Qadimgi falsafiy oqim va yo'nalishlar:
Monizm- (yunoncha — monos, ya'ni yakka ma’nosini anglatadi)— olamning asosi yakkayu yagona sababga, bitta asosga ega, deb taъlim beradigan falsafiy ta'limotdir.
Dualizm- (lotin tilida dua, ya'ni ikki degan ma'noni ifodalaydi) — olamning asosida ikkita asos, ya'ni modda va materiya bilan birga ruh va g'oya, ya'ni ideya yotadi deyuvchi qarash.
Plyuralizm- (lotin tilida plyural, ya'ni ko'plik degan ma'noni anglatadi) — olamning asosida ko'p narsa va ideyalar yotadi, deb e'tirof etadigan ta'limot.
Materializm — olamning asosida materiya, ya'ni moddiy narsalar yotishini e'tirof etadigan, moddiylikni ustuvor, deb biladigan ta'limot.
Idealizm — olamning asosida ruh yoki g'oyalar (ideyalar) yotadi, dunyo voqeligi va rivojida ideyalarni ustuvor, deb ta'lim beradigan falsafiy ta'limot.
Falsafa va iqtisod
Eski, sobiq ittifoq davridagi iqisodiyot yangi mazmundagi falsafani shakllantirish uchun asos bo'la olmas edi. Istiqlol yillarida bu sohada nihoyatda katta o'zgarish ro'y berdi, mulkchilikning xilma-xil shakllari vujudga keldi. Iqtisodiy plyuralizm va bozor munosabatlari bunda bosh yo'nalish qilib olingan bo'lsa-da, aholini ijtimoiy himoyalash ustuvor jihat sifatida belgilandi. Ana shularning barchasi mamlakatimizda maъnaviy, jumladan falsafiy yangilanish borasida ham tub o'zgarishlarning iqtisod bilan bog'liq asoslarini yaratish imkonini berdi.
Bozor iqtisodiyotiga asoslangan yangi taraqqiyot yo'liga o'tish davrida bir qator falsafiy muammolarni bartaraf etish masalasi qo'yildi:
— mustabid tuzum mafkurasining ijtimoiy, maъnaviy va falsafiy sohalardagi asoratlarini bartaraf etish;
— kishilar ongi va turmush tarzidan sobiq tuzumga xos g'ayriinsoniy tamoyillarni siqib chiqarish;
— O'zbekiston falsafasida jahon falsafiy tafakkuri yutuqlaridan yanada kengroq foydalanish;
— bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o'tish jarayonida nafaqat oddiy fuqaro, balki ziyoli va falsafa mutaxassislarining ongida hamon saqlanib kelayotgan loqaydlik va mutelik kabi kayfiyatlarga barham berish;
Qadimgi Sharq hududida miloddan avvalgi X-VII ming yillikda insoniyat tsivilizatsiyasi va madaniyati rivojlanishining ibtidosi bilan bog'liq bo'lgan eng muhim jarayonlar ro'y bera boshladi. Bu davrda Sharqda madaniy faoliyatning turli shakllari va sohalari vujudga keladi. Yozuv, adabiyot, sanъat, fan, birinchi jahon dini-buddizm paydo bo'la boshladi. Bu boshlang'ich jarayonsiz insoniyat madaniyatining keyingi barcha taraqqiyotini tasavvur qilish qiyin. Madaniyatning shakllanishi eng yirik daryolar-Nil, Dajla va Frot, Hind va Gang, Xuanxe va Yantszi vodiysida, yaъni dehqonchilik uchun qulay imkoniyatlar mavjud bo'lgan joylarda ro'y berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |