bilish, sezish, ko’rish va tushunishning butunlay yangi sohasi – falsafa vujudga
kelishida namoyon bo’ladi. Darhaqiqat falsafa – bu nafaqat u yoki bu odam
dunyoqarashining shakli, balki ijtimoiy ong shakli, odamlar borlig’i va bilishining
umumiy tamoyillari, ularning dunyoga munosabati aks etuvchi, tabiat, jamiyat va
tafakkurning eng umumiy qonunlari kashf etiluvchi va ta’riflanuvchi ma’naviy
faoliyatdir. ya’ni bu dunyoga va insonning undagi o’rniga nisbatan qarashlarning
Bunday qarashlar zamirini savollar va insonning ularga javob to’ish istagi
yotuvchi oqilona yo’l bilan olingan bilimlar majmuini tashkil etadi. Ammo bilish
shunday bir tabiatga egaki, bir savolga javob ko’pincha boshqa bir talay savollarni
yuzaga keltiradi va ba’zan muammoga nafaqat oydinlik kiritmaydi, balki uni
yanada chigallashtirib, insonning qiziquvchanligini oshiradi va yangi tadqiqotlarga
da’vat etadi. Xullas, bu yerda ijod, tinimsiz izlanish, yangilikka intilish to’g’risida
Agar mifologiya va dinda javobga urg’u berilsa, bilishning butun mazmuni
unda mujassamlashsa, falsafada savol, masala birinchi o’rinda turadi. U to’g’ri
va yaxshi ta’riflangan bo’lsa, muammoning mohiyati aniq aks etadi. Savol, masala
insonni ijodga rag’batlantiradi, toki unga qoniqarli javob olinib, haqiqatning
tagiga yetilganiga ishonch paydobo’lmagunicha insonni izlanishga da’vat etadi.
Bunda savolning o’zi, muammoning qo’yilishi javobdan kam ahamiyat kasb
etmaydi, ba’zan undan ham muhimroq deb qaraladi.
SHuni ham qayd etib o’tish lozimki, falsafa, garchi muayyan natijalarga,
mukammal ta’riflarga, uzil-kesil xulosalarga intilsa-da, lekin shuning o’zi bilan
kifoyalanmaydi. Falsafani avvalo inson madaniyati sohasida yuz berayotgan, turli
qarama-qarshiliklar va o’zaro ta’sirlar bilan uzviy bog’liq va ayni vaqtda o’zga
sohalarga o’tish va ularda gavdalanish qobiliyatiga ega bo’lgan ma’naviy jarayon
sifatida tushunish lozim.
Bundan xulosa shuki, falsafiy mushohada yuritish savol berish, shubha qilish,
javoblar izlash va kuni kecha yechilgan deb hisoblangan, shak-shubhasiz bo’lib
tuyulgan masalalarga qaytish demakdir. Falsafa uchun «boqiy», uzil-kesil
aniqlangan haqiqatlar, «noqulay», «ilmoqli» savollar yoki man etilgan mavzular
mavjud emas. Falsafa savollar berish, narsalar va hodisalar mohiyatini anglashga
urinish orqali bilish doirasini kengaytirishga harakat qiladi.
Xullas, falsafa haqiqat qanday bo’lsa, uni shunday ifodalab ko’rsatishdir, din
esa –uning ramziy, timsoliy aks etishi. Falsafa asos va mohiyat bo’lsa, din timsol
va shakl. Dialektik munozara usuli jamiyatning kam sonli ayonlari uchun kerak.
Vahiy yo’lidagi ifoda – xalq ommasining idroki, tarbiya va ta’limi uchun kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: