbekistonliklar
orasida mamlakat
aholisining uchdan ikki qismi o‘zini dindor deb hisoblagan.
Do'stlaringiz bilan baham: