VII—VIII asrlarda Markaziy Osiyo ham Qutayba ibn Muslim boshchiligida arablar tomonidan bosib olinib, xalifalikka bo'ysundirildi. islom dinining muqaddas kitobi Qurъoni karim va shariat qoidalari asosida yangicha diniy-falsafiy qoidalar kirib kela boshladi.
Islom dinining oqimlari
Shialik
Sunniylik
Islom dinining mazxablari
Shofeiya
Molikiya
Hanbaliya
Hanafiya
Hozirgi zamon falsafasining eng asosiy tamoyillari umuminsoniylikning ustuvorligi, uning milliylik bilan uyg'unligi, demokratik erkinliklar, inson qadri, biror ta’limotni mutlaqlashtirmaslikdir. Bag'rikenglik va tolerantlik hozirgi falsafiy ta’limotlar rang-barangligini ta’minlaydi. An’anaviy falsafada, turli g'oyaviy tizimlarga bo'linishiga qaramay, muhim muammolarni hal etishda ma’lum bir umumiylik mavjud edi. Hozirgi zamon falsafasida aksincha, falsafiy muammolarning ko'p xilligi va o'ziga xosligi, turli-tumanligi, ular asosida falsafiy oqimlarning mustaqil yo'nalish sifatida shakllanganligi yaqqol ko'zga tashlanadi.
Hozirgi zamon zamonaviy falsafiy ta'limotlari:
Antistieitsizm, ya'ni fan taraqqiyoti jamiyat hayotiga salbiy taъsir ko'rsatishini asoslovchi falsafiy dunyoqarash. Antistieitsizmning ayrim o'ta ashaddiy namoyandalari fan-texnika taraqqiyotini tamoman to'xtatib qo'yish g'oyasini ham ilgari suradilar.
Stientizm-(lot scientia — fan) ya'ni, fan mavjud barcha ijtimoiy muammolarni hal etishi mumkinligini, ilm-fan taraqqiyotining doimiy ijobiyligini asoslovchi falsafiy dunyoqarash. Stsientizm goyalari neopozitivizm, texnologik determinizm kabi taъlimotlarning asosini tashkil etadi.
Neotomizm — XX asrdagi eng yirik diniy-falsafiy oqim bo'lib, (neo — yangi, tomizm — “foma”, transkriptsiyada “toma” bo'lib o'zgargan) Foma Akvinskiyning yangi, zamonaviy taъlimoti, demakdir. Bu taъlimotga ko'ra, ilm va eъtiqod o'rtasida to'la muvo- fik^ik, uyg'unlik bor. Ular bir-birini to'ldirib turadi, har ik- kisi ham Xudo tomonidan berilgan haqiqat.
Neokantchilik XIX asr o'rtalarida shakllangan va XX asr boshlarida rivojlangan edi. Bu taъlimotga kura, inson dunyoga bir marta keladi, shuning uchun har bir insonning hayoti o'zi uchun eng oliy maqsaddir. Shunday ekan, inson hayotidan kimdir o'z maq- sadlarini amalga oshirish uchun vosita sifatida foydalanishi mumkin emas.
Neopozitivizm oqimining yirik namoyandalari Karnap, Ayer, Rassel, Vitgenshteyn va boshqalardir. Neo — yangi, pozitiv — ijobiy, degan ma'noni anglatadi. Ularnig fikricha, falsafa aniq fanlar taraqqiyotisiz mavjud bo'la olmaydi.
Strukturalizm (asosiy vakillari Levi — S tpuktupyalichm Stross va Fuko) bilishda strukturaviy usulning ahamiyatini mutlakdashtiradi. Bu oqim tarafdorlari narsa va hodisaning strukturasini bilish uning obъektiv mohiyatini bilish demakdir, deb hisoblaydilar.
Germenevtika — qadimgi yunon afsonalaridagi Xudolarning xohish va irodasini insoniyatga tushuntirib berish uchun erga yuborilgan elchisi — Germes nomi bilan ataladi. Jamiyat, bu taъlimotga ko'ra, kishilar o'rtasidagi muloqotga asoslanadi. Muloqot jarayonida madaniy, tarixiy va ilmiy qadriyatlar yaratiladi. Shuning uchun falsafaning asosiy vazifasi hayotning maъnosini, mohiyatini kishilar o'rtasidagi muloqotdan qidirishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |